O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BERDOQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTЕTI
«BUXGALTЕRIYA HISOBI VA AUDIT» KAFЕDRASI
5340900 «Buxgalteriya hisobi va audit» ta`lim yo`nalishi
4 - kurs talabasi
Raximboyev Og`abek Janibek o`g`lining
«Korxonalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlar hisobi va tahlilini yaxshilash» mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: doc. S. Bayjanov
Nukus – 2019
Маvzuning dоlzarbligi
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida korxona, tashkilot va birlashmalar o`rtasida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog`liq hisob-kitoblarni aniq, to`g`ri, to`liq va o`z vaqtida amalga oshirish hamda ishlab chiqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish muhim hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tizimini to`g`ri va aniq tashkil etish korxona, qolaversa, respublika iqtisodiyotining tez va barqaror o`sib borishini ta`minlaydi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, ishlab chiqarish tizimining shakllanishi korxona va tashkilotlarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog`liq hisob-kitoblar ma`lumotlariga tayanadi. O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi davrida barcha korxonalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tizimi samaradorligini oshirish, ularda iqtisodiy, ishlab chiqarish bilan bog`liq hisob-kitoblarni to`g`ri tashkil tashkil qilish, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari mablag`laridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida xo’alik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish borasida muhim tarkibiy islohatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlarning bajarilishi yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bu borada mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoev “Islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko`rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko`rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so`zsiz oshirish” deb ta`kidlaydi.
Shunday ekan, biz kelgusidagi asosiy vazifalarimizdan biri xo’alik yurituvchi sub’ektlarda eksportbop mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqishimiz zarur. Buning uchun mahsulotlar raqobatbardosh bo’lishi va tovar ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatda ustunlikka erishishlari lozim. Raqobatdagi ustunlik esa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish, uning sifatini ko’tarish va bozor talablariga tez moslashishi bilan belgilanadi. Bunda, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish masalalari muhim ahamiyatga egadir.
Маvzuning dоlzarbligi
Do'stlaringiz bilan baham: |