Leksikologiya haqida ma‘lumot Reja



Download 47 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi47 Kb.
#239343
Bog'liq
Leksikologiya haqida ma‘lumot


Leksikologiya haqida ma‘lumot

Reja:


  1. So’z tilning asosiy birligi ekanligi.

  2. So’z va tushuncha.

  3. Vir va ko’p ma‘noli so’zlar.

  4. Ma‘no ko’chish.

1.Leksikogiya tilning lug’at boyligini o’rganish bilan shugullanadi. Leksikologiya fani so’z ma‘nosining o’zgarishi, ya‘ni so’z ma‘nosining kengayishi va torayishi, so’zlarning shakli va so’zning ma‘no munosabatiga ko’ra turlari, ularning xududiy va ijtimoiy qatlamlari, yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi qator masalalarni o’rganadi.

Leksikologiya semasialogiya, leksikografiya, onomosiologiya, eti­mologiya, frazeologiya, onomostika kabi bo’limlarni qamrab oladi.

Semasiologiya til birliklari (til ishoralari) ni ma‘no jixatdan o’rganadi. Til ishoralari so’zning shakli va so’zning ma‘nosi jixatidan izoxlanadi (bu o’rinda bizni so’z qiziqtirayotganligi uchun gap shu birlik tugrisida boradi). So’zning shakli deganda uning tarkibidagi tovushlari, suzning ma‘nosi deganda uni tashkil - qilgan tovushlar yigindisidan anglashiladigan ma‘no ko’zda tutiladi. Semasiologiya tilning barcha ma‘no bildiruvchi birliklarini o’rganadi.

So’z tilning asosiy birligi bo’lib, u xar bir til yarusi tomonidan o’rganilishi mumkin.

So’z fonetik jixatdan shakllangan bir butunlikdir; Fonema va morfemalar so’zning asosiy birliklari; so’zlar asosiy mustaqil birlik bo’lib, o’z o’rg’usiga ega. Urg’u so’zning fonetik jixatdan butunligini ta‘minlab, undagi tovushlarni birlashtiradi va shu bilan birga nutq. jarayonida bir suzni ikkinchisidan farqlashga xizmat qiladi.

So’zning butunligini kursatuvchi bir dalil pauzadir. Ma‘lumki, so’z bir harakatda talaffuz qilinib, uni pauzalarga bulish mumkin emas. Hozirgi zamon tilshunosligida suzning ma‘nosini, signifikat atamasi bilan, so’z anglatayotgan ma‘no denotat atamasi orqali nomlash mumkin.

2. Yuqorida qayd qilinganidek, so’zning moddiy tomoni tushunchani aks ettiradi. Bu ishora boshqa ishoralardan tubdan farq qiladi. Buning boisi shundaki, til ishoralari odatda, fakat mulokatga xizmat kiladi. Boshka signal sistemalaridagi ishoralar esa (masalan, svetoforning yashil, sariq., qizil ranglari) tabiat va jamiyatda boshqa masalalarda xam ishlatilmaydi, rangni ifodalaydi, signal sistemasi ishora sifatida qo’llanishi esa ularning ikkilamchi jamiyat a‘zolari orasida shartlashib, kelishib olingan vazifasidir.

Ma‘lumki, so’zning moddiy qobigi (tomoni) tushunchaning ishorasi deb karaladi. Bu urinda suzning ma‘nosini xam tushunchaning ishorasi deb bo’ladimi? Yo’q., albatta. Chunki, so’zning ma‘nosi so’z va predmetning birgalikda aks etishidir: so’zning ma‘nosi, tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaning tashkil topishida va rivojlanishidaasos sifatida vositachi xizmatini o’taydi. Insonga xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi unga fikrlash jarayonining tarkibiy qismi bo’lmish tushunchalar sistemasini yaratish imkonini beradi.

Ma‘lumki,ongning bir qismi bo’lgan tafakkur, borliqning faqat mantiliy in‘iqosi bo’lmay, balki narsa va xodisalarni emokional estetik nuqtai nazardan xam aks ettiradi, boshqacha qilib aytganda, odamlarning muloqot uchun tanlagan suzlari tarkibida munosabatlari ham ishtirok etadi, shuning uchun tushuncha tarkibida emosional ma‘noning bo’lishi tabiiydir. Tarkibida bunday ma‘nolari bo’lmagan tushunchalar xam bo’ladi, ularga leksema, atom, kosmos, algoritm kabi atamalar kiradi.

Shu sababli atamalarga nisbatan yagona talab ularning ob‘ektiv
bulishidir. Ular doimo bir voqea yoki xodisani anglatishi zarur,
ularda sub‘ektivizm ga o’rin yo’q atamalar sof tushunchalarni ifodalashi kerak. Masalan, fonema, leksema, integral, kvant, elektron va boshqalar, ;

Tillarda faqat emokiyani (xayajonni) anglatadigan suzlar xam mavjud. masalan, ox., ux., voy va boshqalar. Shunday qilib, so’zning moddiy qobigi tushunchaning ishorasi so’zning ma‘nosi esa tushuncha­ning shakllanish asosidir: tushuncha so’z yordamida va uning asosida paydo bo’ladi.

1 So’zlarning leksik ma‘nosi to’grisida gap borganda, dastlab ularning tildagi ma‘nolari bilan nutqdagi ma‘nolarini farqlash zarur. Yuqorida aytilganidek, so’zlarning ma‘nosi umumlashtirish xususiyatiga ega bo’lib, bu xususiyat tilga oid ma‘no yoki lug’aviy ma‘no deyiladi. So’zlarning aniq muayyan ma‘nolari faqat nutqda aniq bo’ladi.

Leksik ma‘no narsa va xodisalar munosabatiga ko’ra quyidagi turlarga ajralishi mumkin:

Atash ma‘nosi. So’zlarning tildagi asosiy vazifasi narsa va xodisalarni atashdir. Atash ma‘nosi deganda leksik ma‘noning ana shu vazifasi tushunildi.

Atash ma‘nosiga ega bo’lgan so’zlar eshitilganda. kishi kuz o’ngida anglayotgan narsa gavdalanadi: ayiq,, fil. qursatish ma‘nosi. xamma so’zlar xam atash ma‘nosiga ega emas.

Ayrim so’zlar faqat narsa va xodisalarni ko’rsatishga xizmat qiladi. Masalan, o’zbek tilidagi u, bu, shu, rus tilidagi eto, etot, tot kabilar.

To’g’ri ma‘no. Bo’ ma‘no bevosita atalayotgan narsa va hodisani bildiradi: tog’, daraxt, suv, va boshk..

Z.Ko’chma ma‘no. Xar kanday so’zning ma‘nosi bir nechta kichik ma‘nolar (semalar) dan tashkil topadi. Masalan, tulki so’zi yovvoyi yirtqich, chiroyli, ayyor, sut emizuvchi va boshqa semalardan tashkil topgan.

Ba‘zan ana shu ma‘nolardan biri yetakchi qilib olinib, uni shaxs yoki narsaga nisbatan xam ishlatiladi. Masalan, u odamga nisbatan tulki deyilsa, bu odamning ayyorligi nazarda tutiladi. Bu so’zni ko’chma ma‘noda ishlatishdir.

So’z ma‘nosining ko’chishi to’rt xil usulda amalga oshadi:
=>Metafora - ikki narsaning bir-biriga o’xshashligi asosida bir so’z
bilan ikkinchisini atash metafora deyilib, so’z ma‘nosini kuchay
tirishga xizmat qiladi: kuz - odamning, uzukning, yogochning kuzi.
=>Metonimiya - narsa va xodisalarning makon yoki zamondagi o’zaro doimiy boglanishi asosida birining nomini boshkasiga ko’chirish metonimiya xodisasi deyiladi: dasturxonga qarang, Navoiyni o’qimoq.

=>Sinekdoxa - bu xodisa metonimiyaning tarkibiy qismi bo’lib,unda bir butunlikni anglatuvchi suz orkali, shu butunlikning bir qismi yoki shu qism orqali mazkur qismni o’z ichiga oluvchi bir butunlikni ifodalash tushuniladi: tirnoqqa zor, zal gurillab kulib yubordi.

=>Vazifadoshlik - bunda predmetlarning qiladigan yaxshi, ya‘ni bajaradigan vazifasi o’xshatiladi: qanot - qushning qanoti, samolyotning qanoti.

4. So’zlar bir yoki birdan ortiq, ma‘noga ega bo’lishi mumkin. Bir ma‘nolilik xodisasi monosemiya. Ko’p ma‘nolilik xodisasi esa poli­semiya, deb ataladi. xar ikkala xodisa xam so’zning semantik strukturasiga xos xodisalardir.

Til xodisasi sifatida monosemiyaning emas, balki polisemiyaning o’rganilishi ko’proq nazariy va axamiyatga ega. Umumiste‘moldagi so’zlarning asosiy qismi qup a‘nolidir. Polisemiya deyarli barcha turkum so’zlarga xos xodisadir.

Ko’p ma‘nolilik ikki asosiy yo’l bilan paydo bo’ladi: so’zning yangi ma‘no kasb etishi natijasida; ikkinchisi ko’p ma‘noli so’zdan yoki ko’p ma‘noli affiks vositasida so’z yasalishi natijasida.




Adabiyotlar:
SHoabduraxmonov va boshk,. «Xozirgi o’zbeq adabiyot tili»- 1 qism T.-O’qituvchi- 1980.

M. Irisqulov. «Tilshunoslikka kirish», T.- O’qituvchi-1992.

O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish». T.-1963.

Yu.S.Stepanov. «Osnov obshego yazkoznaniya».

Moskva. 1975 yil. 28-43-betlar.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish