Lecture №8.
CNC machines.
8-MA’RUZA
MAVZU:
TEXNOLOGIK JIXOZLARNI DASTUR
YORDAMIDA BOSHQARISH.
REJA:
8.1. Dastgohlarni dastur bilan boshqarish tizimlari.
8.2. Kulachokli va kommando apparatli tizimlar.
8.3. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi.
8.4. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning texnologik
imkoniyatlari.
8.5. Raqamli dastur bilan boshqariluvchi (RDB) dastgohlarda
zagotovkalarga ishlov berishni loyihalash.
8.6. Tokarlik guruhidagi RDB dastgohlarning xususiyatlari.
8.7. Ko‘p operatsiyali RDB dastgohlarni asosiy ko‘rinishlari.
8.1. DASTGOHLARNI DASTUR BILAN BOSHQARISH
TIZIMLARI.
Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar.
Sanoatda programma (dastur) yordamida boshqariladigan
dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan
va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan
ishni bajarishni ta’minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida
berilgan programma bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini
programma yordamida boshqarish deyiladi.
Programma chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya’ni
sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar
va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat.
Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni
dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga
o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.
Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda
berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan
komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.
Sonli
programma
yordamida
boshqarish
sistemasi
bu
komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Programmalarni
yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq
sistemalaridan iborat.
Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta,
perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.
Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan
dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:
odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;
mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq
ta’minlanadi;
jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida
boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;
sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat
liniyalar tuzish oson.
Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i
uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning
malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat
ortadi, brak miqdori kamayadi.
Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan
avtomatik liniyalarni EXM.ga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan
programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash
zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining
ishini o‘zgartiradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi
murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan
dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi,
jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish
lozimligini e’tiborga olish zarur.
Programmalashtirishning 2 ta usuli mavjud bo’lib: Birinchi
usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko‘rinishdagi
tenglama ko‘rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish
organlari harakatining trayektoriyasi elementar uchastkalarga bo‘lib
chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, y, z o‘qlariga ortirma
ko‘rinishida tushuntiriladi.
Programma eltgich hajmi kichikroq bo‘lishi uchun magnitli
lentaga yozishga mo‘ljallangan bir necha yo‘lcha bor. (6 ta yoki 8 ta).
Programma universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi.
Programma tuzishning ikkinchi usuli boshqaruvchi mashinani
o‘qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat
trayektoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda
dastgohga zagotovka o‘rnatiladi va programma qurilmasi ulanadi.
Ishchi dastgohni qo‘lda bajarib, chizma bo‘yicha birinchi detalni
tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma’lumotlar dastgohning magnit
lentasiga avtomatik tarzda yoziladi.
Zagotovkalarga mexanik ishlov berishda ish harakati va
qo‘shimcha xarakatlarning ma’lum izchilligini ta’minlash lozim. Ana
shu izchillikka programma deyiladi.
Dastgohni ijro organlari xarakatlantiruvchi mexanizmlarga ta’sir
etadigan qurilmalar boshqarish sistemalari deb ataladi. Dastgohlarda
ishlov berishdagi qo`lda boshqarish programmani dastlabki
informatsiya (chizma, texnologik xujjatlar), shuningdek dastgox va
asbobni ishini o‘lchash xamda kuzatishlar natijasiga qarab yig‘ilgan
joriy informatsiya asosida operatorning o‘zi bajarishini ko‘zda tutadi.
Dastgohni avtomatik boshqarish butun programmani maxsus
programma eltuvchi - xotira qurilmasidan foydalangan xolda qayd
qilish va bajarishni ko`zda tutadi. Programma eltuvchilar sifatida
rostlanaligan tiraklar, kulachoklar, koperlar, terish qurilmalari va
xokazo qo`llaniladi.
Sonli
dastur
yordamida
boshqarish
(SDB)
avtomatik
boshqarishning bir turi xisoblanadi. U programmani xarf-raqamli kod
tarzida qayd qilishni ko`zda tutadi.
Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora
keng ishlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi
organlarining belgilangan ishni bajarishini ta’minlovchi buyruqlar
ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini
dastur yordamida boshqarish deyiladi.
Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan
detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo‘lgan dasturlarni
tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi.
Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi - buyruqlarni avtomatik
ravishda o‘qiydi va bajaradi.
Raqamli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar
quyidagi afzalliklarga ega:
odam dastgohda ishlashlashdan ozod bo‘ladi;
mehnat unumdorligi ortadi;
jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi;
jihozlarning samaradorligi yuqori;
dastur yordamida ishlaydigan dastgohlardan avtomatik liniyalar
tuzish oson;
dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun
texnologik dasturlarni tayyorlashni markazlashtirishga imkon
beradi;
sifat ortadi va brak kamayadi.
Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzligan
avtomat liniyalarni elektron hisoblash mashinalariga ulash oson. EXM
oldindan tuzilgan dastur bo‘yicha butun liniya ishini tashkil etadi.
Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va
EXM jihozlarning ishini o‘zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish
tizimi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali
ishlaydi.
Frezalash stanoklarida qo`llaniladigan programma asosida
boshqarishning sonli sistemalari ikki xil bo`ladi
ochiq va yopiq.
Ochiq sistemalarda xisoblovchi qurilmadan ijro mexanizmiga
yo`nalgan informatsiyalar oqimi bitta bo`ladi. Programmali lenta
xisoblovchi qurilma va deshefrator orqali xarakatlanganda uning
kirishida buyruq signallari vujudga keladi. Biroq, odatda, bu signallar
ijrochi organlarni xarakatlantirish uchun zarur quvvatga ega bo`lmaydi.
Shu sababli avtomatik qurilmalar sistemalarida signallarni kuchaytirish
uchun ko`pincha kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kuchaytirilgan signallar yuritmaga tushadi, u esa stanokning
ma’lum uzelini bevosita yoki oraliq mexanizmlar orqali zarur
vaziyatga suradi. Bu yerda ish organlarining xarakati qadamli
dvigatellar bilan aniq dozalangan. Bu sistema oddiy va arzon bo`ladi,
lekin uning puxtaligi va aniqligi teskari aloqali boshqarish
sistemalarinikidan past.
Berk sistemalarda detalga ishlov berish jarayonida ishlov
beriladigan zagatovkaning xaqiqiy o`lchami yoki stanok uzelining
xaqiqiy xarakati berilgan programma bilan uzluksiz taqqoslab turiladi.
Berilgan
programmani
xisoblashda
xisoblovchi
qurilma
va
deshefratorning chiqishida
buyruq
signallari
vujudga
kelib,
taqqoslovchi qurilmaga boradi. Datchik stanok uzelining xaqiqiy
xarakati kattaligini yoki zagatovka o`lchamini o`lchaydi va natijada
teskari
aloqa
signaliga
aylantirib,
taqqoslovchi
qurilmaga
yo`naltiriladi.
Taqqoslovchi qurimada teskari aloqa datchigidan kelayotgan
signallar xisoblovchi qurilma va deshefratordan kelayotgan signallar
bilan taqqoslanadi. Agar xarakatlarning berilgan kattaligi bilan xaqiqiy
kattaligi orasida farq bo`lsa, taqqoslovchi qurilmaning chiqishida shu
farqqa mos signal paydo bo`1adi. Bu signal kuchaytirgich orqali ijrochi
qurilmaga uzatiladi, u esa stanok ishini berilgan programmaga moslab
rostlaydi.
Programma asosida boshqarishning analogli sistemalarida
informatsiya programma beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan
taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o`zgartirilgan
ko`rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan
foydalaniladi.
Programma asosida boshqarishning kodli sistemalari maxsus
kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli
koddagi ko`rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan
xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi.
Programma asosida boshqarishning impulsli sistemalarida
dastlabki programmadan tushadigan impulslar sonini xaqiqiy siljish
kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar
soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan
sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos
kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi.
Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga
ko`ra pozitsion va konturli turlarga bo`linadi. Odatda, stanok ish
organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida
boshqarishning pozitsion sistemalari to`g‘ri burchakli kordinatalarda
beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish
stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur
yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir
necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab
shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.
Sonli programma asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch
koordinatali, to`rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari
qo`llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq
bo`lgan to`xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida
dastgoh -
sonli dastur yordamida boshqarish
sistemasiga diagnoz qo‘yish
masalalariga katta axamiyat berilmoqda.
1-rasm. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi.
Boshqaruvchi programma bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan
qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular
yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni
konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan
foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta
sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita
dastgoxga o‘rnatish mumkin.
Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan
dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni
boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi
detallarga ishlov berish programmasi taqsimlaydi;
datsgohlar ishini kontrol qiladi va xatolarni aniqlaydi;
datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar beradi;
datsgohlar xolatini baholaydi;
programmalarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo.
8.2. KULACHOKLI VA KOMMANDO APPARATLI
TIZIMLAR.
Inson o‘z mehnatini yengillashtirish uchun turli asboblar,
moslamalar, mexanizmlar yaratgan va yaratmoqda. Vaqt o‘tishning
mehnatning texnik vositalari takomillashib borgan bo‘lsa ham mehnat
predmetlarini tayyorlash operatsiyalarining majmui ketma-ketligi
saqlanib qolgan. Inson bu vositalar yordamida operatsiyalarning
ketma-ketligini qo‘lda bajarib, o‘zi uchun kerakli mehnat predmetini
maxsus tayyorlagan.
Jarayonlarni boshqarish qonuni sikllidir. Bu holda boshqaruv
priyomlarining soni ko‘p emas. Ishchining mehnatini engillashtirish
maqsadida bu priyomlarni avtomatik qurilmalar yordamida amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish ob’ekti tez-tez o‘zgarib
turadigan
ishlab
chiqarishda
dastgohning
qayta
sozlanishi
ta’minlanishi lozim. Bu qo‘shimcha qurilmalar ishlab chiqishni talab
etadi. Mashina barcha ish organlari asosiy yuritmalarining
mexanizmlariga ta’sir etuvchi qurilmalar majmui avtomatik boshqarish
sistemasi deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishdan asosiy
maqsad - odam mehnatini yengillashtiradigan turli moslamalar va
qurilmalar yaratish. Bu xolda odamning vazifasi moslama va
qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda boshqarish va
tekshirish ishlarini maxsus mexanizmlar, qurilmalar va priborlar
bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan foydalaniladi.
Texnikaning tez rivojlanishi avtomatlashtirishning sifat jihatdan
yangi usullarini qo‘llashni taqazo etadi va ishlab chiqarish yuqori
darajada texnologik moslashuvchanligiga erishishni asosiy vazifa qilib
qo‘ydi. Bu esa sonli programmalar yordamida boshqaruvning
yaratilishiga olib keladi.
Metall kesish jihozlari ishini avtomatlashtirish uchun dastgohlar
ish organlari harakatini boshqarishning turli sistemalari kopirli
boshqarish sistemalari kulachokli taqsimlash vali bilan boshqarish
sistemalari
va
sonli
programmalar
yordamida
boshqarish
sistemalaridan foydalaniladi.
Kulachokli boshqaruv sistemalari.
Kulachokli boshqarish sistemalari juda oddiy bo‘lgani uchun
metall kesish dastgohlarining va teshish avtomatlari konstruksiyalarida
keng qo‘llaniladi. Kulachokning taqsimlash vali boshqarish
funksiyasini bajaradi. Kulachok yordamida belgilangan harakat
qonunini amalga oshirish oson. Yassi, slindrik, dissimon kulachoklar
bo‘ladi.
Disksimon kulachokli mexanizm sxemasi. Disksimon kulachok
aylanganda tebranma surgichga ta’sir etadi. Surgich ijrochi qurilmaga
biriktililgan.
Dastgoh ishlayotganda yassi kulachok oldinga suriladi va
surgichga ta’sir qiladi. Surgich esa vertikal yo‘nilishda suriladi. Bu
holda profil egri chizig‘i boshqaruvchi programma bo‘ladi. avtomat
zvenoning harakatlanish qonuni ijrochi organning zarur hiiga mos
ravishda beriladi. Zagotovka uzluksiz uzatilab turiladigan dastgohlar
uchun bir tekis harakat hosdir, shu sababli to‘g‘ri chiziqli harakatlanish
kulachogining profili qiya to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.
Kulachokniki esa vint chiziq shaklida ishlatiladi. Tez
harakatlanish talab etilgan hollarda kulachok profili sinusoida,
parabola yoki kosinusoida ko‘rinishida ishlatiladi. Kulachokli sistema
oddiy boshqarish programmasi uchun qo‘llaniladi. Murakkab
programmali avtomatlarda kulachokli boshqarish sistemasining
qo‘llanilishi taqsimlash vallari, ilashish nuqtalari va boshqa
mexanizlarining sonini ortib ketishi natijasida avtomatlarning
konstruksiyasini juda murakkablashtirib yuboradi.
Komanda (buyruq) aparatli boshqarish sistemasi kulachoklar
mahkamlangan taqsimlash valiga ega, bu kulachoklar ijrochi
mexanizmlarni davriy ravishda ishga solib turadi. Komanda - aparat
kulachoklari kopirlar, klapanlar, zalogniklar yoki prevklyuchatellarga
ta’sir qiladi, ular esa pnevmatik va gidravlik yoki elektr yuritmalarni
boshqaradi. Kulachoklardagi chiziq chiqiqlarning holatini avtomatik
ishining programmasi belgiladyi. elektr privklyuchatelli komanda
aparatlarida ularning ichiga o‘rnatilgan elektr dvigatelp bor. Bu
elektrdvigatel taqsimlash valning aylanishlar sonini o‘zgartirish uchun
zarurdir.
Komanda aparatli boshqarish sistemasi standart qurilmalardan
tuzilgan, oddiy ishlagan boshqarish mexanizmlarining ijrochi
qurilmalarigi klapanlar, turboprovodlar va elektr simlari vositalarida
bog‘langanligi esa alohida mexanizmlarning dastgohning qulay
joylariga joylashtirishga imkon beradi.
Texnologik jarayonni boshqarishda kopirlash sistemalaridan
keng foydalaniladi: ular andoza (kopir)ning yuzalariga geometrik
jihatdan o‘xshash pog‘onali va shakldor yuzalarni ishlashda ishlatiladi.
Boshqarishning bu sistemasi detallarga jilvirlash, frezalash va tokarlik
avtomatlarda ishlov berishda qo‘llaniladi. Sistema ishlanadigan buyum
shaklidagi kopirdan, shchup, kuchaytirgich va ijrochi organlardan
tulilgan.
Programmani o‘qish qurilmalari. Avtomatning ishini yozib
olishga mo‘ljallangan eltkichlar turli materiallardan tayyorlanadi.
Perfolatsiyalangan qog‘oz lenta va magnit lenta keng tarqalgan.
Magnitli lentaga yozuvlar ko‘ndalang magnit shtrixlar ko‘rinishida
yoziladi. lenta uzluksiz harakatlanadi.
Programma magnitli lentadan quyidagicha o‘qiladi: magnit
yozuvli lenta magnit golovka yonidan o‘tadi va golovkada EYUK hosil
bo‘ladi. Kuchaytirgich olingan signallarni ijrochi mexanizmlarga
uzatadi. Lentaning magnit golovkasi yonidan o‘tayotgan lentaning
tezligi yozilayotgan paytda tezlikka teng bo‘ladi.
Programmalarni magnit lentadan va qog`oz lentadan
o‘qiydigan qurilma. Perfolatsiyalangan qog‘oz lentali programma bir
necha yo‘lakchada ma’lum tartibda joylashgan teshiklar tarzida
yoziladi. Programma polzunning tok o‘tkazuvchi shifti yordamida
o‘qiladi. Polzun planka ustida u bo‘ylab suriladigan lenta bilan birga
vertikal holga harakatlanadi. Teshiklar shtift tagidan o‘tayotganda
shtift zanjirni plankaga tutashtiradi va tegishli komandalarni beradi.
Programma kod ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu hol
programma ishlanadigan yuza koordinata nuqtalarining shifrlangan
raqamli qiymatlari yonida beriladi. Programma deshifratorga keladi,
o‘qiladi va signallar boshqaruvchi signallarni hosil qilish uchun
hisoblash qurilmasiga uzatiladi.
Boshqarishning 2-tipi: berk va ochiq tiplari mavjud. Ijrochi
organlar aniq suriladigan hollarda boshqarishning ochiq tipi
qo‘llaniladi. Bunda boshqarilayotgan zvenoning surilishi boshqarish
programmasining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning
berk tipida teskari aloqa qo`llaniladi. Texnologik jarayon buzilganda
komandaga tuzatish kiritiladi yoki bitta komanda tugagach, yangi
komanda beriladi.
Uch koordinata bo`yicha programma yordamida boshqaradigan
sistema ishlanadigan buyumning berilgan o‘lchamlar va shaklda
chiqishni ta’minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini
tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi, asbobni
almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig‘ib
oladi. Programma kodda sakkiz yo‘lli magnitli lentaga eziladi.
Sonli programma yordamida boshqarish sistemalarining bir
necha avlodi o‘zgardi. 1968-1975 yillarda diskret yarim o‘tkazgichli
elementar baza asosidagi sonli programma yordamida boshqarish
vositalari ishlab chikilgan edi. Bu sistemalar birinchi avlodga
mansubdir.
1972-yilda ularning o‘rnini integratsiya darajasi kichik bo‘lgan
integral mikrosxemalar asosidagi vositalar egalladi. Bular sonli
programmalar yordamida boshqarish sistemalarinig ikkinchi avlodi
edi.
1980-yillarda katta integral sxemalar (KIS), mikroprotsessorlar
(MP), va mikro-EXM asosida yaratilgan sonli programma yordamida
boshkarish sistemalari joriy etila boshlandi. Bular sonli programma
yordamida boshqarishning uchinchi avlodiga kiradi.
Stanokning sonli programma yordamida boshqarish sistemasini
boshqarishning klassik sistemasi deb qarash mumkin. Uning tarkibiga
boshqarish ob’ekti va tashqi muxit haqida axborot manbalari, ijrochi
qurilmalar, xisoblash-boshqarish qurilmasi kiradi.
Sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlar
universal va umumiy bo`lib, ularni tezda qayta sozlab, istalgan turdagi
ishlarni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |