Landshaftshunoslik asoslari


-MODUL. AMALIY LANDShAFTShUNOSLIK ASOSLARI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

3-MODUL. AMALIY LANDShAFTShUNOSLIK ASOSLARI. 
12-BOB. YeR TUZIShNI LOYIHALAShDA LANDShAFT TARKIBINI 
O‘RGANISh. 
12.1 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRIShNING ASOSIY 
YO‘NALIShLARI. 
Halq xo‗jaligini jamiyat taraqqiyoti, ichki va tashqi bozor talablariga mos 
keladigan darajada rivojlantirish mavjud yer zaxiralaridan oqilona foydalanish va 
ularni muhofaza qilish bilan uzviy bog‗liqdir. Buni amalda qo‗llash uchun yerdan 
foydalanish tizimiga rioya qilish zarur. Ya‘ni yerdan foydalanishni rejalashtirish 
har hil funktsional va hududiy ko‗rinishda yechilishi mumkin. (Davlat, viloyat, 
tuman, shaharlar va tashkilotlar yer fondi) 
Yerdan foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish tizimi ulardan samarali 
foydalanish, muhofaza qilish, holatini yahshilash va qayta tiklashni taqazo etadi. 
Yerdan foydalanishning bosh chizmasi Davlat boshqaruv tashkilotlari tomonidan 
tasdiqlangan va halq xo‗jaligini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy tarraqiyot rejasini 
belgilovchi ko‗rsatmalar (direktiva) va dasturlarni nazarda tutgan holda tuziladi. 
Uning tarkibiy qismi: - Yaqin kelajakda yer zahiralaridan foydalanish tartibi va 
bashorati; 
- halq xo‗jaligini uzoq muddatga rejalashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy, 
tabiiy zahiralari; 
- davlat hududida ishlab chiqarish kuchlarini mavjud sharoitni va kelajakni 
nazarda tutgan holda nisbatan joylashtirish tarxi; 
- ishlab chiqarish kuchlarini yaqin kelajakda hududda joylashtirish va 
rivojlantirish kontseptsiyasi; 
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasi (bosh sxema) umumiydan 
shaxsiyga tamoyilida tuziladi. Bunda umumiy loyiha ayrim ko‗rsatkichlar bo‗yicha 
to‗ldiriladi, halq xo‗jaligini rivojlantirishni markazlashtirilgan va hududiy-
tarmoqlar shaklida tashkil etish bo‗yicha aniqliklar kiritiladi. Bosh chizma ikki 
qismdan iborat: 


146 
- uzoq kelajakda yerdan foydalanish tashkil etish va muhofaza qilishning 
ilmiy-texnik kontseptsiyasi,
- yer zahiralaridan ma‘lum darajada foydalanishni tashkil etish tartibi
sharoitlari, usullari, miqdoriy ko‗rsatkichlari bo‗yicha to‗liq ma‘lumotlarni o‗z 
ichiga olgan takliflar; 
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasi quyidagi tamoyillarni 
nazarda tutadi: 
- halq xo‗jaligining barcha tarmoqlari va har bir mamuriy-hududning uzviy 
bog‗langan har tomonlama rivojlanishni tashkillash; 
- yer zahiralaridan jadal foydalanish va muhofaza qilishni taminlash; 
- birinchi navbatda yaxshi yerlardan foydalanishni va ularni unumdorligini 
muntazam oshirib borish; 
- xalqni yashashi va dam olishi uchun qulay tashkiliy-hududiy sharoit 
yaratish, qishloq, o‗rmon va boshqa xo‗jaliklarni tashkil etish, yerlarni holatini 
yaxshilash, antropogen landshaftlar shakllantirish va atrof-muhitni himoya qilish; 
- yer zahiralaridan avaylab foydalanish, qishloq xo‗jaligiga oid bo‗lmagan 
ishlab chiqarishga unumdorligi past yerlarni ajratish; 
- yer zahiralaridan foydalanishni rejalashtirish loyihalash va tashkil etishda 
kelajakni va mintaqaviy hususiyatlarni inobatga olish; 
- yer zaxiralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish, 
loyihalashda har tamonlama asoslangan, maqbul bashorat asosida tuzilgan 
dasturlarni qo‗llash; 
Yer zahiralaridan foydalanishning bosh chizmasini tuzishda yerlarni davlat va 
kadastr qaydnomasi (hisobi), davlat hisobot qo‗mitasi, mahsus ilmiy-tekshirish, 
loyihalash, ishlab chiqarish, ilmiy-qidiruv, vazirliklar va boshqa tashkilotlarining 
malumotlaridan foydalaniladi. Asosiy tarx yozma (tushuntirish hati, hisoblash 
natijalari, jadvallar) xarita ko‗rinishdagi (hududni o‗rganish jarayonidagi 
ma‘lumotlar va chizmalardan) qismidan iborat bo‗ladi. 


147 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish