Ellikqal`a tumani «Ellikqal`a oltin tolasi» AJda tolaning navlar bo`yicha kal`kulyatsiyasiga oid tannarxi ХUlоSаLаR Ilmiy tadqiqot jarayonida olib borilgan ilmiy izlanishlar quyidagi umumiy xulosalar va takliflarni ilgari surish imkonini beradi:
Korxonalarda asosiy ishlab ishlab chiqarish xarajatlar hisobini yuritishda faqat 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidan emas, balki shu 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyoti bilan bog`liq tegishli barcha schyotlardan foydalansak va ishlab chiqarishdagi mablag`lar harakati o`rtasida yuk xati va schyot fakturaga o`xshash yangi hujjatni joriy qilsak yoki asosiy ishlab chiqarishdagi mahsulot turlari bo`yicha subschyotlarni joriy qilish lozim.
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elementlar bo`yicha guruhlanadi:
– ishlab chiqarish material xarajatlari (qaytarilgan chiqindilarning qiymati ayirib tashlangan xolda);
– ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to`lash xarajatlari;
– ishlab chiqarish xodimlari bo`yicha ajratilgan ijtimoiy sug`urta ajratmalari;
– ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
– boshqa xarajatlar.
Keltirilgan ma`lumotlapdan ko`rinib turibdiki, xarajat elementlarida pul xarajatlari boshqa xarajatlar elementida aks ettirilishi ko`zda tutilgan. Korxonalarning pul xarajatlari, hozirda va keyinchalik katta o`rin egallashini hisobga olib, ularni alohida element qilib chiqarish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Fikrimizcha, korxonalar buxgalteriya hisobida xarajatlarni boshqarish tizimi asosida boshqaruvchilar ishlatilgan zaxiralarni baholash uchun, korxona faoliyatida yuzaga kelgan barcha xarajatlar xaqida ma`lumot to`plashi maqsadga muvofiqdir, ya`ni:
1. Xarajatlarni hisob tizimi bir necha qismlarni o`z ichiga olgan murakkab tuzilishga ega ekanligi.
2. Xarajatlar korxonaning eng yaxshi rivojlanishiga ta`sir qiladigan va bugun va kelajakda kerakli natijalarni shakllanishini ta`minlovchi kategoriyalardan biri ekanligi. Shu tufayli, xarajatlar hisobi tizimi, ichki va tashqi foydalanuvchilarni xarajatlarni o`tgan va kelgusi davrdagi holati haqidagi axborot bilan ta`minlashi lozim.
3. Xarajatlar hisobini samarali tashkil qilish, xarajatlar aynan qaerda yuzaga kelyapti va yuqori foyda olishni nima ta`minlashi to`g`risida, ularning optimal tuzilmasini shakllantirish, shuningdek, korxonaga bozordagi o`z o`rnini saqlab qolish yoki kengaytirish mumkin bo`lgan ma`lumot olish imkonini beradi.
4. Xarajatlar hisobini shakllantirishda moliyaviy va kal`kulyatsion hisoblar qo`llanishi kerak, chunki ular korxonaning turli tomonlarini aks ettiradi. Moliyaviy hisob korxona va tashqi muhit o`rtasida bo`ladigan to`lov tartibini (pul oqimlarini) amalga oshiradi, bu tashqi yo`naltirilgan va buxgalteriya hisobi bilan bog`liq bo`ladi. Kal`kulyatsion hisob to`lov vositalari harakati asosida emas balki aniq xomashyo va ishlab chiqarish zaxiralarining (ishlab chiqarish omillari) harakatiga bog`liq. Bu hisob ichki yo`naltirilgan bo`ladi, shuning uchun boshqaruv hisobida yuritiladi.
5. Boshqaruvchini muvofiq ma`lumot bilan ta`minlash maqsadida, boshqaruv va nazorat uchun zarur bo`lgan korxonaning xarajatlari hisobi, oddiy buxgalteriya hisobidan farq qiladigan, tashqi omillar ta`sirini muvofiqlashtiradigan va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan strategik hisobni o`z ichiga olishi kerak.
Korxonalarida xarajatlarni o`zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo`lib, asosiy e`tiborni o`zgaruvchan xarajatlarga qaratilishi, xarajatlar ustidan nazoratni o`rnatishni ta`minlab, mahsulot tannarxini pasaytirib, barqaror moliyaviy natijaga erishishni ta`minlaydi. Shuning uchun korxonada xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashning «Direkt-kosting» usulini qo`llash maqsadga muvofiq deb topildi.
E`tibоringiz uchun rаhmat!