Landshaftshunoslik asoslari


 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRIShNING DARAJALARI VA



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

12.2 LANDShAFTLARNI REJALAShTIRIShNING DARAJALARI VA 
HUDUDIY OB’YeKTLARI. 
Yer zahiralarini muhofaza qilish-ulardan ilmiy asosda muntazam va rejali 
foydalanish bilan bir qatorda ularni landshaft elementi sifatida saqlanib qolishni, 
biosferaning asosmiy vazifasi. 
- hududning biologik maxsuldorligi, atrof-muhitda maqbul suv va havo 
tarkibi, tabiiy tozalanish va tozalanishni taminlashni taqazo etadi. 
Yerlarni muhofaza qilishning asosiy ko‗rinishi uni ezozlash, turlarini 
yaxshilash, unumdorligini oshirish, eroziyadan, ifloslanishdan, o‗zgargan 
landshaftlarni madaniylashtirish yordamida qayta tiklash, qo‗riqxonalar tizimini 
tashkil etishdan iborat. Yerlar holatini yaxshilashda meliorativ tadbirlarni amalga 
oshirish muhim ahamiyatga ega. Ular yordamida landshaftning ishlab chiqarish 
qobiliyatini ifodalovchi unumdorligi oshadi, fizik va qisman kimyoviy xossalari 
yaxshilanadi. Melioratsiya tashkiliy-xo‗jalik va texnik tadbirlar tizimi bo‗lib tabiiy 
sharoitda vujudga kelgan gidrologik, agroiqlim va landshaft salbiy oqibatlarni 
tubdan o‗zgartirish imkonini yaratadi. Bu tizim tarkibiga agrotexnik, gidrotexnik, 
o‗rmon-meliorativ tadbirlar kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasining tekislik qismida olib boriladigan meliorativ 
tadbirlar tarkibida sho‗rlangan yoki sho‗rlanishga moyil bo‗lgan yerlarning suv-tuz 
tartibini maqbul darajada boshqarish-landshaft unumdorligini oshirish va qayta 
tiklashning asosiy mezonlaridan hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holda yer 
zaxiralaridan foydalanishning asosiy tarxida sho‗rlangan yerlar melioratsiyasiga 
alohida e‘tibor beriladi. Undan tashqari mavjud suv zaxiralaridan foydalanish va 
ularni muhofaza qilishni texnik iqisodiy asoslash (GEA)-yirik va murakkab 
gidromeliorativ, suv-xo‗jalik inshoatlarini loyihalash, ko‗rish va xar tomonlama 
o‗rganilishi umumiy yoki ayrim hududlarda suv muvozanatini (suv istemol qilish 
va chiqarish tashlash). Yaqin va uzoq kelajakda saqlab qolish bosh chizmada o‗z 
ifodasini topishi shart. 
Landshaft yemirilishini (eroziya) oldini olish va unga qarshi kurash choralari 
yer zaxiralaridan foydalanish va muhofaza qilishning tarkibiy qismi bo‗lib 


148 
yemirilishiga moyil yoki yemirilgan yerlar, sel olib, upirilib ketadigan hudud va 
landshaftlarni ilmiy-texnik nuqtai-nazardan himoya qilishni nazarda tutadi. 
Ularning asosiy maqsadi: 
- hududning eroziyaga moyilligini ifodalovchi xaritasini tuzish va qarshi 
kurash choralarini tarkibini asoslash; 
- suv yig‗iladigan havzalar, shamol eroziyasi sodir bo‗ladigan hududlar 
xaritasini tuzish, oldini olish choralarini tarkibini asoslash; 
- sel ta‘sirida yemiriladigan, upirilib ketadigan, muzliklar qoplami mavjud 
yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta‘sirida landshaftlar o‗zgarishi mumkin bo‗lgan 
hududlar xaritasini, ularga salbiy ta‘sir etuvchi omillar, sodir bo‗ladigan joylar 
tasnifini tuzish va oldini olish choralarini belgilash; 
- eroziyaga qarshi tadbirlarning umumiy hajmi, qiymati va amalga oshirish 
tartibi, zarur bo‗lgan moddiy-texnik va mexnat resurslari aniqlash; 
- eroziyaga qarshi amalga oshiriladigan tadbirlarni loyihalash uchun loyiha-
qidiruv ishlarini tarkibi, hajmi va qiymatini aniqlash; 
- rejalashtirilgan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash; 
Yer osti foydali qazilmalarni konlardan olishda, geologik-qidiruv, qurilish va 
boshqa ishlarni olib borishda, unumsiz va degradatsiya bo‗lgan yerlarni qayta 
tiklash, ularni unumdorligini oshirish uchun rekultivatsiya qilish zarur. Uning 
tarkibi meliorativ, gidrotexnik, agrotexnik, o‗rmon-xo‗jalik, muhandis qurilish va 
shu tadbirlardan iborat bo‗lib landshaft hususiyatini yo‗qotgan yerlarda landshaft 
hossalarini shakllantirish va xalq xo‗jaligida foydalanish imkoniyatini yaratish, 
buzilgan, yaroqsiz xolga kelgan yerlarni atrof-muxitga salbiy ta‘sirini yo‗qotish 
yoki keskin kamaytirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
Rekultivatsiya texnik va biologik qismdan iborat. 
Texnik rekultivatsiya jarayonida tanlangan yerlarda landshaftni kovlab olish 
va yig‗ish; geologik yotqiziqni hususiyatiga mos keladigan shakldagi balandlik 
(tepalik, otval) kar‘erlar yaratish; yig‗ilgan yotqiziqlarni o‗zidan-o‗zi yonib 
ketishdan asrash; ustini tekislash terrassalarga ajratish, nishablikni upirilib 
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik; transport va boshqa mexanizmlarni kirib-chiqishi uchun 


149 
yo‗l qurish; gidrotexnik va eroziyaga qarshi inshoatlar ko‗rish; rekultivatsiya 
qilinadigan sath ustiga kelajakda unumdor bo‗lishi mumkin bo‗lgan yotqiziqlar 
soni, kimyoviy zararli kon yotqiziqlari bo‗lganda ularga kimyoviy usulda ishlov 
berish; unumdor landshaft solish va uni tekislash. 
Biologik rekultivatsiya jarayonida buzilgan landshaftlar unumdorligini 
shakllantirish va qayta tiklash uchun biologik usullar-rekultivatsiya qilinayotgan 
yerlarni o‗zlashtirish uchun yaroqli o‗simliklar ekish, maxsus agrotexnik 
tadbirlarni qo‗llash yordamida chidamli va hosildor biotsenozlar qoplamini 
yaratishdan iborat. 
Yer landshaftning hududiy asosi hisoblanib unda yashash (insoniyat), 
xo‗jalikni (jamiyatning sotsial-iqtisodiy faoliyati) yuritish uchun imkoniyat 
mavjud. Landshaft komponentlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan holda modda 
va energiyaning sarflanishi ularning hosil bo‗lishi bilan muvozanat (teng 
bo‗lishiga) holatda saqlanishga harakat qiladi. Shu sababli landshaft tabiiy 
sharoitda o‗zini-o‗zi boshqarib turadi.
Antropogen landshaftlarni maqsadga muvofiq shakllantirish, ulardan 
xo‗jalikda foydalanish, atrof muhitni himoya qilish, rekreotsiya va estetik, tabiiy 
muvozanatni saqlab turish hossalari, sodir bo‗lgan salbiy jarayonlarni aniqlash va 
oldini olish maqsadida qo‗riqxonalar chizmasi tashkil etiladi. 
Tabiiy geografik rayonlashtirish xalq ho‗jaligining turli soxalarinn 
rejalashtirishda tayanch xisoblanadi. Masalan, Turkiston O‗lkasida paxta ekish va 
unnng maydonlarini kengaytirish uchun shu hudud tuproq iklim sharoitini bilish 
etarli emas, undan tashkari sr yuzasining tuzilishini, yer osti suvlarining kanchalik 
chukurligini grunt xususiyatlarini, eroziya jarayonlarini o‗simlik koplamini bilish 
kerak bo‗ladi. 
Tabiiy geografik rayonlashtirish yangi shaxarlarni barpo qilish, yullar kurish 
va ulardan foydalanishda, sugoruv kanallari, melioratsiya tarmoklarini tugri 
rejalashtirish, hududining yer osti zaxiralarini relefi xususiyatlarini, tog jinslari 
tarkibini, tuproqlarini va bu komponentlarni o‗zaro bog‗liqligini chukur o‗rganish 
lozimdir. 


150 
Hudud landshaftini o‗rganishda pastlik yoki balandlikni (fatsiya) izohlovchi 
ko‗rsatkichlarining tarkibini izohlovchi axborot. 
- Pastlik (balandlik) fatsiya N. Sana. Muallif. 
- Mutloq balandlik, m 
- Pastlik (balandlik)ning ahamiyati (roli), (asosiy, yordamchisi) 
- Mikrorelef, uning mezorelefdagi o‗rni. 
- Ustki qatlamning litoligik tarkibi. 
- Tosh, shag‗al mavjudligi. 
- Landshaft (landshaft kesimi izohi) 
- Namlanish darajasi. 
- Yer osti suvlari chuqurligi, m 
- O‗simlik va daraxtzorlar tipi. 
- Fizik-geografik jarayonlar, sodir bo‗lish darajsi. 
- Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga to‗sqinlik qilayotgan tabiiy omillar. 
- Tabiiy zaxiralarni o‗zlashtirish va samarali foydalanishga oid takliflar. 
Yakunlovchi landshaf xaritasi dala ishlari oldidan mavjud malumotlarni tahlili 
va mavjud hudud landshafti ko‗rsatgichlarini yo‗nalishi-maydon o‗rganish, 
tayanch kesimlari va boshqa malumotlarni har tomonlama o‗rganilgandan so‗ng 
tuziladi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish