RDB
dastgohlarini
texnologik
imkonini
quyidagicha
shakllantirish mumkin:
1. Murakkab shakldagi detallarni, bitta o‘rnatishda, avtomatik
boshqarish (ma’rom) da ishlov berish imkoni;
2. Yordamchi ishlarni (keskichlarning siljitishini va ularning
almashtirish) avtomatlashtirish;
3. Ishchining malakasi, tajribasi va bilimidan qat’iy nazar kesish
ma’romini boshqarish;
4. Ko‘p dastgohlarni boshqarish;
5. Bir detaldan boshqa detalga ishlov berishga o‘tish uchun tez
sozlanuvchanligi;
6. Ishlov beriladigan o‘lchamlarni sifatini o‘zgarishsiz qaytarilishi,
ishchining malakasiga bog‘liq emasligi;
7. Ishlov berish vaqtining doimiyligi.
RDB dastgohlarida detallarga ishlov berish texnologik
jarayonlarning loyihalashni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish
mumkin:
1. RDB dastgohida ishlov beruvchi detallar sonini tashkiliy texnik
talablarni hisobga olingan holda aniqlash;
2. Chizmalarni texnologik nazoratdan o‘tkazish;
3. Har bir ishlov berish uchun texnik sharoit ishlab chiqilib, so‘ng
texnologik jarayonning marshrutini loyihalash;
4. Zagotovkani o‘rnatish sxemasini, dastgoh modeli va texnologik
o‘tishlarni
hisobga
olib,
texnologik
jarayonlarning
operatsiyalarnini loyihalash.
5. Kesuvchi asboblarni tanlab, kesish ma’romi hisoblanib olish
o‘tishlararo texnologik jarayonni loyihalash;
6. Keskichning harakatini hisoblash va uning trayektoriyasini
qurish;
7. Hisob-texnologik kartani to‘ldirish;
8. Boshqaruvchi dasturni kodlashtirish;
9. Dasturni qamrovchi sistemaga dasturni yozish;
10. Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun
olingan detalga ishlov berish orqali) o‘tkazish.
Bosqichlarni mazmuniga asosan to‘liq ko‘rib chiqamiz.
Tannarxni yuqoriligi, detallardagi egri chiziqlarni va shakldor
yuzalarning mavjudligi, ularning shaklini murakkabligi boshqaruvchi
dasturlarni tayyorlashni murakkabligi hisobiga bunday detallar,
universal dastgohlarga nisbatan olinganda, RDB dastgohlarda ishlov
berish maqsadga muvofiq, ya’ni detalning shakli qancha murakkab
bo‘lsa, qoplash davri shuncha kam bo‘ladi. Bu borada zagotovkani
dastgohga o‘rnatish qulay bo‘lishi va bu o‘rnatishda uning bir necha
tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur.
Odatda, RDB dastgohlarda ishlov berish xolatini kamaytirish
uchun bunday yuzalarni oldindan boshqa, universal dastgohda ishlov
berilib, zagotovkani shu ishlov berilgan (toza) yuzasi bilan RDB
dastgohiga o‘rnatish qulay va lozim. Detallarga ishlov berishni RDB
dastgohiga o‘tkazish natijasida, universal dastgohlar uchun tuzilgan
texnologik operatsiyalar soni 3-4 va undan ortiq operatsiyalarga
qisqartirilgan bo‘lish kerak. RDB dastgohining aniqligi detal
chizmalarini aniqligiga mos kelishi, ishlov berishda bajariladigan
ishning hajmi, 0,1 soatni tashkil etishi ko‘p dastgohdan foydalanish
imkonini yaratadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan
partiyadagi detallarning soni 30-80 donani tashkil etib ularning bir
yildagi qaytarilishi 8-10 marta bo‘lishi iqtisodchilar tomonidan
hisoblanib qulayligi isbot qilingan.
Detallarning chizmalarini texnologik nazoratdan o‘tkazib, uning
alohida elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan RDB dasturiga kiritish va
uni avtomatik ravishda ishlov berishga moslash uchun quyidagi
o‘zgartirishlar kiritish mumkin:
Tokarlik ishlov berish uchun dumaloq bo‘rtiq (galtel) va L×45˚
faska bilan almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga
o‘xshashlar bir ko‘rinishga olib kelinadi;
Parmalash, texnik yo‘nish va frezerlashda (texnik diametri va
chuqurligi, aylanmalar radiusi va ularning konturlarini biriktirish
va sh.o‘.) ishlov beriladigan o‘lchamlar bir ko‘rinishga keltiriladi:
Yo‘niluvchi teshiklarda ariqchalar, ichki toreslarga ishlov berish,
M6 va undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga
to‘g‘ri kelmaydi.
RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan
o‘lchamning aniqligini, kesishlar ma’romini va dastgohlarni tanlashda
hisobga olinadi. Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal
konturi bo‘ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash
asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida
olingan kadrlarga - qayta ulashni (qayta ishga solish) boshqalarini
buyrug‘i, keskichni elementar siljishi, uni almashtirish va sh.k. birin-
ketin imkonga qarab joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan.
Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish harakatga mos keluvchi impulslar
orqali tasvirlanadi. Boshqaruvchi buyruqlarning hamma kadrlar RDB
dastgohini texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Boshqarish dasturiga, dasturchi tomonidan, elektron qurilmani
(masalan, EXM) klaviatura (tugmachalar)si yordamida yozib olinidi.
So‘ng, shu qurilma yordamida, dastur magnitlashgan impuls ko‘rinishi
(magnit tasmaga) yoki kadrlararo joylashtiriluvchi teshiklar bilan
qog‘oz tasmaga (dastur qamrovchi sistemaga) o‘tkaziladi.
Boshqaruvchi dasturiga ma’lumot RDB dastgohini elektron
sistema orqali o‘qilib, kadrma-kadr dastgohni ish bajaruvchi
organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‘g‘ri yozilganligi, masalan
frezerlash dastgohlarida chiziq (iz) qoldirish usulida tekshiriladi.
Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog‘oz
mahkamlanadi. Qog‘ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni to‘g‘riligiga
ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali
to‘g‘rilanadi.
RDB dastgohlar uchun detallarga mexanik ishlov berish
operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida bajariluvchi o‘tishlarning
mumkin qadar maksimalligini ta’minlashuviga intilish lozim, ya’ni
birgina operatsiyada qancha ko‘p yuzalarga ishlov berilsa, universal
dastgohlarda ishlov berishga nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan
qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar
ko‘p o‘tishlarni to‘plash (bajarish), oldinda aytib o‘tilganidek,
dastgohda zagotovkani o‘rnatish sxemasini to‘g‘ri tanlash uchun qulay
shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Operatsiyalarda o‘tishlarni ketma-ketligini bajarishda RDB
dasturiga kiritilgan avtomatik va tiniq ishlov berish sikllarini va yuqor
ish unumdorligini ta’minlay olish imkonini beruvchi qisqichini
harakatlanish ish sxemasini hisobga olish kerak. Shuni hisobga olib,
frezerlash va parmalash-frezerlash-teshik yo‘nish dastgohlarida
doiraviy - yo‘li bilan qora va toza teshik yo‘nishi o‘rniga teshik
diametiridan kichik bo‘lgan konussimon freza bilan teshik diometirini
konturi bo‘ylab bir marta o‘tish tavsiya etiladi. Bu ishlov berish uchun
unumdorligini oshiradi va sozlovchi asboblar sonini kamaytiradi.
Bir turdagi bir xil o‘tishlarni bajarish uchun kesuvchi asboblarni
tanlashda bitta asbob (masalan, o’tuvchi keskich)dan foydalanish
foydali bo‘ladi. RDB dastgohlaridigi asboblar kallagini imkoni
asboblarning sonini oshirishini cheklab qo‘yadi. Asboblarning sonini
kamaytirish uchun ko‘p asbob o‘rnatish joyiga ega bo‘lgan - ikkita
kesuvchi plastina o‘rnatiluvchi plastinali parmaladan (parmalash,
texnik yo‘nishda) foydalaniladi. Mexanik ishlov berish jarayonining
o‘tish ishonchliligini oshirish maqsadida RDB dastgohlarninig kesish
ma’romini normativdagilarga nisbatan 10-15 pasaytirilib qo‘llaniladi.
RDB dastgohlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ishni bajarish
boshlang‘ich nuqtasini tanlash yoki detal va asbobning koordinata
sistemasini dastgohni koordinata sistemasi bilan bog‘liqligini
ta’minlashdan iborat.
Keskichni joylashib turgan o‘rnidan, dasturda berilgan buyruqqa
asosan, ishni boshlash nuqtasiga boshlang‘ich nuqta deyiladi. Uning
koordinatalari dastgohni no`l nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Dastgohni
no`l nuqtasi bu uning koordinatalar sistemasini boshlanishidir. RDB
dastgohlardan o‘ng tomonli to‘g‘ri burchakli x, y, z sistema qabul
qilinib, bunda z o‘qi har doim shpindelni aylanish o‘qiga parallel
yo‘nalgan va uni musbat yo‘nalishi parma yoki frezani detaldan chiqish
yo‘nalishiga mos tushadi.
Dastgohlarning no`l nuqtasi standartlashtirilgan. Shuning uchun
u moslamani bazalash yuzasiga, yoki stolni aylanish markaziga va sh.k.
nisbatan qabul qilinadi. Dastgohni no`l nuqtasi to‘g‘risidagi ma’lumot,
uni elektron sistemasiga “dastgoh absalyut no`l” holati deb kiritiladi.
Bunda detal qilinishi mumkin. Buning uchun absalyut no`l nuqtaning
koordinatasini absolyut no`l nuqtaga nisbatan qayta hisoblab chiqish
kerak.
Hisob-texnologik kartani tayyorlashda har bir keskichning
traektoriyasi alohida chiziladi. Farqlash uchun keskichni tezlashtirilgan
va ishchi siljishlari boshqa-boshqa rangli chiziqlar bilan chizilishi
tavsiya etiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi dasturni tuzishda
dastgohda tartib bilan bajarish mumkin bo‘lgan, bajariladigan ishlarni
va o‘tishlarning kadrlararo kodlashtirilgan ro‘yxati tuzilishi zarur.
8.6. TOKARLIK GURUHIDAGI RDB DASTGOHLARINING
XUSUSIYATLARI.
RDB stanoklarni yaratishda ularning yuqori unumli, yuqori
darajada aniq, ishlov beradigan va puxta bo`lishiga aloxida e’tibor
beriladi. RDB tokarlik stanoklarining ko`pchiligida asosiy, yordamchi,
tayyorlanish-yakunlanish vaqtlarini va texnik sabablarga ko`ra to`xtash
vaqtlarini qisqartirish xisobiga, shuningdek yaroqli buyumlarning
chiqish koeffitsientini oshirish yo`li bilan xaqiqiy ish unumini oshirish
asosiy yo`nalish qilib olingan.
Zamonaviy RDB tokarlik stanoklarining ish unumini oshirish
yo`llaridan biri asosiy vaqt bilan bog`liq bo‘lib, shpindelning aylanish
chastotasini pog`onasiz rostlashga imkon beruvchi asosiy xarakat
yuritmasini qo`llanishdan iborat. Bunday yuritma Pog`onali
yuritmalarga xos kamchiliklardan xoli bo`lib, ish unumining oshishini
ta’minlaydi. Odatda pog`onali yuritmalarda shpindelning qabul
qilingan (xaqiqiy) aylanish chastotasi xisoblangan chastotadan kam
bo`ladi. Shpindelning aylanish chastotasini pog`onasiz rostlash uchun
yuritmada o`zgarmas yoki o`zgaruvchan tokda ishlaydigan rostlanma
elektrodvigatellar avtomatik almashib qo`shiladigan ikki, uch yoki to`rt
pog`onali tezliklar qutisi bilan birga ishlatiladi.
Misol
tariqasida
«Duplomatic» (Ispaniya) firmasining
birxillashtirilgan revolver kallagi ko‘rsatilgan:
2- rasm. «Duplomatic» firmasi (Ispaniya)da tayyorlagan revolver
kallak.
Bu kallak aylanuvchi asboblar ( parma, zenker, razvertka, freza)
bilan to‘rt pozitsiyaga, keskichlar bilan esa sakkiz pozitsiyaga ega.
Kallak mustaqil uzel bo`lib, unda kallakni burish, shuningdek asbobni
ish pozitsiyasida aylantirish yuritmasi bor.
RDB tokarlik stanoklarining tuzilishidagi ikkinchi xususiyat
kesish tezligini oshirish yo`li bilan asosiy vaqtni kamaytirishdan iborat.
Buning uchun stanoklar ko`p o`rinli revolver kallaklar (yoki keskich
tutkichlar) ko‘rinishidagi asboblar magazini, katta sig`imli qo`shimcha
magazinlar va yeyilgan asbobni avtomatik almashtirish qurilmalari
bilan jixozlanishi lozim. Stanoklar asboblar bilan bu xilda
jixozlanganda asbobning chidamliligini pasaytirish xisobiga kesish
tezligini oshirish imkoniyati tug`iladi.
RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi 3-rasmda
ko`rsatilgan. Bu yuritmaga katta momentli elektrodvigatel 1 ga mufta
(silfon) 3 yordamida birlashtirilgan dumalanma vint-gaykali uzatma 4
va 5 kiradi. Uzatmani chang va qirindidan muxofazalash uchun burma
jild 7 dan foydalaniladi. Uzatmada taranglik xosil qilish uchun
gaykaning ikkala yarmini bir-biriga nisbatan burish va ularni
o`zlarining yon tomonlaridagi tishlar vositasida maxkamlab qo`yish
kerak.
3- rasm. RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi.
1 - katta momentli elektrodvigatel; 2 - kronshteyn; 3 - birlashtirish
muftasi (silfon); 4 - vint; 5 - gayka bilan zoldirlar; 6 - support;
7 - ximoyalovchi burma jild.
RDB stanoklarni asboblar magazini bilan jixozlash xam
yordamchi vaqtni kamaytirishga qaratilgan. Qurilmalarning tez ishlashi
tufayli asboblarni almashtirish vaqti jiddiy qisqaradi. Bundan tashqari,
magazinlarning sig`imi kattalashishi bilan detalga bir stanokning
o`zida to`liq, ishlov berish imkoniyati paydo bo`ldi, bu esa detalni
qayta o`rnatishga sarflanadigan vaqtni tejab qolishga va uni bir
operatsiyadan ikkinchisiga tashib keltirish vaqtni qisqartirishga imkon
beradi.
RDB
stanoklarning
unumdorligini
oshirishning
ustuvor
yo`nalishlaridan biri stanoklarning texnik sabablarga ko`ra xususiy
bekor turib qolish vaqtini qisqartirishdan iborat. Bunga RDB
stanoklarni ularga texnik xizmat ko‘rsatishga mo`ljallangan turli
avtomatlashtirilgan qurilmalar: qirindilarni yig`ishtirish, ishlatilgan
asbobni
almashtirish
(yuqorida
bayon
etilganlarga
qarang),
ishqalanuvchi sirtlarni moylash qurilmalari va boshqa jixozlash orqali
erishiladi.
Qirindi yig`ishtirish muhim, lekin murakkab vazifadir. Faqat
qirindini yig`ishtirishning o`zi emas, balki uni moylash-sovitish
suyuqligidan va boshqa chiqindilardan tozalash xam lozim bo`ladi.
RDB stanoklarda qirindini yig`ishtirish uchun turli konveyerlar: po`lat
yoki rezinalangan tasmali, kirgichli, tikanli, tebranma, shnekli
konveyerlar ishlatiladi
Tasmali konveyerlar yuqori unumli bo`ladi va chiqindini katta
masofaga tashishga imkon beradi. Bu konveyerlar oddiy tuzilgan,
shovqinsiz ishlaydigan va tejamli bo`ladi. Ularning kamchiliklari
shundan iboratki, tasma tez yeyiladi va qirindining bir qismi tasmaning
salt tarmog`iga yopishib, ishdan chiqadi.
Kirgichli konveyerlar asosan cho‘yan, jez va boshqalardan
chiqadigan mayda qirindilarni tashishda ishlatiladi. Bu konveyerlar
ikki xil yasaladi: kirgichlar bilan jixozlangan cheksiz tasma yoki
qaytma-ilgarilanma xarakatlanuvchi kirgichlar bilan jihozlangan
shtanga 2 ko`rinishda bo`ladi. Bunday konveyerlar ancha nishab
xolatda xam qirindi tashishi mumkin.
8.7. KO‘P OPERATSIYALI RDB DASTGOHLARNI ASOSIY
KO‘RINISHLARI.
Ko‘p ishlarni bajara oladigan RDB avtomatlashtirilgan dastgoh,
ya’ni detallarni qayta o‘rnatmasdan va kesish asbobini avtomatlashtirib
ko‘p texnologik operatsiyalarni bajarishgi imkon beradigan dastgoh
ko‘p operatsiyali dastgohlar deb ataladi. Bunday dastgohda
parmalash, zenkerlash, kengaytirish (razvyortkalash) teshik yo‘nib
kengaytirish, rezba qirqish, tekis va murakkab sirtlarni frezalash
mumkin.
Ko‘p operatsiyali dastgoh asboblar magazini va asboblarni
avtomatik almashtiradigan manipulyator bilan jihozlangan.
Dastgohning RDB sistemasi:
Zagotovka va asbob mos kordinata o‘qlari bo‘ylab avtomatik
siljishning ta’minlaydi;
shpindelning aylanish chastotasini va ish bajaruvchi organlarini
surish qiymatlarini o‘zgartiradi, shuningdek salt surishlar
tezligini ulaydi va uzatadi;
asboblarni avtomatik tarzda almashtiradi va dastgohdagi boshqa
qurilmalarni boshqaradi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar yordamida va tayyorlash-
yakunlanish vaqtini qisqarishi, shuningdek kesish rejimlarini
jadallashtirish xisobiga universal dastgohlarga nisbatan ancha unumli
ishlaydi. Yordamchi vaqt kamayadi, asosiy (mashina) vaqtining ulushi
esa oshadi. Jumladan, ma’lumotlarga ko‘ra universal dastgohlarda
aosiy vaqt ulushi 18-20% dan oshmaydi. RDB dastgohlarda 50-60%
gacha oshadi, ko‘p operatsiyali dastgohlarda esa bu ulush 80-90% ga
yetadi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar nazorat ishlari vaqtini detallarga
aniq ishlov berilishi xisobiga 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi.
Pirovard natijada detallarni ko‘p operatsiyali dastgohlarda
tayyorlashda ish unumdorligi universal dastgohlardagiga nisbatan bir
necha marta yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘p operatsiyali
dastgohlar ko‘p dastgohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yaxshi
sharoit yaratadi, hatto uchinchi smenada “odamsiz” texnologiyada
ishlash imkoniyatini beradi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlarning kulachokli boshqarish
sistemalari bilan jihozlangan dastgoh-avtomatlarga nisbatan eng
muhim afzalligi shundaki, ularni turli detallarni tayyorlashda oddiy va
tez qayta sozlash mumkin, bu esa tayyorlanish-yakunlanish vaqtini
jiddiy qisqartirishga imkon beradi. Bunday dastgoh bilan jixozlangan
ishlab chiqarish korxonasi juda moslanuvchan va boshqa detalga ishlov
berish uchun tez o‘tuvchi bo‘ladi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlardan foydalanganda xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar mexnati ham boshqacha bo‘ladi. Bu dastgohlar
yuqori malakali operatorlarga bo‘lgan talab qisqaradi. Ishchi-operator
vazifasi bir yoki bir nechta dastgohlarning yaxshi ishlayotganini
kuzatishdan iborat bo‘ladi. Shunda operatorning mexnat ulushi
kamayib, muxandis va texniklarning dasturlar tuzish, texnologik
jarayonlarni kodlash va loyixalash, dastgohlarni sozlash va ta’mirlash
bo‘yicha mexnatning axamiyati oshadi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar moslanuvchan ishlab chiqarish
modullarini, moslanuvchan avtomatik liniyalarni va moslanuvchan
ishlab chiqarish sistemalarini yaratishga zamin bo‘ladi. Bu dastgohlar
bilan moslanuvchan avtomatik liniyalar va moslanuvchan ishlab
chiqarish sistemalarini yaratish uchun transport sistemasiga va
boshqaruvchi EXM.ga bog‘lanadi. Bunday dastgohlar va ularning
sistemalari donalab, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishda
keng foydalaniladi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlarni yaratishda agregat tuzilish va
birxillashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bunday usullar yuqori
unumli va aniq ishlov beradigan dastgohlarni ishlab chiqarish narxini
pasaytirishga imkon beradi.
Avtomatlashtirilgan moslanuvchan ishlab chiqarishni tashkil
etish uchun xozirda ko‘p vazifali (ko‘p operatsiyali) RDB dastgohlar
keng qo‘llanilmoqda. IR500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh ana
shunday dastgohlarni tipik vakilidir.
Bu dastgoh frezalash-parmalash-teshik yo‘nish dastgohlari
guruhiga kiradi va gorizontal-teshik yo‘nish dastgohi kabi
konstruksiyaga ega. Quyida ushbu dastgox xaqida batafsil ma’lumotlar
keltiramiz.
IR500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh Portal (P-simon)
stoyka 7 (Z-koordinata) (4-rasm). Stanina 10 ning yo‘naltirgichlarida
bo‘ylama yo‘nalishda, stol 11 (X-koordinata) esa ko‘ndalang
yo‘nalishda siljiydi. Stol 11 ga yo‘ldosh 2 bilan burish stoli 1
o‘rnatilgan. Mazkur dastgohda kuchli shpindel 3 va shpindelli babka 4
stoykaning yonida emas, balki uning chuqurchasida joylashgan.
Ish organlarining bunday joylashishi vazmin hamda bikr p simon
stoyka birgalikda shpindellarning juda mustahkam bo‘lishini va
shpindelli babka (Y koordinata) ning aniq chiziqli siljishini
ta’minlaydi. Stoykaning yon tomonida 30 asbobli magazin 6, uning
chuqurchasida esa, ikki qamragichli manipulyator 5 o‘rnatilgan. Bu
manipulyator asboblarni almashtiradi. Ikki pozitsiyali burish stoli 9
yo‘ldosh 8 bilan birga alohida poydevorga o‘rnatilgan.Bu stol
zagotovkani o‘rnatish vaqtini va detalni yechib olish vaqtini asosiy
vaqtga qo‘shishga imkon beradi.
4-rasm. IR 500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.
Dastgoh CNC toifasidagi yuqori klass RDB pozitsion-konturli
sistema bilan jihozlangan. Bu dastgohda quyidagi siljishlar: stoykaning
ko‘ndalang, stolning bo‘ylama, shpindelli babkaning vertikal, burish
stolining aylanma siljishlari dasturlanadi.
Chiziqli siljish qadami 0.002 mm. Dastur RDB qurilmasiga
perfolenta orqali yoki pultdagi harf - raqamli klaviatura yordamida qo‘l
bilan, shuningdek dastur to‘plagich, teletayp yoki markaziy EXM
vositasida kiritilishi mumkin.
Dastgohda asosiy harakat uchun rostlanadigan o‘zgarmas tok
elektrodvigateli va surishlar yuritmasida reduktorsiz keng miqyosda
rostlanadigan yuqori momentli dvigatellar ishlatilgani tufayli
kinematik sxema ancha oddiy tuzilgan. Asosiy harakat yuritmasida
shpindelning aylanish chastotalarini rostlash chegaralarini kengaytirish
uchun uzatish nisbati
va
bo‘lgan ikki pog‘onali
tezliklar qutisi ishlatiladi.
Dastgohning asosiy ko‘rsatkichi stol ish yuzasining
o‘lchamlaridan iborat. Bu o‘lchamlar dastgoh modelining belgisida
ko‘rsatiladi. Mazkur dastgohda stol ish yuzasining o‘lchamlari
500
×500 mm bo‘lib, unga uzunligi 200-500 mm.li o‘rtacha korpus
detallarni o‘rnatish mumkin
Dastgohning texnik tavsifi.
Stol ishchi yuzasining o‘lchamlari, mm ................................... 500×500
Shpindelning aylanish chastotalari soni ........................................ 89
Shpindelning aylanish chastotalari chegarasi, ayl/min.............21-3000
Surishni rostlash...................................................................pog‘onasiz
Ish bajaruvchi organlar (stol, stoyka,shpindelli babka)ni
surish chegaralari mm/min.........................................................1-2000
Siljish, mm:
stoykaning Z o‘qi bo‘ylab bo‘ylama siljishi.............................500
stolning X o‘qi bo‘ylab ko‘ndalang siljishi..............................500
33
56
56
30
1
i
2
i
66
23
56
30
shpindelli babkaning Y o‘qi bo‘ylab vertikal siljishi...............800
Siljishlar qadami, mm..................................................................0.002
Pozitsiyalarga o‘rnatish aniqligi,mm...........................................0.025
Stolni burish aniqligi, burchak sekundalari.................................
±3
Magazindagi asboblar soni,dona.................................................30
Asbobni almashtirishga sarflanadigan vaqt, s.............................6
Koordinatalar soni ......................................................................4
Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni............................2
RDB qurilmasining toifasi..........................................................CNC
Asosiy harakat elektrodvigatelining quvvati, kVt......................14
modelli ko‘p operatsiyali mayda va juda mayda tana detallarga ishlov
berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda stol ish sirtinning o‘lchamlari
IR320PMF4 modelli ko‘poperatsiyali dastgoh 5-rasmda
ko‘rsatilgan. Bu dastgoh IR500MF4 modelli dastgohlardan farqlanib,
unda ish yuzasi vertikal joylashgan stol va bo‘ylama suriladigan
shpindel bor. Dastgoh stolini uch xil rejimda aylanishiga imkon beradi.
1. Pozitsiyagi burish rejimi-stolni ±5 sekund aniqlikda istagan
burchakka burish mumkin;
2. Aylana bo‘yicha frezerlash rejimida stol 10 ayl/min gacha
chastota bilan aylanadi;
3. Tokarlik ishlov berish rejimida stol 200 ayl/min gacha chastota
bilan aylanadi.
5-rasm. IR320PMF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh.
Bu dastgohlar burish stoli ish yuzasining turli o‘lchamlariga ega
hamda turlicha tuzilgan asboblar magazinlari bilan jihozlangan.
O‘lchamlariga HR3C modelli dastgoh (6-rasm) stolning ish yuzasi
400×400 mm o‘lchamlmi bo‘lib u 30,45 va 60 ta asbob joylashadigan
diskli magazinlar bilan jihozlangan.
6-rasm. HR3C modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.
7-rasm. HR5V modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.
Stolning ish yuzasi 630×630 mm li bo‘lgan HR5V modelli
dastgohlar (7-rasm) ham 32,46 va 60 ta asbobga mo‘ljallangan xuddi
shunday kvadrat shakliga ega bo‘lgan zanjirli magazin bilan
jixozlangan.
Dastgohlar paletalli yuklash qurilmalar bilan jixozlangan bu esa
zagotovkani o‘rnatish va olishga ketadigan vaqtlarni kamaytirishga
imkon beradi.
“HAAS” modelli ko‘p operatsiyali dastgoh.
O’zbekistonning “Evro-Aziya TAPO Disk” qo‘shma korxonasida
shtamplarga ishlov beruvchi “HAAS” modelli ko‘p operatsiyali
dastgoh, qo‘shma korxonadagi ko‘plab doimiy zarur bo‘lgan
murakkab shtamplarni tayyorlash uchun ishlatilmoqda.
Dastgoh vertikal ishlov beruvchi markaz ko‘rinishida bo‘lib
vertikal ko‘rinishga ega. Shu bilan birga dastgoh kesish asboblari
magazini bilan ta’minlangan.
8-rasm. “HAAS” modelli ko‘p operatsiyali dastgohining umumiy
ko‘rinishi.
Sanoqli
dastur
bilan
boshqariladigan
dastgohlarda
zagatovkalarga ishlov berishda ishlab chiqarishni texnologik
tayyorgarligi. Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda
zagatovkalarga ishlov berishning texnologik tayyorgarligi qo`l bilan
boshqariladigan dastgohlar uchun texnologik tayyorgarlikdan tubdan
farq qiladi. Bu birinchi navbatda qimmatbaho jihozdan eng samarali
foydalanish uchun boshqarish dasturini tuzishda xal qilinish kerak
bo`lgan texnologik vazifaning murakkabligini ortishi natijasidan
tushinilishi mumkin.
Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda zagatovkaga
nomenklaturasini texnik jixatdan asoslangan tanlov amalga oshiriladi.
Avval tayyorlanishi uchun qimmatbaho dastgoh texnologik ostnastka
va kesuvchi asbob zarur bo`lgan xamda yordamchi vaqt ko`p sarf
qilinadigan murakkab konfiguratsiyali zagatovkalar tanlab olinadi.
Ayniqsa sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohida bajariladigan
bir necha operatsiyani bitta operpatsiyaga konsentrallash mumkin
bo`lgan zagatovkalarni ajratib olish maqsadga muvofiq bo`lardi. Bunda
qo`lda belgilab olinadigan va chilangarlik ishlaridan xolis qilish
imkonyati bo`lishi muxim axamiyatga ega.
Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarida ishlov berish
samarasini oshirish uchun texnologik jarayonlani tiplashtirib chiqish va
guruxli ishlov berish usulini qo`llash zarur. Yagona texnologik
masalalarni ishlab chiqish uchun zagatovkalarni tipi yoki guruxi
bo`yicha birlashtirish maqsadga muvofiq va yagona strukturali
boshqaruv dasturli tipli va guruxli texnologik jarayonlarni ishlab
chiqish zarur.
Mayda seriyali ishlab chiqarishda sanoqli dastur bilan
boshqariladigan dastgohlaridan samarali foydalanish uchun zagatovka
tayyorlash seriyalari oshirish va texnologik osnastka va kesuvchi asbob
sarfini kamaytirish katta axmiyatga ega. Bunday vazifalarni guruxli
ishlov berish usuli yordamida muvaffaqqiyatli xal etish mumkin.
Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning to`xtovsiz
ishlashini malakali xizmatchi tomonidan taminlanib turishi zarur.
Texnologik tayyorgarlik bosqichlari. Sanoqli dastur bilan
boshqariladigan dastgohlarda zagatovkaga mexanik ishlov berish
barcha texnologik tayyorgarligini bir necha bosqichga bo`lish mumkin:
1. Zagatovkaning sinflanishi va sanoqli dastur bilan boshqariladigan
dastgohlarda
ishlov
berishning
texnik-iqtisodiy
jixatdan
maqsadga muvofiqligini aniqlash;
2. Texnik xujjatlarini ishlab chiqish va boshqaruv dasturini yaratish;
3. Maxsus texnologik osnastkani va kesuvchi asbobni tayyorlash;
4. Boshqaruv dasturini tekshirish va korrektirovkalash.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish
natijasida qanday iqtisodiy ko‘rsatgichlarga erishiladi?
2. Dastgohlarni boshqarish tizimlari deganda nimani tushunasiz?
3. Yig‘ish jarayonini avtomatlashtirish?
4. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda zagotovkalarga
ishlov berish?
5. Seriyali ishlab chiqarishning xarakterli tomoni nimada?
6. Seriyali ishlab chiqarishda mahsulotlarning tez qisqa vaqtda
qayta sozlashini detallarni tannarxini oshishiga qanday ta’sir
etadi?
7. Ishlab chiqarishga berilayotgan partiyadagi detallarning
optimal soni qanday aniqlanadi?
8. Seriyali ishlab chiqarish sharoiti uchun detallar murakkabligiga,
turiga qarab ularning zaxirasi necha kunga yetishi normal hol
hisoblanadi?
9. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning tannarxini
oshirish uchun qanday yo‘llardan foydalaniladi?
10. Mashina detallarini texnologik klasslarga ajratishning mohiyati
nimada?
11. Tipik texnologik jarayonlar deganda nima tushuniladi va ulardan
qanday foydalaniladi?
12. Guruhlashga
operatsiyani
tashkil
etish
uchun
qaysi
ko‘rsatkichlar bilan detallar guruhlarga ajratiladi?
13. Oddiy metall kesuvchi dastgohdan RDB dastgohi nimasi bilan
farq qiladi?
14. RDB dastgohlarini texnologik imkoni nimalardan shakllarnishi
sanab o’ting?
15. RDB dasgohlari detallariga mexanik ishlov berish texnologik
jarayonini loyihalash ketma-ketligi qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |