119
Ikkinchidan, baholashning subekti ham bo‗lishi kerak. Ya‘ni
tabiiy
komplekslar yoki landshaftlarni baholayotganda nima uchun va kim uchun
baholanayotganligi ham aniq bo‗lishi kerak. Subekt sifatida qishloq xo‗jaligi yoki
uning biron bir tarmog‗i, shaharsozlik yoki biron bir sanoat qurilishi, yo‗l qurilishi
kabilar olinishi mumkin.
Uchinchidan, obekt va subektdan tashqari, yana sharoit ham, ya‘ni
baholanayotgan vaqtdagi iqtisodiy geografik, sotsial, tabiiy geografik, ilmiy-texnik
sharoit kabilar hisobga olinishi kerak. Sharoit makon va zamonda o‗zgaruvchan
bo‗lganligi uchun baholashning natijalari ham mos holda o‗zgartirib turishga
to‗g‗ri keladi.
Boshqacharoq qilib aytganda, tabiiy komplekslarni u yoki bu
maqsadda baholash natijalari makonda ham, zamonda ham nisbiydir.
Landshaftlarni baholash natijalari to‗g‗ri bo‗lishi uchun baholashning asosiy
maqsadi aniq belgilab olingan bo‗lishi kerak. Landshaftlarni baholashning eng
asosiy maqsadi shu landshaftlarning o‗zlashtirish navbatlarini,
ulardan
foydalanishning eng qulay va yaxshi variantlarini aniqlab berishdan iborat. Bunday
maqsadda olib borilgan baholash ishlari ishlab chiqarish uchun bajarilgan baholash
deyiladi.
Baholash ishlaridagi yana bir yo‗nalish ekologik baholash yo‗nalishidir. Unda
subekt sifatida inson, aholi xizmat qiladi. Bunday baholashdan asosiy maqsad
kishilarning ishlash sharoitini, dam olishini to‗g‗ri va oqilona tashkil qilish,
ularning salomatligini muhofaza qilish uchun ilmiy asos yaratishdan iborat.
Landshaftlarni
estetik jihatdan, rekreatsiya maqsadlarida baholash ishlari ham
shular jumlasiga kiradi.
Tabiiy sharoitni, jumladan, landshaftlarni iqtisodiy baholash o‗ziga xos
yo‗nalishlardan biridir. Bu borada ancha ishlar qilinganligini bosib chiqarilgan
ilmiy ishlar, adabiyotlardan ham bilish mumkin. Ammo tabiiy resurslarni iqtisodiy
baholashning nazariy asoslari bilan shug‗ullangan A.A.Minsning (1972) fikricha,
ko‗p hollarda tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashda iqtisodchilar tomonidan bir
yoqlamalikka moyil bo‗lish va tabiiy asosni ko‗pam hisobga olmaslik hollari
mavjud ekan. Shuning uchun joylarni har tomonlama landshaftlar doirasida
120
baholash maqsadga muvofiqdir. Baholanishi lozim bo‗lgan tabiiy sharoit yoki
tabiiy muhit faqat turli xil tabiiy element (qism) larning tasodifiy yig‗indisi
bo‗lmay, balki yaxlit, qismlari o‗zaro ta‘sir va aloqada bo‗lgan tizim hamdir. Ana
shu yaxlitlik yoki bir butunlik landshaftlarda juda yaxshi aks etgan.
Bu yerdagi qishloq xo‗jaligi ham ko‗p tarmoqli (obikor
dehqonchilik,
bahorikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shug‗ullaniladi) va joyning
tabiiy sharoitiga bo‗ladigan talabi ham turlichadir. Bundan tashqari, baholanadigan
landshaftlarning o‗zi ko‗p komponentli bo‗lib, landshaftni yaxlit holda baholash
uchun uning ichki tuzilishini aks ettira oladigan yagona son ko‗rsatkichining
yo‗qligi ham baholash ishlarini murakkablashtirib yuboradi. Shu bilan birga, yana
shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, landshaftlarni baholash bevosita qishloq
xo‗jaligining u yoki bu tarmog‗i uchun yetakchi ahamiyatga ega bo‗lgan qishloq
xo‗jalik ekini, ya‘ni o‗simlik uchun bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: