Leksikografiya asoslari



Download 265,54 Kb.
bet24/25
Sana30.06.2022
Hajmi265,54 Kb.
#719873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Leksikografiya asoslari

Kelishildi:
O‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i:


U.Mustafoyev



Kirish
“Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda leksikografiya asoslari fanining predmeti, maqsadini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarga o‘zbek lug‘atchiligi tarixi eski turkiy til, eski o‘zbek tili va arab lug‘atchiligi tarixi bilan bog‘liq ekanligi, lug‘at tuzish prinsiplari, lug‘at turlari, lug‘at maqolalarining, ya’ni leksemalar, frazemalar, maqol-matallar va turli nomlarning joylashtirilish tartibi xususida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, etsiklopedik, lingvistik, ikki tilli va ko‘p tilli, terminologik, frazeologik, toponimik, orfografik, antroponimik, etimologik, chappa, izohli, tarixiy lug‘atlar, leksikografik tadqiqotlar borasida ma’lumot berish muhim vazifalardan sanaladi.
Fanning maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonidagi “O‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish” to‘g‘risidagi fikridan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi leksikografiya sohasining predmeti, maqsadi va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masallarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek
leksikografiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek lug‘atchiligining eski turkiy til, eski o‘zbek tili, XIX asr ikkinchi yarmi- XX asr 30-yillaridagi, XX asr 40-50-yillaridagi, mustaqillik yillaridagi davri, o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, bu jarayonda boshqa tillarning tutgan o‘rni haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanni o‘qitishda “Leksikografiya asoslari” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalarda o‘zbek lug‘atchiligi bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil qilish, etimologik, qiyosiy va chog‘ishtirma lug‘atlar yaratish, zarur termin va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, ensiklopedik va lingvistik lug‘atlarning farqli jihatlari, maxsus lug‘atlar, lug‘at maqolalari sxemasi, o‘zbek lug‘atchiligining tarixiy ildizlari, uning eski turkiy til va eski o‘zbek tili davridagi holati, istiqlol yillaridagi rivoji haqida bilim berish vazifalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar
“Leksikografiya asoslari” fani bo‘yicha bakalavr o‘zbek lug‘atchiligi tarixi, leksikografiyaning shakllanishi va rivojlanishi o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy mavqei bilan chambarchas bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; o‘zbek lug‘atchiligining XI-XXI asr boshlaridagi holati, mustaqillik yillarida leksikografiya sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishiga turtki bo‘lgan omillar, leksikografiyaning o‘zbek tili ichki manbalari, qonun-qoidalari negizida taraqqiy etishi, o‘zbek lug‘atchiligining boshqa tillardan so‘z, termin o‘zlashtirish hisobiga boyishi, leksikografiyaning rivojlanishida jamiyat, ilm-fan taraqqiyotining o‘rni haqidagi ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; tarixiy va zamonaviy leksikografiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini tahlil qilish, eski turkiy til lug‘atlariga doir ma’lumotlarni hozirgi o‘zbek adabiy tiliga qiyoslash, eski turkiy til lug‘atlarini tavsiflash, eski o‘zbek tili lug‘atlarida maqolalarning joylashtirilish tamoyillarini o‘rganish, o‘zbek leksikografiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy
jihatdan uzviyligi

“Leksikografiya asoslari” tanlov fani hisoblanib, 6-semestrda o‘qitiladi. Mazkur fan dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “O‘zbek terminologiyasi” , “O‘zbek tili tarixi”, “Hozirgi o‘zbek tili”, “Tilshunoslik nazariyasi” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarda o‘zbek leksikografiyasi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish, lug‘atchilikka oid nazariy va amaliy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, fanining shakllanish bosqichlari, xususan, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va mustaqillik davrida o‘zbek lekikografiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi borasida muayyan bilimga ega bo‘lish hamda ularni amaliyotga tatbiq qilish alohida o‘rin tutadi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar

“Leksikografiya asoslari” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘rganish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, Internet ma’lumotlari, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Zinama-zina”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar va multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
“Leksikografiya asoslari” fanining vujudga kelishi, obyekti, predmeti. O‘zbek leksikografiyasi oldida turgan muammolar. Hozirgi o‘zbek lug‘atshunosligidagi asosiy sathlari va Jahon tilshunosligida muayyan tilshunoslik taraqqiyotining unda nashr qilinayotgan manba sifati va miqdori bilan belgilanayotgani. Lug‘at tuzish tamoyillari. Lug‘at maqolalarining joylashtirilish tartibi. Lug‘at maqolalari sxemalari. Lug‘at turlari. Etsiklopedik, lingvistik, bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli, terminologik, frazeologik, toponimik, orfografik, antroponimik, etimologik, chappa, izohli, tarixiy lug‘atlar, omonimlar, antonimlar, sinnonimlar, internotsional so‘zlar lug‘ati. O‘zbek lug‘atchiligining eski turkiy til leksikasi negizida shakllangani. O‘zbek lug‘atchiligining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar. O‘zbek lug‘atchiligining eski turkiy til va arab leksikografiyasi tarixi bilan bog‘liq ekanligi,

  1. XII asr o‘zbek lug‘atchiligi. “Devonu lug‘otit turk”ning arab lug‘atchiligi an’analariga muvofiq tuzilganligi va unda so‘zlarning berilish tartibi, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining yoritilishi, asosan turkiy til, jumladan, o‘zbek tiliga xos so‘zlarning qayd etilganligi. “Muqaddimatul - adab” asarining o‘zbek lug‘atchiligida tutgan o‘rni hamda unda arab, fors, mo‘g‘ul tiliga oid so‘zlarning qo‘llanishi.

  2. XIV asr o‘zbek lug‘atchiligi. “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” (XIV), “Tarjumon”, (XIV) “Kitobu bulg‘otul mushtaqori lug‘atit turk val qifchoq” (XIV), “Kitob ul-idrok li Lison il-atrok” (XIV) asarlarining o‘ziga xos xususiyatlari, lug‘atda turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga doir ma’lumotlarning aks etishi.

O‘zbek lug‘atchiligining eski o‘zbek tili davri. Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar. “Bado’ul-lug‘at” (XVI), “Abushqa” (XVI), “Lug‘ati turki” (XVII), “Kelurnoma” (XVII), “Sanglah” (XVIII), “Lug‘ati chig‘atoy va turkiy usmoniy” (XIX) kabi o‘zbekcha-forscha, o‘zbekcha-turkcha lug‘atlarda so‘zlarning joylashish tartibi va tamoyillari. Ularda xalq ho‘jaligining turli sohalariga mansub so‘z va terminlarning ifodalanishi.
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr o‘rtalarida o‘zbek lug‘atchiligi. “Ruscha- sartcha” va “Sartcha-ruscha” lug‘atlarning yaratilish sabablari. Bir va ikki tilli, terminologik, orfografik, izohli, frazeologik, chappa, filologik lug‘atlarning yaratilishi. “Ruscha-o‘zbekcha paxtachilik terminlari so‘zligi” (1933), “Zoologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” (1938), “O‘zbekcha-ruscha lug‘at” (1941).
Mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligi. Istiqlol davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy, ma’naviy hayotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning o‘zbek leksikografiyasiga ta’siri. Etimologik, ensiklopedik, imlo, izohli lug‘atlar yaratilishi. Izohli lug‘atlarda davr talablarini aks eitishi muammolari. Elektron lug‘atlar va ularni yaratish asoslari. Internet lug‘atlari. Vikipediya. Til korpusi. Milliy va global korpuslar. O‘quv lug‘atchiligi. Jahon o‘quv lug‘atchiligi tarixi va hozirgi holati. O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi. O‘quv lug‘atlarini tuzish tamoyillari. O‘quv lug‘atlarining elektron va internet versiyalari.
Leksikografiya asoslari” fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari taqsimoti: 6-semestr




Download 265,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish