XALQ TABOBATI YORDAMIDA LARINGITNI DAVOLASH USULLARI
Bunday infektsiyada xalqona vositalar ham uning alomatlarini yengish uchun mo’ljallangan. Eng samarali usul tomoqni chayishdir. Buning uchun tabiiy balg’am ko’chiruvchi, shuningdek antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega bo’lgan o’simliklar damlamalari ishlatiladi. Xususan, tomoqni chayish uchun qaynatilgan lavlagi sharbati samarali bo’ladi. Bundan tashqari, qaynoq suvda eritilgan asal (bir stakan suvga choy qoshiq) ham chayqash uchun foydalidir. Olingan vosita sovugach, kuniga uch marta chayish uchun qo’llaniladi.
O’tkir laringitda boshqa isitish usullarini qo’llash ham foydali bo’ladi. Xususan, ko’pincha bolalar oyoqlari xantalli vannalar qilinadi, kechasi isitish uchun bo’yniga kompresslar qo’yiladi. Ushbu muolajalardan foydalanilsa, organizm tezroq tiklanadi, laringitning alomatlari esa kamroq noqulaylik yetkazadi.
Lekin yodda tutish kerakki, kasallik medikamentlar bilan davolaniladi, xalq tabobati vositalari esa faqat qo’shimcha sifatida qo’llanilishi mumkin.
LARINGIT FONIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO’LGAN ASORATLAR
Laringitni o’z vaqtida davolamaslik yoki davolashning umuman yo’qligi, shuningdek noto’g’ri tanlangan davolash taktikasi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. O’tkir laringit ko’pincha surunkali shaklga o’tadi va surunkali shakli quyidagi oqibatlarga olib kelishi ehtimoli mavjud:
Hiqildoq devorlarining torayishi va nafas olish patologiyalarining rivojlanishi;
Ovozning to’liq yo’qolishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ovoz boylamlari bilan bog’liq muammolar;
Ovoz boylamlaridagi neoplazmalar: granulomalar, poliplar;
Hiqildoq sohasidagi yaxshi sifatli o’smalar;
Hiqildoq saratoni.
Surunkali laringitda bemorlarning qariyb 90 foizida hiqildoq stenozi rivojlansa, boshqa mumkin bo’lgan asoratlar juda kam uchraydi. Ularga kerakli davolanishning yo’qligi va bir vaqtga to’g’ri kelib qolgan bir qator og’irlashtiruvchi omillar olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, laringitning yiringli shakllari rivojlanishi ham asoratlar qatoriga kiradi. Ular ko’pincha quyidagi murakkabliklar bilan tavsiflanadi:
Ko’krak qafasidagi yallig’lanish (mediastinit);
O’pkaning abstsesslari (o’pkada yiring bilan to’lgan bo’shliq shakllanishi);
Laringitning aynan yiringli shakllari eng noxush va bartaraf etishi murakkab bo’lgan turi sanaladi va uning rivojlanishini oldini olish uchun hamma choralarni qo’llash kerak.