Lecture №8. Cnc machines



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.12.2019
Hajmi0,84 Mb.
#28631
  1   2   3
Bog'liq
Lecture №8


Lecture №8. 

CNC machines. 

 

8-MA’RUZA 

MAVZU: 

TEXNOLOGIK JIXOZLARNI DASTUR 

YORDAMIDA BOSHQARISH.

 

 

REJA: 

8.1. Dastgohlarni dastur bilan boshqarish tizimlari. 

8.2. Kulachokli va kommando apparatli tizimlar. 

8.3. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi. 

8.4.  Dastur  bilan  boshqariladigan  dastgohlarning  texnologik 

imkoniyatlari. 

8.5.  Raqamli  dastur  bilan  boshqariluvchi  (RDB)  dastgohlarda 

zagotovkalarga ishlov berishni loyihalash. 

8.6. Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlarning xususiyatlari. 

8.7. Ko‘p operatsiyali RDB dastgohlarni asosiy ko‘rinishlari. 

 

8.1. DASTGOHLARNI DASTUR BILAN BOSHQARISH 

TIZIMLARI. 

Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar. 

Sanoatda  programma  (dastur)  yordamida  boshqariladigan 

dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan 

va  aniq  bir  tilda  yozilgan  hamda  dastgoh  ish  organlarini  belgilangan 

ishni  bajarishni  ta’minlovchi  komandalar  izchilligi  ko‘rinishida 


berilgan  programma  bo‘yicha  boshqarish,  metal  kesish,  jihozini 

programma yordamida boshqarish deyiladi. 

Programma  chizma  haqida  analog  raqam  ko‘rinishida,  ya’ni 

sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar 

va  boshqa  simvollar  ko‘rinishida  yozilgan  ma’lumotlardan  iborat. 

Sonli  programma  yordamida  boshqarish  qurilmasi  va  ma’lumotlarni 

dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga 

o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi. 

Umumiy  holda  boshqarish  komandasini  tayyorlash  deganda 

berilgan  detal  ishlanilishini  boshqarish  uchun  zarur  bo‘lgan 

komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.  

Sonli 


programma 

yordamida 

boshqarish 

sistemasi 

bu 

komandalarni  avtomatik  tarzda  o‘qiydi  va  bajaradi.  Programmalarni 



yozish  uchun  ishlatiladigan  kodlarning  asosi  2  lik  va  10  lik  sanoq 

sistemalaridan iborat. 

Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta, 

perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi. 

Raqamli  yoki  sonli  programmalar  yordamida  boshqariladigan 

dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat: 

  odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi; 

  mehnat  unumdorligi  ortadi,  jihozlar  ish  bilan  ko‘proq 

ta’minlanadi; 

  jihozlarning  samaradorligi  yuqori,  programma  yordamida 

boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi; 


  sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat 

liniyalar tuzish oson. 

Programma  yordamida  boshqarishni  joriy  etish  sanoat  tarmog‘i 

uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning 

malakali  programmachi  kadrlar  tayyorlashga  imkoniyat  beradi,  sifat 

ortadi, brak miqdori kamayadi. 

Programma  yordamida  boshqariladigan  dastgohlardan  tuzilgan 

avtomatik  liniyalarni  EXM.ga  ulash  oson.  EXM  oldidan  tuzilgan 

programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash 

zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining 

ishini  o‘zgartiradi.  Programma  yordamida  boshqarish  sistemasi 

murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi. 

Ayni  vaqtda  sonli  programmalar  yordamida  boshqariladigan 

dastgohlarni  joriy  etishda  programmachilar  tayyorlash  zarurligi, 

jihozlar  remontining  murakkablashuvi  va  buyumlarni  tipiklashtrish 

lozimligini e’tiborga olish zarur. 



Programmalashtirishning  2  ta  usuli  mavjud  bo’lib:  Birinchi 

usulda  detal  chizmasi  olinadi  va  jadval  yoki  analitik  ko‘rinishdagi 

tenglama  ko‘rinishida  kodlanadi.  Bunda  dastgoh  asbobi  va  ish 

organlari  harakatining  trayektoriyasi  elementar  uchastkalarga  bo‘lib 

chiqiladi. Har bir  uchastkaning koordinatalri  x, y, z o‘qlariga ortirma 

ko‘rinishida tushuntiriladi. 

Programma  eltgich  hajmi  kichikroq  bo‘lishi  uchun  magnitli 

lentaga yozishga mo‘ljallangan bir necha yo‘lcha bor. (6 ta yoki 8 ta). 

Programma universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi. 


Programma  tuzishning  ikkinchi  usuli  boshqaruvchi  mashinani 

o‘qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat 

trayektoriyasi  jadvali  yoki  tenglamasini  tuzish  shart  emas.  Bu  holda 

dastgohga  zagotovka  o‘rnatiladi  va  programma  qurilmasi  ulanadi. 

Ishchi  dastgohni  qo‘lda  bajarib,  chizma  bo‘yicha  birinchi  detalni 

tayyorlaydi  va  ishlov  berishga  doir  ma’lumotlar  dastgohning  magnit 

lentasiga avtomatik tarzda yoziladi.  

Zagotovkalarga  mexanik  ishlov  berishda  ish  harakati  va 

qo‘shimcha xarakatlarning ma’lum izchilligini ta’minlash lozim. Ana 

shu izchillikka programma deyiladi. 

Dastgohni ijro organlari xarakatlantiruvchi mexanizmlarga ta’sir 

etadigan qurilmalar boshqarish sistemalari deb ataladi. Dastgohlarda 

ishlov  berishdagi  qo`lda  boshqarish  programmani  dastlabki 

informatsiya  (chizma,  texnologik  xujjatlar),  shuningdek  dastgox  va 

asbobni  ishini  o‘lchash  xamda  kuzatishlar  natijasiga  qarab  yig‘ilgan 

joriy informatsiya asosida operatorning o‘zi bajarishini ko‘zda tutadi. 

Dastgohni  avtomatik  boshqarish  butun  programmani  maxsus 

programma  eltuvchi  -  xotira  qurilmasidan  foydalangan  xolda  qayd 

qilish  va  bajarishni  ko`zda  tutadi.  Programma  eltuvchilar  sifatida 

rostlanaligan  tiraklar,  kulachoklar,  koperlar,  terish  qurilmalari  va 

xokazo qo`llaniladi. 

Sonli 


dastur 

yordamida 

boshqarish 

(SDB) 


avtomatik 

boshqarishning bir turi xisoblanadi. U programmani xarf-raqamli kod 

tarzida qayd qilishni ko`zda tutadi. 


Sanoatda  dastur  yordamida  boshqariladigan  dastgohlar  tabora 

keng  ishlatilmoqda.  Aniq  bir  tilda  yozilgan  hamda  dastgoh  ishchi 

organlarining  belgilangan  ishni  bajarishini  ta’minlovchi  buyruqlar 

ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini 



dastur yordamida boshqarish deyiladi. 

Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan 

detal  ishlanishini  boshqarish  uchun  xarur  bo‘lgan  dasturlarni 

tayyorlash,  hisoblash  va  yozish  (dastur  uzatgichga)  tushuniladi. 

Raqamli  dastur  yordamida  boshqarish  tizimi  -  buyruqlarni  avtomatik 

ravishda o‘qiydi va bajaradi. 



Raqamli  dastur  yordamida  boshqariladigan  dastgohlar 

quyidagi afzalliklarga ega: 

 odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo‘ladi; 

 mehnat unumdorligi ortadi

 jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi; 

 jihozlarning samaradorligi yuqori; 

 dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar 

tuzish oson; 

 dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun 

texnologik  dasturlarni  tayyorlashni  markazlashtirishga  imkon 

beradi; 


 sifat ortadi va brak kamayadi. 

Dastur  yordamida  boshqariladigan  dastgohlardan  tuzligan 

avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EXM 

oldindan  tuzilgan  dastur  bo‘yicha  butun  liniya  ishini  tashkil  etadi. 



Qayta  sozlash  zarur  bo‘lgan  taqdirda  yangi  buyum  kodi  kiritiladi  va 

EXM  jihozlarning  ishini  o‘zgartiradi.  Dastur  yordamida  boshqarish 

tizimi  murakkab  shaklli  detallar  tayyorlashda  ayniqsa  samarali 

ishlaydi. 

Frezalash  stanoklarida  qo`llaniladigan  programma  asosida 

boshqarishning sonli sistemalari ikki xil bo`ladi

ochiq va yopiq. 



Ochiq  sistemalarda  xisoblovchi  qurilmadan  ijro  mexanizmiga 

yo`nalgan  informatsiyalar  oqimi  bitta  bo`ladi.  Programmali  lenta 

xisoblovchi  qurilma  va  deshefrator  orqali  xarakatlanganda  uning 

kirishida buyruq signallari vujudga keladi. Biroq, odatda, bu signallar 

ijrochi organlarni xarakatlantirish uchun zarur quvvatga ega bo`lmaydi. 

Shu sababli avtomatik qurilmalar sistemalarida signallarni kuchaytirish 

uchun ko`pincha kuchaytirgichlardan foydalaniladi. 

Kuchaytirilgan  signallar  yuritmaga  tushadi,  u  esa  stanokning 

ma’lum  uzelini  bevosita  yoki  oraliq  mexanizmlar  orqali  zarur 

vaziyatga  suradi.  Bu  yerda  ish  organlarining  xarakati  qadamli 

dvigatellar bilan aniq dozalangan. Bu sistema oddiy va arzon bo`ladi, 

lekin  uning  puxtaligi  va  aniqligi  teskari  aloqali  boshqarish 

sistemalarinikidan past. 

Berk  sistemalarda  detalga  ishlov  berish  jarayonida  ishlov 

beriladigan  zagatovkaning  xaqiqiy  o`lchami  yoki  stanok  uzelining 

xaqiqiy xarakati berilgan programma bilan uzluksiz taqqoslab turiladi. 

Berilgan 

programmani 

xisoblashda 

xisoblovchi 

qurilma 


va 

deshefratorning  chiqishida 

buyruq 

signallari 



vujudga 

kelib, 


taqqoslovchi  qurilmaga  boradi.  Datchik  stanok  uzelining  xaqiqiy 

xarakati  kattaligini  yoki  zagatovka  o`lchamini  o`lchaydi  va  natijada 

teskari 


aloqa 

signaliga 

aylantirib, 

taqqoslovchi 

qurilmaga 

yo`naltiriladi. 

Taqqoslovchi  qurimada  teskari  aloqa  datchigidan  kelayotgan 

signallar  xisoblovchi  qurilma  va  deshefratordan  kelayotgan  signallar 

bilan taqqoslanadi. Agar xarakatlarning berilgan kattaligi bilan xaqiqiy 

kattaligi orasida farq bo`lsa, taqqoslovchi qurilmaning chiqishida shu 

farqqa mos signal paydo bo`1adi. Bu signal kuchaytirgich orqali ijrochi 

qurilmaga uzatiladi, u esa stanok ishini berilgan programmaga moslab 

rostlaydi. 

Programma  asosida  boshqarishning  analogli  sistemalarida 

informatsiya  programma  beruvchidan  yoki  teskari  aloqa  datchigidan 

taqqolovchi  qurilmaga  sonli  kodda  emas,  balki  o`zgartirilgan 

ko`rinishda  boradi.  Berilgan  songa  proporsional  bulgan  analogdan 

foydalaniladi. 

Programma  asosida  boshqarishning  kodli  sistemalari  maxsus 

kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli 

koddagi  ko`rsatgichlari  datchikdan  olinadi  va  perfolentadan 

xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi. 

Programma  asosida  boshqarishning  impulsli  sistemalarida 

dastlabki  programmadan  tushadigan  impulslar  sonini  xaqiqiy  siljish 

kattaligiga  muvofiq  teskari  aloqa  datchigi  ishlab  chiqqan  impulslar 

soniga  taqqoslash  prinsipidan  foydalaniladi.  Impulsning  berilgan 

sonlari  xamda  teskari  aloqa  datchigi  ishlab  chiqqan  sonlari  mos 

kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi. 


Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga 

ko`ra  pozitsion  va  konturli  turlarga  bo`linadi.  Odatda,  stanok  ish 

organlarining  mustaqil  siljishi  uchun  sonli  dastur  yordamida 

boshqarishning  pozitsion  sistemalari  to`g‘ri  burchakli  kordinatalarda 

beriladi.  Ulardan  parmalash  va  koordinatali  yunib  kengaytirish 

stanoklarini  avtomatlashtirish  uchun  foydalaniladi.  Sonli  dastur 

yordamida  boshqarishning  konturli  sistemalari  ish  organlarining  bir 

necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab 

shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.  

Sonli  programma  asosida  boshqarishning  ikki  koordinatali,  uch 

koordinatali, to`rt  koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari 

qo`llaniladi.  Keyingi  vaqtda  jixozning  ishlamay  qolishi  bilan  bog‘liq 

bo`lgan  to`xtab  qolishlar  vaqtini  qisqartirish  maqsadida 

dastgoh  - 



sonli  dastur  yordamida  boshqarish

  sistemasiga  diagnoz  qo‘yish 



masalalariga katta axamiyat berilmoqda. 

 

1-rasm. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi. 



Boshqaruvchi  programma  bevosita  ish  o‘rnidagi  klaviaturadan 

qo‘lda  kiritiladigan  sodda  sistemalar  keng  qo‘llanilmoqda.  Ular 

yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni 

konturli  boshqarish  uchun  mo‘ljallangan.  Bunday  sistemalardan 

foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta 

sozlash  vaqti  qisqaradi.  Sistemani  ixchamligi  tufayli  uni  bevosita 

dastgoxga o‘rnatish mumkin. 

Sonli  dastur  yordamida  boshqarish  qurilmalari  bo‘lgan 

dastgohlarni  guruxli  boshqarish  sistemalari  (bir  necha  dastgohlarni 

boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi 

 detallarga ishlov berish programmasi taqsimlaydi; 

 datsgohlar ishini kontrol qiladi va xatolarni aniqlaydi

 datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar beradi; 

 datsgohlar xolatini baholaydi; 

 programmalarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo. 

8.2. KULACHOKLI VA KOMMANDO APPARATLI 

TIZIMLAR. 

Inson  o‘z  mehnatini  yengillashtirish  uchun  turli  asboblar, 

moslamalar,  mexanizmlar  yaratgan  va  yaratmoqda.  Vaqt  o‘tishning 

mehnatning texnik vositalari takomillashib borgan bo‘lsa ham mehnat 

predmetlarini  tayyorlash  operatsiyalarining  majmui  ketma-ketligi 

saqlanib  qolgan.  Inson  bu  vositalar  yordamida  operatsiyalarning 

ketma-ketligini  qo‘lda  bajarib,  o‘zi  uchun  kerakli  mehnat  predmetini 

maxsus tayyorlagan. 



Jarayonlarni  boshqarish  qonuni  sikllidir.  Bu  holda  boshqaruv 

priyomlarining  soni  ko‘p  emas.  Ishchining  mehnatini  engillashtirish 

maqsadida  bu  priyomlarni  avtomatik  qurilmalar  yordamida  amalga 

oshirish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish ob’ekti tez-tez o‘zgarib 

turadigan 

ishlab 


chiqarishda 

dastgohning 

qayta 

sozlanishi 



ta’minlanishi lozim. Bu qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqishni talab 

etadi.  Mashina  barcha  ish  organlari  asosiy  yuritmalarining 

mexanizmlariga ta’sir etuvchi qurilmalar majmui avtomatik boshqarish 

sistemasi deyiladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlarini  mexanizatsiyalashtirishdan  asosiy 

maqsad  -  odam  mehnatini  yengillashtiradigan  turli  moslamalar  va 

qurilmalar  yaratish.  Bu  xolda  odamning  vazifasi  moslama  va 

qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo‘ladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlari  avtomatlashtirilganda  boshqarish  va 

tekshirish  ishlarini  maxsus  mexanizmlar,  qurilmalar  va  priborlar 

bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan foydalaniladi. 

Texnikaning tez rivojlanishi avtomatlashtirishning sifat jihatdan 

yangi  usullarini  qo‘llashni  taqazo  etadi  va  ishlab  chiqarish  yuqori 

darajada texnologik moslashuvchanligiga erishishni asosiy vazifa qilib 

qo‘ydi.  Bu  esa  sonli  programmalar  yordamida  boshqaruvning 

yaratilishiga olib keladi. 

Metall kesish jihozlari ishini avtomatlashtirish uchun dastgohlar 

ish  organlari  harakatini  boshqarishning  turli  sistemalari  kopirli 

boshqarish  sistemalari  kulachokli  taqsimlash  vali  bilan  boshqarish 


sistemalari 

va 


sonli 

programmalar 

yordamida 

boshqarish 

sistemalaridan foydalaniladi. 

Kulachokli boshqaruv sistemalari. 

Kulachokli  boshqarish  sistemalari  juda  oddiy  bo‘lgani  uchun 

metall kesish dastgohlarining va teshish avtomatlari konstruksiyalarida 

keng  qo‘llaniladi.  Kulachokning  taqsimlash  vali  boshqarish 

funksiyasini  bajaradi.  Kulachok  yordamida  belgilangan  harakat 

qonunini amalga oshirish oson. Yassi, slindrik, dissimon kulachoklar 

bo‘ladi. 

Disksimon  kulachokli  mexanizm  sxemasi.  Disksimon  kulachok 

aylanganda tebranma surgichga ta’sir etadi. Surgich ijrochi qurilmaga 

biriktililgan. 

Dastgoh  ishlayotganda  yassi  kulachok  oldinga  suriladi  va 

surgichga  ta’sir  qiladi.  Surgich  esa  vertikal  yo‘nilishda  suriladi.  Bu 

holda  profil  egri  chizig‘i  boshqaruvchi  programma  bo‘ladi.  avtomat 

zvenoning  harakatlanish  qonuni  ijrochi  organning  zarur  hiiga  mos 

ravishda  beriladi.  Zagotovka  uzluksiz  uzatilab  turiladigan  dastgohlar 

uchun bir tekis harakat hosdir, shu sababli to‘g‘ri chiziqli harakatlanish 

kulachogining profili qiya to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. 

Kulachokniki  esa  vint  chiziq  shaklida  ishlatiladi.  Tez 

harakatlanish  talab  etilgan  hollarda  kulachok  profili  sinusoida, 

parabola yoki kosinusoida ko‘rinishida ishlatiladi. Kulachokli sistema 

oddiy  boshqarish  programmasi  uchun  qo‘llaniladi.  Murakkab 

programmali  avtomatlarda  kulachokli  boshqarish  sistemasining 

qo‘llanilishi  taqsimlash  vallari,  ilashish  nuqtalari  va  boshqa 


mexanizlarining  sonini  ortib  ketishi  natijasida  avtomatlarning 

konstruksiyasini juda murakkablashtirib yuboradi.  



Komanda  (buyruq)  aparatli  boshqarish  sistemasi  kulachoklar 

mahkamlangan  taqsimlash  valiga  ega,  bu  kulachoklar  ijrochi 

mexanizmlarni  davriy  ravishda  ishga  solib  turadi.  Komanda  -  aparat 

kulachoklari kopirlar, klapanlar, zalogniklar yoki prevklyuchatellarga 

ta’sir qiladi, ular esa pnevmatik va gidravlik yoki elektr yuritmalarni 

boshqaradi.  Kulachoklardagi  chiziq  chiqiqlarning  holatini  avtomatik 

ishining  programmasi  belgiladyi.  elektr  privklyuchatelli  komanda 

aparatlarida  ularning  ichiga  o‘rnatilgan  elektr  dvigatelp  bor.  Bu 

elektrdvigatel taqsimlash valning aylanishlar sonini o‘zgartirish uchun 

zarurdir. 

Komanda  aparatli  boshqarish  sistemasi  standart  qurilmalardan 

tuzilgan,  oddiy  ishlagan  boshqarish  mexanizmlarining  ijrochi 

qurilmalarigi  klapanlar,  turboprovodlar  va  elektr  simlari  vositalarida 

bog‘langanligi  esa  alohida  mexanizmlarning  dastgohning  qulay 

joylariga joylashtirishga imkon beradi.  

Texnologik  jarayonni  boshqarishda  kopirlash  sistemalaridan 

keng  foydalaniladi:  ular  andoza  (kopir)ning  yuzalariga  geometrik 

jihatdan o‘xshash pog‘onali va shakldor yuzalarni ishlashda ishlatiladi. 

Boshqarishning bu sistemasi detallarga jilvirlash, frezalash va tokarlik 

avtomatlarda ishlov berishda qo‘llaniladi. Sistema ishlanadigan buyum 

shaklidagi  kopirdan,  shchup,  kuchaytirgich  va  ijrochi  organlardan 

tulilgan. 



Programmani  o‘qish  qurilmalari.  Avtomatning  ishini  yozib 

olishga  mo‘ljallangan  eltkichlar  turli  materiallardan  tayyorlanadi. 

Perfolatsiyalangan  qog‘oz  lenta  va  magnit  lenta  keng  tarqalgan. 

Magnitli  lentaga  yozuvlar  ko‘ndalang  magnit  shtrixlar  ko‘rinishida 

yoziladi. lenta uzluksiz harakatlanadi. 

Programma  magnitli  lentadan  quyidagicha  o‘qiladi:  magnit 

yozuvli lenta magnit golovka yonidan o‘tadi va golovkada EYUK hosil 

bo‘ladi.  Kuchaytirgich  olingan  signallarni  ijrochi  mexanizmlarga 

uzatadi.  Lentaning  magnit  golovkasi  yonidan  o‘tayotgan  lentaning 

tezligi yozilayotgan paytda tezlikka teng bo‘ladi. 

Programmalarni  magnit  lentadan  va  qog`oz  lentadan 

o‘qiydigan qurilma. Perfolatsiyalangan qog‘oz lentali programma bir 

necha  yo‘lakchada  ma’lum  tartibda  joylashgan  teshiklar  tarzida 

yoziladi.  Programma  polzunning  tok  o‘tkazuvchi  shifti  yordamida 

o‘qiladi. Polzun planka ustida u bo‘ylab suriladigan lenta bilan birga 

vertikal  holga  harakatlanadi.  Teshiklar  shtift  tagidan  o‘tayotganda 

shtift zanjirni plankaga tutashtiradi va tegishli komandalarni beradi. 

Programma  kod  ko‘rinishida  yozilishi  mumkin.  Bu  hol 

programma  ishlanadigan  yuza  koordinata  nuqtalarining  shifrlangan 

raqamli  qiymatlari  yonida  beriladi.  Programma  deshifratorga  keladi, 

o‘qiladi  va  signallar  boshqaruvchi  signallarni  hosil  qilish  uchun 

hisoblash qurilmasiga uzatiladi. 

Boshqarishning  2-tipi:  berk  va  ochiq  tiplari  mavjud.  Ijrochi 

organlar  aniq  suriladigan  hollarda  boshqarishning  ochiq  tipi 

qo‘llaniladi.  Bunda  boshqarilayotgan  zvenoning  surilishi  boshqarish 


programmasining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning 

berk  tipida  teskari  aloqa  qo`llaniladi.  Texnologik  jarayon  buzilganda 

komandaga  tuzatish  kiritiladi  yoki  bitta  komanda  tugagach,  yangi 

komanda beriladi. 

Uch  koordinata  bo`yicha  programma  yordamida  boshqaradigan 

sistema  ishlanadigan  buyumning  berilgan  o‘lchamlar  va  shaklda 

chiqishni ta’minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini 

tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi, asbobni 

almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig‘ib 

oladi. Programma kodda sakkiz yo‘lli magnitli lentaga eziladi. 

Sonli  programma  yordamida  boshqarish  sistemalarining  bir 

necha  avlodi  o‘zgardi.  1968-1975  yillarda  diskret  yarim  o‘tkazgichli 

elementar  baza  asosidagi  sonli  programma  yordamida  boshqarish 

vositalari  ishlab  chikilgan  edi.  Bu  sistemalar  birinchi  avlodga 

mansubdir. 

1972-yilda  ularning  o‘rnini  integratsiya  darajasi  kichik  bo‘lgan 

integral  mikrosxemalar  asosidagi  vositalar  egalladi.  Bular  sonli 

programmalar  yordamida  boshqarish  sistemalarinig  ikkinchi  avlodi 

edi. 

1980-yillarda  katta  integral  sxemalar  (KIS),  mikroprotsessorlar 



(MP), va mikro-EXM asosida yaratilgan sonli programma yordamida 

boshkarish  sistemalari  joriy  etila  boshlandi.  Bular  sonli  programma 

yordamida boshqarishning uchinchi avlodiga kiradi. 

Stanokning  sonli  programma  yordamida  boshqarish  sistemasini 

boshqarishning klassik sistemasi deb qarash mumkin. Uning tarkibiga 


boshqarish ob’ekti va tashqi muxit haqida axborot manbalari, ijrochi 

qurilmalar, xisoblash-boshqarish qurilmasi kiradi.  

Sonli  programmalar  yordamida  boshqariladigan  dastgohlar 

universal va umumiy bo`lib, ularni tezda qayta sozlab, istalgan turdagi 

ishlarni bajarish mumkin. 

 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish