Lecture №8. Cnc machines


 DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.12.2019
Hajmi0,84 Mb.
#28631
1   2   3
Bog'liq
Lecture №8


8.3. DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN 

DASTGOHLARNING QO`LLANILISHI. 

Mashinasozlik umumiy maxsulotlarining 75-80% gachasi seriyali 

va  mayda  seriyali  ishlab  chiqarishga  to`g`ri  keladi,  bu  ishlab 

chiqarishlarni  bajarishga  ishchi  vaqtining  ko`p  sarflashi  bilan 

xarakterlanadi. Ma’lumki, mashinasozlikda texnologik operatsiyalarni 

bajarishga  umumiy  vaqt  me’yorining  20-30%  ni  asosiy  texnologik 

vaqtni tashkil etsa, yordamchi vaqt umumiy vaqtning 70-80% ni tashkil 

etadi. 


Yordamchi vaqt sarfini qisqartirishning asosiy  yo`nalishi bo`lib 

ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  xisoblanadi.  Biroq, 

mayda  seriyali  ishlab  chiqarishda  yuqori  unumdorli  dastgoxlarni 

qo`llab an’anaviy avtomatlashtirishni bajarish (revolverli, agregatli va 

ko`p keskichli dasgoxlar, kulachokli bir shpindelli va ko`p shpindelli 

avtomatlar va avtomatik liniyalar) amaliy jixatdan imkoni yo`q, chunki 

bu dastgoxlarning tannarxi juda xam yuqori va dastgoxlarni dastlabki 

sozlashning ish xajmi juda xam katta. Bu barcha sarflar mayda seriyali 

va seriyali ishlab chiqarishlarda bir necha yoki bir necha o`nlab va xatto 


yuzlab  dona  ishlov  beriladigan  zagatovkaning  tannarxiga  kiradi  va 

ularni tayyorlash baxosini misli ko`rilmagan darajada oshirib yuboradi. 

Mayda  seriyali  va  seriyali  ishlab  chiqarishlarda  zagatovkalarga 

mexanik  ishlov  berish  jarayonlarini  avtomatlashtirishning  asosiy 

yo`nalishlaridan  biri  sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  (SDB) 

dastgoxlarini  qo`llash  xisoblanadi.  Sonli  dastur  bilan  boshqarish 

deganda berilgan son shaklida keltirilgan boshqarish dasturi bo`yicha 

dastgoxda  zagatovkalarga  ishlov  berishni  boshqarish  tushiniladi. 

Bunda  boshqaruvchi  dastur  aniq  bir  detalga  dastgoxning  tegishli 

berilgan  algoritmi  bo`yicha  ishni  bajarish  uchun  dasturlash  tilida 

buyruqni bajarishni yig`indisidan iborat bo`ladi. 

Sonli dastur bilan  boshqariladigan dastgoxlar yarim  avtomat va 

avtomatlardan  iborat  bo`lib,  ularning  barcha  xarakatlanadigan 

organlari tegishli ishchi va yordamchi avtomatik xarakatlarni amalga 

oshiradi. Bu xarakatlar avvaldan o`rnatilgan, perforirlangan qog`ozga 

(ba’zida  magnitliga),  tasma  yoki  diskka  yozilgan  dastur  bo`yicha 

amalga  oshiriladi.  Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dasgohlarda 

murakkab,  tayyorlash  kimmatga  tushadigan  va  sozlash  uchun  katta 

mexnat talab qiladigan kulachokli, andozali va tayanchlar sonli dastur 

bilan  boshqariladigan  tizimida  talab  qilinmaydi.  Bu  esa  kichik 

partiyali,  ayrim  xollarda  esa  yakka  zagatovkalarga  ishlov  berishni 

rentabelli  qiladi,  sozlashni  osonlashtiradi  va  jadallashtiradi  (ayniqsa 

zagatovka juda xam murakkab konstruksiyaga ega bo`lganda). 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dasgohlarni  qo`llashni 

