Oltin kesim qonuni.
Insonning o‘z xayotida boshqa shakllarga nisbatan to‘g‘ri turtburchak shakliga
ko‘proq moyilligi borligi ma’lumdir. Uning uy - joyidan tortib kitob - daftari, xontaxtasi-yu,
talevizorlari, hayoti mobaynida ishlatadigan juda ko‘p buyumlarida shu shakl keng o‘rin
egallaganini ko‘ramiz. Bu narsa bejiz emas. Inson ko‘rish qobiliyatini ba’zi bir fiziologik
hususiyatlariga ko‘ra, ikkala ko‘zining ko‘rish maydoni ellips shaklida bo‘ladi. Bu el-lipslar
ichiga to‘g‘ri to‘rtburchak shakli mos tushadi. Demak inson /intuitiv/ ichki sezgisi, asosida
o‘zini o‘rab turgan muhitni shu mutanosiblikda ko‘radi.
«Oltin kesm qonuni» tushunchasini
fanga
eramizdan avvalgi XI asrda yashab ijod
etgan
buyuk grek faylasufi va matematigi
Pifagor
olib kirgan. U o‘z navbatida, bu qonunni
qadimgi Misr, Vavilon ustalari ishlarida
qo‘llanganligini aniqlagan. Eramizdan avvalgi 2590-2568 yillarda qurilgan va eng mashxur,
muhtasham maqbara nomini olgan qadimgi Misr, Gizadagi Xeops piramidasi ham oltin
kesm qonuniga asoslanib qurilgan. Xeops piramidasi nisbatlari, Tutanxamon fir’avni
maqbarasidan topilgan releflar, ro‘zg‘or buyumlari, taqinchoqlardan ma’lum bo‘lishicha,
ularni yasashda ustalar shu qonundan foydalanishganini taqozo etadi. Eramizdan avvalgi
427-347 yillarda yashab ijod etgan Platon ham bu qonunni yaxshi bilgan va uni
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Gresiyadagi Parfenon ehromi balandligining uzunligiga
nisbati 0, 618 qismni tashkil etadi. Exromning boshqa unsurlari, qismlari, bo‘laklari oltin
kesm qonuniga asosan shu nisbat o‘lchamlarida kurilgan. U еrda arxeologik qazilmalar olib
borilganda qadimgi me’morlar va haykaltaroshlar ishlatgan oltin kesim qonuni
o‘lchamlarida yasalgan sirkulni topishgan.
Shuningdek, qadimda o‘tgan buyuk grek olimlari Yevklid, Gipsikl e.a.II asrda, Papp e.a III
asrda bu qonun ustida juda ko‘p izlanishlar olib borishgan. Yevropada o‘rta asrlarda bu
qonunni arab tilidan tarjima qilib, o‘rganishgan va bu ma’lumotlarni sir saqlashgan. Ayrim
olimlargina bu qonundan foydalanishgan. Uyg‘onish davrida oltin kesim qonuniga qiziqish
juda kuchayib ketdi. Bu qonun geometriya, tasviriy va amaliy san’atda, ayniqsa
memorchilikda keng qo‘llanilgan. Buyuk rassom, olim, injener Leonardo da Vinchi va Luka
Pacholli ismli rohib bu borada katta izlanishlar olib borishdi. P’ero Dela Franchesko
o‘zining «Rang tasvirdagi perspektiva» nomli asari bilan chizma geometriya faniga asos
soldi.
Shu davrda Germaniyada Albrext Dyurer odam gavdasning nisbatlari oltin kesm
qonuniga to‘g‘ri kelishini isbotladi.
Bunda «Oltin kesim» qonunining nisbatlari bo‘lgan VE=0,382 AE=0,618 ya’ni «3/5»
nisbati hosil buladi. Bu nisbat chizmachilikdagi izometrik proeksiya
ellipslarining nisbiy
o‘lchamiga ham to‘g‘ri keladi.