samarasi: 


a) ishlov  beriladigan  zagatovka  ulchamlarining  aniqligi  va  bir 

xildaligida va shaklida bilinadi; bu aniq shakldor sirtga va ko`p 

sondagi  ulchamlarni  saklagan  xolda  konstruktiv  jixatdan 

murakkab  bo`lgan  zagatovkalarga  ishlov  berishda  muxim 

axamyatga ega; 

b) qo`l bilan boshqariladigan dastgoxlarda yordamchi vaqt unumini 

70-80%  dan  40-50  %  gacha  kamaytirish  xisobiga  ishlov  berish 

unumdorligini 

oshiradi 

(ishlov 


beradigan 

markazlardan 

foydalanilganda  20-30%  gacha  yordamchi  vaqt  unumini 

kamaytiradi), 

ayrim 

xollarda 



esa 

kesish 


rejimini 

intensifikatsiyalash orqali ishlov berish unumdorligini oshiriladi

sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dasgohlarga  ishlov  berishni 

utkazilganda  urta  xisobda  unumdorlik  oshadi:  tokarlik 

dostgoxlari  uchun  ikki-uch  marta,  frezalash  dastgoxlari  uchun 

uch-to`rt marta va ishlov beradigan  markazlash  uchun besh-olti 

marta; 

c) unumdorlikni  oshirishga,  dastgoxda  ishlovchining  malakasiga 



bo`lgan  talabning  kamayishi  xisobiga  ishlov  berish  tannarxini 

kamayishiga; 

d) avtomatik  ishlaydigan  va  sozlangan  sonli  dastur  bilan 

boshqariladigan dastgoxlarda tayyorlanishi murakkab bo`lgan va 

aniq  zagatovkalarga  ishlov  berishni  soddalashtirish  xisobiga 

yukori  malakali  dastgoxda  ishlovchilarga  bo`lgan  talabni 

kamayishida ko`rinadi. 


Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  tizimining  konstruksiyasi 

bo`yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi. 

Sikl  dasturli  tizim  bilan  boshqarish  dastgox  xarakatlanadigan 

organlarining  xarakatlanish  ketma-ketligini  va  tezligini  dasturlashga 

imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli 

barabanda kommutirlaydigan elementlar (shtekkerlar) ma’lum turkumi 

bilan topshiriladi. 

Bunda  xaraktlanadigan  organlar  xarakatlanish  qiymati  bevosita 

dastur  tartibiga  kirmaydi,  balki  qayta  sozlanadigan  elektr  tayanchlar 

orqali belgilanadi. 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dastgoxlarning  tubdan  farq 

qilishi  xususiyati  ularning  barcha  dasturi  teshiklar  kombinatsiyasi 

kurinishidagi,  raqamlar,  xarflar  va  boshqa  belgilar  bilan  tavsiflangan 

dastur  uzatuvchilarga  (perfotasma,  magnitli  tasma,  magnitli  disk

yozilishi  xisoblanadi.  Bunday  dastur  tarkibiga  xarakatlanadigan 

organlarning  xarakatlanishining  sonli  qiymati  xam  kiradi,  bu  sonli 

dastur  bilan  boshqariladigan  dastgoxining  sikl  dasturi  bilan 

boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi. 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dastgohlarini  qayta  sozlash, 

dasturni  almashtirish  bilan  birga  oz  vaqt  talab  qiladi,  shuning  uchun 

bunday  dastgohlar  seriyali  va  mayda  seriyali  ishlab  chiqarishni 

avtomatlashtirish uchun yaroqli bo`lib hisoblanadi. 

Pozitsiyali  boshqarish  deganda  dastgohni  sonli  dastur  bilan 

tushuniladi,  bunda  dastgohning  ishchi  organlarining  xarakatlanishi 

belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq xarakatlanish trayektoriyasi 


topshirilmaydi.  Dastur  bilan  boshqarishning  pozitsiyali  tizimining 

vazifasi ko`pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga 

aniq o`rnatishni ta’minlash bo`lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan 

navbatdagi  pozitsiyaga  xarakatlanishi  dastgoh  koordinatalari  orasida 

funksional aloqasiz amalga oshadi. 

Konturli  boshqarish  -  dastgohni  sonli  dastur  bilan  boshqarish 

bo`lib, bunda dastgohning ishchi organlarining xarakatlanishi berilgan 

traektoriya va berilgan tezlik bo`yicha ishlov berishning zarur bo`lgan 

konturini  olish  uchun  amalga  oshiriladi.  Sonli  dastur  bilan 

boshqariladigan  dastgohlarning  konturli  tizimi  dastgohning  ikki  yoki 

bir  necha  ishchi  organlarining,  ularning  uzluksiz  o`zaro  aloqasi 

bo`lganda, 

birgalikda 

xarakatlanishini 

boshqarish 

uchun 

mo`ljallangan, bu esa murakkab shaklli zagatovkalarga ishlov berishda 



zarur bo`ladi. 

 

8.4. DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN 



DASTGOHLARNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI. 

Bunday  dastgohlarning  texnologik  imkoniyatlari  ko`pgina 

omillar,  ularning  ichida  eng  asosiysi  dastgoxning  konstruksiyasi, 

joylashishi  aniqlik  sinfi  va  sonli  dastur  bilan  boshqariladigan 

tizimining  texnik  xarakteristikasi  aniqlanadi.  Zamonaviy  tokarlik 

dastgoxlari chiziqli aylanali interpolyatorli konturli tizimli sonli dastur 

bilan  boshqariladigan  dastgohlar  bilan  keng  texnologik  imkoniyatini 

ta’minlovchi  rezba  kesish  uchun  mo`ljallangan  moslama  bilan 

jixozlanadi.  Buunday  tizimlar  murakkab  profildagi  tayyorlashlarga 


ishlov  berish,  rezba  kesish  asbobning  kesuvchi  qirrasining  xolatini 

korreksiyalash  va  yuqori  tezlikda  bo`sh  yurishini  (xolostoy  xod

ta’minlaydi. 

Dastgohning  texnologik  imkoniyatidan  foydalanish  uchun 

dastgox bilan birga keltirilgan texnik jixozlari: qisuvchi moslamalari, 

kesuvchi  asbob,  yordamchi  osnastkalar,  nazorat  moslamalari  katta 

axamiyatga  ega.  Asbobni  va  birinchi  navbatda  asbobni  tutib 

turuvchilarning 

shaklini 

va 


keskichlarning 

maxkamlaydigan 

detallarnig unifikatsiyalash asosiy vazifa bo`lib xisoblanadi. 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  tokarlik  dastgohlari,  odatda 

zagatovkalarga  IT6  bo`yicha  ishlov  berish  aniqligini,  silindrik  va 

konussimon  sirtlarning  g`adir-budirligi  R

Z

  6-12  mkm  ta’minlaydi. 



Rezba  kesish  3-sinf  aniqligida  olib  boriladi.  Dastgohdan  tashqarida 

maxsus  optik  moslamada  asbobni  o`lchamga  sozlanadi  va  uni 

dastgohning 

kallagiga 

qo`shimcha 

ravishda 

to`g`rilamasdan 

o`rnatiladi.  Asbobni  qayta  sozlamasdan  dastgohga  o`rnatish  xatoligi 

asbobni  sozlash  xatoligi  bilan  birgalikda 

0.02  mm  chegarasida 

bo’ladi. 

Zamonaviy  sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  tokarlik 

dastgohlari revolverli kallak yoki topshirilgan dastur bo`yicha kesuvchi 

asbobni 


avtomatik 

ravishda 

almashtiradigan 

almashtiriluvchi 

keskichlar  blokli  magazin  bilan  ta’minlanadi.  Bundan  tashqari  ayrim 

sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  tokarlik  dastgohlari  bo`ylama 

ishlarni  bajarish  uchun  (parmalash  va  frezalash),  ko`ndalang  ishlarni 

bajarish  uchun  (relverli  dastgohlarga  o`xshash)  va  xattoki  to`xtagan 



shpindelda  tayorlashning  ekssentrik  joylashgan  elementlarini  ishlov 

beruvchi qo`shimcha moslamalar bilan ta’mirlanadi. 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dastgohlarining  yangi 

modellarini sozlash maxsus tegib turuvchi datchiklardan foydalanilgan 

xolda  amalga  oshiriladi,  bu  datchiklar  bir  vaqtning  o`zida  asbobni 

yeyilishiga bog`lik xolda asbobning xolatini koreitsiyalash uchun xam 

xizmat  qiladi.  Yangi  sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dastgohlari 

shpindelining aylanishlar chastotasining yuqori chegarasi 6000 ayl/min 

gacha ortadi. 

Sonli dastur bilan boshqariladigan frezerlik dastgohlarining 

texnologik imkoniyatlari. 

Tokarlik  dastgohlaridan  farqli  o`laroq  sonli  dastur  bilan 

boshqariladigan  frezalash  dastgohlari  dastaki  boshqariladigan 

universal  modellari  bazasida  qurilgan.  Original  joylash  va  asboblar 

magazinini  maxsus  frezalash  dastgohlari  aloxida  ishlov  beruvchi 

markazlar  guruxini  tashkil  qilgan.  Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan 

dastgohlari  konstruksiyasiga  bazaviy  modeliga  nisbatan  prinsipial 

o`zgartirishlar kiritilgan, ular dastur bilan boshqarish imkoniyatlaridan 

unumli  foydalanishga  imkon  beradi.  Surishning  kinematik  zanjirida 

aniq, muftsiz tishli uzatmalar va vintli soqqali juorliklar qo`llaniladi. 

Sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  dastgohlari  ba’zi  bir  aloxida 

uzellarining  bikrligi  bazaviy  modellarning  shunga  o`xshash 

uzellarining  bikirligidan  ancha  yuqori  bo`ladi.  Buning  barchasi 

dastgoxni yanada yuqori aniqlikda va unumdorli bo`lishini ta’minlaydi. 



Zamonaviy frezalash dastgoxlari chiziqli-aylanali interpolyatorli 

konturli tizimli sonli dastur bilan boshqariladigan bilan kurollanadi, bu 

uch va undan ortik koordinatal bo`yicha boshqarishni ta’minlaydi. 

Ko`pchilik  sonli  dastur  bilan  boshqariladigan  frezalash 

dastgohlari bir vaqtning uzida uchta koordinata bo`yicha boshqariladi. 

Shuning o`zi tayorlashini xajmiy ishlov berishga qifoya, lekin bunday 

boshqarish  xar  doim  xam  kesishning  optimal  sharoitini  va  ishlov 

berishning yuqori unumdorligini ta’minlay olmaydi. 

Ko`p koordinatali standart dastgohlar (to`rt, besh va undan xam 

ko`p 


koordinatali) 

ishlov 


beriladigan 

tayorlamalarning 

nomenklaturasiga, kesish sharoiti va tayorlamani qayta o`rnatish uchun 

yordamchi vaqtni kamaytirishga nisbatan keng texnologik imkoniyatga 

ega. Avtomatik ravishda shpindel aylanishlar tezligini o`zgartirish va 

asbobni almashtirish dastgoxning texnologik imkoniyatlarini juda xam 

kengaytiradi. 

Buraluvchi  revolverli  kallak  yoki  asboblar  magazini  yordamida 

asbobni almashtirish amalga oshiriladi. Dumaloq ishchi stolning yoki 

buralish  burchagi  bo`yicha  aniq  indeksatsiyalangan  terilgan  stolning 

mavjudligi bir o`tishda zagatovkaga murakkab ishlov berishga imkon 

beradi. 


Sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari turli egri 

chiziqlarning yassi konturlarini avtomatik rejimda ferazalashga, xajmiy 

ferazalashga,  parmalashga,  zenkirlashga  va  yo`nishga  imkon  beradi. 

Ular  konturga  ishlov  berish  aniqligini  (aylananing  geometrik 



aniqligidan chetga chiqishini)  0.1 mm oralig`ida, chiziqli o`lchamlar 

olish aniqligini  0.08 mm oralig`ida bo`lishini ta’minlaydi. 

Terilgan dumaloq stolli ayrim dastgohlarda (6306FZ gorizontal-

ferazalash dastgohi) o`zaro perpendikulyar va o`zaro parallel sirtlarga 

zagatovkani qayta o`rnatmasdan ishlov berish mumkin, xamda o`qdagi 

aniq teshiklarga ikkala tomonidan yo`nish  mumkin. Bunda ikkala yon 

tomonlarning  o`zaro  perpendikulyarligi  (dumaloq  stolni  aylantirish 

orqali)  500  mm  uzunlikda  0.05  mm  oralig`ida;  yon  sirtining  asosiy 

sirtga nisbatan perpendikulyarligi 500 mm uzunlikda 0.05 mm; ikkala 

tomonidan  yo`nilgan  teshiklarning  o`qdoshligi  500  mm  uzunlikda 

0.05mm ga teng bo`lishini; uzellarining pozitsiyalash aniqligi 500mm 

uzunlikda 0.05 mm va 1600 mm uzunlikda 0.1 mm.ni tashkil etishini 

ta’minlanadi.  Ishlov  berilgan  sirt  g’adir  -  budrligi  R

z

10-20  mkm 



oralig’ida bo`ladi. 

Markazda  ishlov  beruvchi  dastgohlarning  texnologik 

imkoniyatlari. 

Markazda  ishlov  beruvchi  dastgoh  kesuvchi  asbobni  avtomatik 

ravishda  almashtirish  uchun  asboblarning  maxsus  magazini  bilan 

qo`shimcha  ravishda  ta’minlangan,  dastur  bilan  boshqariladigan, 

yukori avtomatlashtirilgan dastgoh tushiniladi. 

Bu  dastgohlarda  dastur  bilan  boshqarish  yordamida  zagatovka 

uchta koordinata o`qi bo`yicha xarakatlanish va buraluvchi stol vertikal 

o`qi atrofida zagatovka aylanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. 

Ayrim  xollarda  markazda  ishlov  beruvchi  dastgoh  faqat  vertikal  o`q 

bo`yicha  emas,  balki  gorizontal  o`q  bo`yicha  xam  aylanishga  ega 



bo`lgan  globusli  stol  bilan  jixozlanadi.  Bu  esa  murakkab  korpusli 

toyyorlamalarga xar tomonidan va xar xil burchak ostida bir urnatishda 

ishlab berish imkonini beradi. Shpindel ukini berilgan dastur bo`yicha: 

gorizantal,  vertikal  va  qiya  o`rnatish  imkonini  beruvchi  markazda 

ishlab  beruvchi  dastgohlar  konstruksiyasi  xam  mavjud  (zagatovka 

chizmasida ko`rsatilgan xar qanday burchak ostida). 

Dastgohni  boshqarish  dasturi  shpindelning  aylanishlar  tezligini, 

ishchi  surish  va  bo`sh  xarakatlar  tezligini  kerakli  o`zgartirishni 

taminlaydi,  xamda  moylovchi  -  sovutuvchi  suyuklikni  uzatishni  va 

dastgohning boshqa uskunalarini yoqish va o`chirishni xam taminlaydi. 

Dastgohlarda 

xarakatlanadigan 

organlarini 

talab 


qilingan 

koordinatalarga  yaqinlashganda  tez  xarakatni  sekin  xarakatga 

o`tkazishni  avtomatik  ravishda  boshqarish  mavjud  bo`ladi.  Ishlov 

berishning  standart  sikllarini  va  dastgoh  turli  funksiyali  ishlashini 

avtomatik bajarish xam qo`llanadi. Ko`pgina markazda ishlov beruvchi 

dastgohlarda 

zagatovkani 

o`rnatish 

va 

maxkamlash 



qo`lda 

bajariladigan ishning yagona turidir. 

Kesuvchi  asbob  revolverli  kallakka  yoki  xajmli  asboblarning 

maxsus  magaziniga  joylashtiriladi,  bu  topshirilgan  dastur  bo`yicha 

dastgoh  shpindeliga  xoxlagan  asbobni,  zagatovkaning  tegishli  sirtiga 

ishlov  berish  uchun  talab  qilinganini  avtomatik  ravishda  o`rnatish 

imkonini  beradi.  Asbobni  dastgohda  bunday  almashtirish  2-6  s  da 

amalga oshiriladi. Ayrim markazda ishlov beruvchi dastgoxlarda ishchi 

shpindeldagi  asbobni  almashtirish  o`rniga  asbob  joylashtirilgan 

shpindelning o`zi almashtiriladi. 



Markazda  ishlov  beruvchi  dastgohlarda  kesib  ishlov  berishning 

deyarli  barcha  jarayonlari:  parmalash,  zenkerlash,  razvyortkalash, 

yo`nish,  rezba  kesish,  xamda  tekisliklarni  va  murakkab  konturlarni 

frezalash amalga oshiriladi. Dastgohning barcha xarakatlarini uzluksiz 

dastur  bilan  boshqarish  va  ko`p  sonli  kesuvchi  asboblarni  avtomatik 

ravishda almashtirish markazda ishlov beruvchi dastgohlarning ayrim 

modellarida  ishlov  beriladigan  maxsulotga  nisbatan  kesuvchi 

asbobning 500000 gacha turli xolatini egallashini taminlaydi. Bu eng 

murakkab  korpus  zagatovkalariga  bir  o`rnatishda,  zagatovka 

o`rnatiladigan  va  maxkamlanadigan  bazaviy  sirtidan  tashqari,  turli 

tomonlariga ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Buning 

barchasi  ishlov  beriladigan  sirtlarning  o`zaro  joylashishiningeng 

yuqori aniqlikda bo`lishiga olib keladi. 

Ommaviy  ishlab  chiqarishda  qo`laniladigan  ko`p  shpindenli 

dastgox - avtomatlar va avtomatik liniyalardan farqli ularoq markazda 

ishlov beruvchi dastgoxlarda mexnat unumdorligi tenologik o`tishlarni 

qo`shib  bajarish  va  ko`pgina  sirtlarga  parallel  ko`p  asbobli  ishlov 

berish  xisobiga  emas,  balki  yordamchi  va  tayyorlab  yakunlash  vaqt 

sarfini  keskin  kamaytirish  va  kesish  rejimini  jadallashtirish  xisobiga 

oshiriladi.  Ma’lumki  seriyali  va  mayda  seriyali  ishlab  chiqarish 

sharoitlarida  an’anaviy  dastgohlarda  mashina  vaqti  20-30%  dan 

oshmaydi. 

Dastur bilan boshqariladigan dastgoxlarda mashina vaqti 50-60% 

gacha  ortadi,  markazda  ishlov  beruvchi  dastgoxlarda  esa  u  80-90% 

gacha etadi. Dastgohni sozlash jarayonida bo`sh turib qolishi o`rtacha 


80%  ga  qisqaradi.  Markazda  ishlov  beruvchi  dastgoxlarda 

zagatovkalarga  ishlov  berishda  kesish  tezligini  20-100%  ga  oshirish 

mumkin.  Ularda  olingan  tayyormalarning  stabil  o`lchamlari  nazorat 

operatsiyalar xajmini 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi. 

Ishlov  beriladigan  tayorlamalarni  almashtirish  davri  yo`ldosh  - 

moslamaga 

almashtiriluvchi 

dastgoxdan 

tashqarida 

avvaldan 

o`rnatilish  xisobiga  markazda  ishlov  beruvchi  daastgoxlarda  keskin 

kamayadi. Tayorlama o`rnatilgan palet ko`pincha avtomatik ravishda 

almashtiriladi,  bu  esa  dastgohning  bo`sh  qolishini  minimumga 

kamaytiradi. Buning barchasining natijasida markazda ishlov beruvchi 

dastgoxda  detal  tayorlashni  univelsal  dastgohda  ishlov  berishga 

nisbatan  ishlov  berish  unumdorligini  4-10  marta  oshiradi  va  bitta 

markazda ishlov beruvchi dastgox to`rta - beshta va undan xam ko`proq 

an’anaviy konstruksiyadagi dastgoxlarni o`rnini bosishi mumkin. 

Markazda  ishlov  beruvch  dastgohlarning  boshqa  avtomatik 

dastgohlar  oldida  eng  asosiy  ustunligi  markazda  ishlov  beruvchi 

dastgohlarni  sozlashning  soddaligi,  ularni  boshqa  kanstruksiyali 

tayorlamaning  ishlab  chiqishga  qayta  sozlashning  soddaligi  va 

murakkab va qimmatbaxo texnologik osnastkalarni (shablon, andoza, 

maxsus  moslamalar  va  boshqalar)  yaratishga  zaruryatning  yo`ligi 

xisoblanadi.  Bu  mayda,  seryali  va  yakka  tartibda  ishlab  chiqarish 

sharoitlarida  markazda  ishlab  beruvchi  dastgoxlarni  qo`llanishini 

ta’minlaydi. 


8.5. RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILUVCHI 

DASTGOHLARDA ZAGOTOVKALARGA ISHLOV 

BERISHNI LOYIHALASH. 

Oddiy metall kesuvchi dastgohning qismlarini boshqarish ishchi 

tomonidan bajariladi. Ularning siljishini hisoblash qurilmalari (limb va 

nonius)  yordamida  kuzatib  boriladi.  Raqamli  dastur  bilan 

boshqariluvchi  dastgohning  har  bir  mexanizmning  sijishi,  ularga 

o‘rnatilgan  elektr  toki  bilan  ishlovchi  odimlovchi  dvigatel  orqali 

ta’minlanadi. Odimlovchi dvigatel rotoriga birlik o‘zchamidagi impuls 

ta’sir  ko‘rsatishi  natijasida,  rotor  ma’lum  burchakka  buriladi.  Uning 

natijasida  rotorga  biriktirilgan  qism  ham  shu  burilish  burchagi 

miqdoridagi  harakatni  oladi.  Impulslar  maxsus  elektron  sistemadan 

kuchaytirgich  orqali  kuchaytiriladi.  Impulslar  soni  boshqarish 

dasturida  yozilgan  bo‘lib  dasturni  qamrab  oluvchi  sistema 

(perfaolashtirilgan  yoki  magnitlashtirilgan)  lentaga  interpretatsiya 

etilgan simvollar bilan yozilgan bo‘ladi. 

Bu  simvollar  harf  va  sonlardan  tashkil  topadi.  Shuning  uchun 

hamma sistema RDB (Raqamli Dastur bilan Boshqariluvchi) deyiladi. 

Odimlovchi 

dvigatelning 

vali 

dastgohning 



harakatlanuvchi 

mexanizmiga  qatirib  mahkamlangan  vint  bilan  juftlikni  hosil  qilib, 

unga harakatni uzatadi. Natijada dastgoh mexanizmi aylana yoki to‘g‘ri 

chiziq bo‘ylab harakatlanadi. Odimlovchi dvigatel valining burchakli 

burilishi har xil bo‘lishi mumkin. Bu burchak qancha bo‘lsa, dastgoh 

mexanizmining  siljishi  shuncha  kichik  birlikka  siljiydi.  Toza  ishlov 



berish uchun qo‘llaniladigan yuqori aniqlikdagi dastgohlarda impulslar 

soni 0,02 mm.dan - 0,01 mm.gacha oraliqda bo‘ladi. 

Agar  dastgoh  RDB  sistemasi  bilan  ta’minlangan  bo‘lsa,  uning 

mexanizmlarining siljishi bitta tekislikda (masalan, X o‘qi koordinata 



sistemasida)  yotsa,  u  holda  dastgoh  bitta  koordinatali,  unda  uni 

modeliga F1 belgi qo‘shilib yoziladi. Ikki koordinatali (X va Y) - F2 



(RDB tokarlik dastgoh - 16K20F2), uchta koordinatali (X,Y va Z) - F3 

(vertikal  -  frezerlash,  teshik  yo‘nuvchi  dastgoh,  ishlov  beruvchi 



markazlar).  Bulardan  tashqari  beshta  koordinatali  frezerlash 

dastgohlari  (X,  Y,  Z;  frezerlash  kallagining  harakati  -  2  ta)  ham 

detallarga  ishlov  berishda  qo‘llaniladi  (masalan,  samolyotni  oldingi 

shassisining silindrini qobig‘iga ishlov berishda). Dastgohlarda to‘g‘ri 

chiziqli harakatlarni uzatib beruvchi qurilmalardan tashqari, kesuvchi 

asboblarga  murakkab  harakatlarni  uzatib  berish  uchun  interpolyator 

qurilmasidan  foydalaniladi.  Kesuvchi  asbob  to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab, 

ikkita koordinata (X va Y)lar tekisligida, ma’lum burchak ostida siljishi 

natijasida  tokarlik  datgohda  konus  yuzaga  ishlov  beriladi. 

Interpolyartor  berilgan  radiusda  joylashgan  aylana  yoyiga  yaqin 

traektoriya bo‘ylab kesikichni siljitishga imkon yaratadi. 

Dastur  qamrovchi  sistemaga  keskichning  ishchi  va  yordamchi 

harakatlaridan tashqari, dastgoh mexanizmlarini ishga solish va ishdan 

to‘xtatish,  kesish  ma’romini  o‘zgartirib  berish,  keskichlarni 

almashtirish (agar dastgohda ko‘p keskichli kallak o‘rnatilgan bo‘lsa) 

va shunga o’xshash harakat uzatish buyruqlari yozilgan bo‘ladi. 



RDB  dastgohi  dasturida,  konkret  detalga  ishlov  berish  uchun 

uning  mexanizmlarni  harakatlari  ketma-ketligi  yozilgan  bo‘lib,  ular 

dastgohda  avtomatik  ravishda  bajariladi.  Dastgohni  boshqaruvchi 

(operator) - ishchi zagotovkalarni o‘rnatadi va ishlov berilgan detalni 

yechib  oladi,  ishlov  berishni  va  kesuvchi  asbobning  holatini  kuzatib 

turadi. 


Boshqaruv  dasturini  tayyorlash  va  uni  tuzatish,  ma’lumotlarni 

qamrovchi  dasturga  yozish  va  sozlash  bilan  dasturchi  -  muhandis 

shug‘ullanadi, ya’ni RDB dastgohida tayyorlanadigan detallarning sifat 

ishchi  -  dastgohini  malakasi  bilan  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  bog‘liq 

bo‘lmaydi. 

RDB  dastgohni  ishlov  berilayotgan  detaldan  ikkinchi  boshqa 

detalga  ishlov  berish  uchun  qayta  sozlash  juda  oson.  Buning  uchun 

boshqarish  dasturni,  (agar  zaruriyati  bo‘lsa)  kesuvchi  asboblar 

komplektini almashtiriladi xolos. Shuning uchun ham mayda seriyalab 

ishlab chiqarish sharoitida detallarga mexanik ishlov berish jarayonini 

avtomatlashtirishni imkoniga ega bo‘ladi. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish