Landshaftshunoslik asoslari


Murg‘ob-Amudaryo oralig‘idagi kam boshqariladigan kichik tizimda tizim hosil



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

Murg‘ob-Amudaryo oralig‘idagi kam boshqariladigan kichik tizimda tizim hosil 
qiluvchi modda almashinishining ko‘rinishi (L.M.Grave, 1987) 
Modda 
almashinish 
xili
 
Modda 
oqimi
 
Modda oqimi 
yo‗li
 
Modda 
almashinish 
jarayonlari
 
Modda almashinishining 1 
yildagi hajmi va yo‗nalishi 
Texnik
tizimdan 
landshaftga 
Landshaftdan 
texnik tizimga 
Tabiiy 
texnogen
 
Suyuq 
modda (km
3
)
Gazsimon 
(km
3
)
qattiq modda 
(ming t.)
 
Suv bilan
Havo bilan
Eritmalarda
 
Shimilish
Kanal 
ustidagi 
yog‗in 
Ko‗llar 
ustidagi 
atmosfera 
yog‗inlari 
Kanaldan 
bug‗lanish 
Ko‗llardan 
bug‗lanish 
Transpiratsiya 
Filtratsiya 
suvlarida tuzning 
kirib kelishi
 
1,29 


0,21 
0,15 
0,56 
650,0 

0,012 
0,029 




Texnogen
 
Suyuq 
Tuzning 


109 
modda (km
3
)
qattiq modda 
(ming t.)
 
Mexanizmlar 
bilan 
Mexanizmlar 
bilan 
(qurilish 
vaqtida) 
Havo bilan 
Foydalanish 
vaqtida 
shamol 
uchirgan 
qumlar 
 
atmosfera 
yog‗inlari 
bilan 
kelishi 
Kanal loyqasi va 
suvni 
tashqariga 
tashlash 
Kanalni tozalash, 
chuqurlatishda va 
dambalar qurishda 
gruntlarni 
ag‗darish 
Qurilish 
vaqtida 
shamol uchirgan 
qumlar
 

0,1 
0,026 


1,7 
0,1 dan kam 

0,001 
dan 
ortiq 
0,001 
 
Masalan, kanaldan Tajan va Murg‗ob deltalaridagi dehqonchilik qilinadigan 
landshaftlarga har yili 4,2 – 4,3 km
3
suv kirib keladi. Modda almashinishida 
suvning shimilishi, ya‘ni tog‗ jinslariga sizib o‗tishi katta o‗rin tutadi. 
Shimilishning hajmi kanaldagidan ko‗ra ekin maydonlarida ko‗proq yuz beradi va 
deltalardagi gidrogeologik sharoitning anchagina o‗zgarishiga olib keladi. 
9.6. LANDShAFTLARDAN TO‘G‘RI VA OQILONA FOYDALANISh, 
UNING IFLOSLANIShI VA BUZILIShINI OLDINI OLISh. 
Voha geotizimlarining atrofidagi cho‗l tabiatiga ta‘siri. Vohalardagi ekin 
maydonlari, sug‗orish (irri- gatsiya) shoxobchalaridan gruntga sizib o‗tgan suvlar 
voha atrofidagi cho‗lda sizot suvlarining sathi va mineral- lashuv darajasining 
o‗zgarishiga bevosita ta‘sir etadi. O‗sha hududlarda namlik miqdori ortadi. 
Vohaning ta‘sir doirasining katta-kichik bo‗lishi joyning litologik-geo- morfologik 
tuzilishi bilan bog‗liqdir [3]. Gruntning suv o‗tkazuvchanligi nisbatan yaxshi 


110 
bo‗lgan prolyuvial tekisliklarda sizot suvlarining yotiq haraka- ti ancha masofaga 
yetib boradi. XX asrning 60-yillari boshlarida Mirzacho‗lning janubida (Tojikiston 
hududi- da) 15 ming gektarga yaqin yerlarning sug‗orila boshlashi- dan so‗ng 
ma‘lum bir vaqt o‗tishi bilan cho‗lning shimoli- dagi eski va yangi o‗zlashtirilgan 
yerlarning meliorativ holati yomonlasha boshladi. Bunga sabab prolyuvial yer- 
larning yuqori qismidagi sug‗orilgan maydonlardan sizib o‗tgan suvlarning uning 
chekka qismlariga oqib kelishidir. Natijada sizot suvlarining sathi ko‗tarilib, 
sho‗rlanish darajasi bir necha marta ortdi va katta maydondagi o‗z- lashtirilgan va 
qo‗riq yerlarni sho‗r bosdi. Yassi delta va terrasalardagi vohalarning sizot 
suvlarining ta‘sir doirasi joylardagi yotqiziqlarning mexanik tarkibi og‗irligidan 
unchalik uzoq masofaga yetib borolmaydi (o‗r- tacha 30 km atrofida). Chunki 
ushbu hududlarda sizot suv- larning yotiq harakatidan ko‗ra tik harakati 
kuchliroqdir. Quyi Amudaryo va Zarafshon vohalarining chekka qism- larida olib 
borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‗rsa- tadiki, ulardan chiquvchi sizot suvlari 
ta‘sirida atrofda o‗ziga xos tabiiy-antropogen majmuali mintaqalar vuju- dga 
keladi. Sizot suvlarning yer yuzasiga juda yaqin joy- lashgan (0–1, ba‘zan 2–3 m) I 
mintaqada zax suvlari to‗- planishidan subakval (ko‗l) hamda superakval (ko‗l-
botqoq) geotizimlar rivojlanadi (masalan, Buxoro vohasining janubida voha bilan 
Amu-Buxoro kanali oralig‗idagi pastqamliklarda va h.k.). Vohadan uzoqlashgan 
sari sizot suvlarining sathi pasayib, ta‘siri kamayadi. Mazkur II mintaqa yarim 
gidromorf sho‗rlangan majmualar bilan xa- rakterlanadi. III mintaqada sizot 
suvlarning sathi ancha chuqur bo‗lib (3–5 va 5–7 m), yarim gidromorf, elyuvial 
majmualar bilan almashib keladi. Vohalar arid (qurg‗oq) mintaqalarda qator 
tashlama – antropogen ko‗llarning vu- judga kelishida asosiy omildir. O‗zbekiston 
Respublika- si tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi ma‘lumoti bo‗yicha 
respublikamizda zahkash-zovur suvlar miqdori 23–25 mlrd m3 ga (2013) yetgani 
holda, shuning 8–10 mlrd m3 dan ortig‗i asosan vohalar atrofidagi pastqamliklarga 
(sho‗r ko‗llarga) oqiziladi. Faqatgina, Buxoro va Qorako‗l vohalarida viloyat 
gidrogeologik-melioratsiya ekspedi- tsiyasi hisobotida ko‗rsatilishicha, 2012 yilda 
sug‗orish uchun 4,0 mln m3 miqdorda suv olingan bo‗lsa, 1,8 mln m3 ha- jmidagi 


111 
suvlarni zovurlar orqali vohalardan tashqariga chiqarilgan. Vohalarga olingan suv 
tarkibida deyarli 4000 ming tonna har xil tuzlar mavjud bo‗lgan bo‗lsa, zax suvlari 
bilan birga tarkibida 6707 ming tonna tuzlar chiqa- rilgan. Amudaryo va 
Sirdaryoga ko‗plab zaxkash-zovur suvlar (15 mlrd m3 - 2013 y.) tashlanishidan 
daryolar suvining sho‗rlanish darajasi ham ortadi (har litr suvda 0,5–3 g. gacha). 
Natijada sizot suvlarining ham sho‗rlanish daraja- si ortgan (har litrda 2,2–16,0 g), 
tuproqlar 
sho‗rlanmoqda, 
to‗qay 
o‗simliklarining 
muttasil 
o‗sishi 
yomonlashmoqda. Cho‗llarning vohalar tabiatiga ta‘siri. Muntazam inson 
nazoratida bo‗lgan vohalar doimo atrofidagi cho‗l ta‘sirida bo‗ladi. Vohalarda 
sug‗orish tugallanishi bi- lan sizot suvlarning sathi asta-sekin pasaya boshlaydi. 
Nihoyat, qishki sho‗r yuvish boshlanishi oldidan eng past da- rajaga tushadi. 
Shundan so‗ng atrof cho‗ldan sho‗rlanish da- rajasi nisbatan ancha yuqori bo‗lgan 
(har litr suvda 10,0 g dan ortiq) sizot suvlari vohalarga tomon sizib kela bosh- 
laydi. Ayniqsa, voha atrof-cho‗ldan past qamroq joyda bo‗lsa, sizot suvlarining 
kelishi tezlashib, tuproqda tuz to‗planishi ham jadallashadi [4]. Cho‗ldan esuvchi 
shamollar ham odatda turlichang, tuz va qum zarrachalarini vohalargakeltiradi. 
Yozda bir necha kun janubdan esuvchi, afg‗on‖ shamoli ham O‗zbekistonning 
janubiy vohalariga ancha miqdorda chang va qum zarra- chalarini keltiradi. Ayrim 
vohalarda sug‗oriladigan yerlarning qum bosishi avj olmoqda. 1992 yilda Xorazm 
vohasining 200 gektardan ortiq sug‗oriladigan yerini qum bosganligi sababli 
qishloq xo‗jaligida foydalanilma- di. Keyingi vaqtlarda Orol dengizi suv sathining 
pasay- ishi, suvdan bo‗shagan hududlardagi tuzlarni shamol uchi- rib ketishidan 
R.Razakov ma‘lumotiga ko‗ra, Orol bo‗yi mintaqasida har gektar yerga 800–1000 
kg, Nukus shahri kengliklariga 100–700 kg tuz yotqizilmoqmada. Bu o‗z o‗r- nida 
sug‗oriladigan yerlarning meliorativ sharoitlarini yomonlashuviga, qishloq 
xo‗jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikning sezilarli darajada kamayishiga 
sabab bo‗lmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‗mitasi ma‘lumoti bo‗yicha bu ko‗rsatgich paxtada 5–15%, sholida 
esa 3–10 foizni tashkil etmoqda. Umuman voha va cho‗l o‗rtasida- gi o‗zaro 
aloqadorlik ancha murakkab, ko‗p omilli bo‗lib, vohalarning katta-kichikligi, 


112 
shakli kabilarga bog‗liq bo‗lgani holda, yana qator tabiiy - antropogen jarayon va 
hodisalarni ham hisobga olishni taqozo etadi. Bu aloqa- dorlikni ilmiy jihatdan 
o‗rganish va tegishli holatlar- ni qo‗llash har ikkala yer mahsuldorligini orttiradi va 
natijada ulardagi ekologik sharoitni optimallashti- rishga yordam beradi [5]. 
Qoraqalpoq vohasi tabiiy majmualari. Sun‘iy tekislangan paxta dalalari va 
sholipoyalar hamda ozuqa- bop va sabzavot-poliz ekinlari bilan o‗zaro 
uyg‗unlashgan yassi allyuvial delta tekisliklari (1-rasm). Amudaryoning chap 
sohilidagi Qonliko‗l kanalining quyi va o‗rta oqimlari, Kuanishjarma, Kegeyliyob 
va boshqa kanallarning o‗ng sohillarining quyi qismlari uchun xarakterlidir [6]. 
Qadimdan sug‗oriladigan sholipoyalar- ning chekkasida 1957-1964 yillar 
mobaynida o‗zlashti- rilgan hududlar uchun xosdir.Amudaryo deltasidagi pax- ta 
dalalari uchun xarakterlidir.Amudaryo deltasining sug‗oriladigan mintaqalari 
chekka qismlari uchun xos bo‗lib, u hududlar o‗tgan asrning 70–80-yillarida xo‗ja- 
likda foydalanishga kiritilgan. Amudaryoning o‗ng va chap sohlilaridagi 
sug‗oriladigan yerlarning oralaridagi hu- dudlar uchun xarakterlidir. Amudaryo 
deltasining munta- zam sug‗oriladigan yerlarining chekka qismlari, shuningdek 
Qoraqalpog‗istonning Qo‗ng‗irot, Mo‗ynoq, Bo‗zatov tumanlari hududida 
joylashgan chorvachilik xo‗jaliklari uchun xa- rakterlidir. Ozuqabop va sabzavot-
poliz ekinlari bilan band bo‗lib, Amudaryo, Erkindaryo, Oqboshliozek o‗zanlari 
atrofidagi, Abadyarmish, Beshyob va boshqa kanallarining quyi qismlaridagi 
yangidan o‗zlashtirilgan maydonlar uchun xarakterlidir. Xorazm-To‗rtko‗l vohasi 
tabiiy majmualari (2-rasm). Sun‘iy tekislangan, qadimdan sug‗oriladigan o‗tloq 
tuproqli qadimgi yassi delta tekisliklari tabiiy majmualari. Amudaryoning chap 
qirg‗og‗i bo‗ylab cho‗zilgan, turli kengliklardagi nisbatan unchalik katta 
bo‗lmagan hududlarni ishg‗ol etgan. Tuproqlarida chirindi (gumus) miqdori 
bo‗yicha butun voha tuproqlari ichida birinchi- lardan, ko‗p hollarda gumus 
miqdori 3 foizdan ortiq, bo‗- lib asosan sholi ekiladi [7]. Daryoliq (kengligi 4–6 
km) va Daudan (kengligi 6–8 km) quruq o‗zanlari vodiylarida joylashgan. 
Tuproqla- ri sho‗rlanmagan, yuvilgan, mexanik tarkibi bo‗yicha og‗ir loyqali, 
asosan sholi ekiladi. Vohaning janub qismlaridagi Unguzorti Qoraqumiga tutash, 


113 
unchalik katta bo‗lmagan depression pastqamlik hu- dudlarni qamrab olgan. 
Tuprog‗i sho‗rlangan. Kollektor-zo- vur suvlari tashlanishi evaziga 
pastqamliklarda gidrofit florali ko‗plab ko‗llar (Karp, Sho‗rko‗l va b.) vujudga 
kelgan. Daryoliq va Daudan qadimgi o‗zanlari o‗rtasidagi hamda Daudan bilan 
ko‗l tekisliklari o‗rtasidagi qa- dimgi delta tekisliklarini ishg‗ol etgan. Tuproqlari 
sho‗rlangan, mexanik tarkibi-og‗ir loyqali, gumus miqdori 1,5 foizgacha, asosan 
g‗o‗za ekiladi. Vohaning janub qismidagi Unguzorti Qoraqumiga tutash depression 
pastqamliklarda mujassamlashgan bo‗- lib, loyli yotqiziqlar bilan qoplangan. 
Tuproqlari turli darajada sho‗rlangan, asosan g‗o‗za ekiladi. Daryoliq va Daudan 
qadimgi daryo o‗zanlarida joylash- gan. Sho‗rlangan tuproqlardan iborat, asosiy 
qishloq xo‗- jalik ekini–g‗o‗za. Amudaryoning chap sohili bo‗ylab engsiz (tor) 
mintaqani va qayir hamda qayir usti (to‗qay) ter- rasasini egallagan. Sug‗oriladigan 
allyuvial o‗tloq tup- roqlarda asosan g‗o‗za ekiladi [8]. Buxoro-Qorako‗l vohasi 
tabiiy majmualari (3-rasm). Amudaryoning qayir va qayir usti terrasalarini 
egallagan. Tuproqlari sho‗rlangan, agroirrigatsion qatlam 2 m va undan ortadi, 
g‗o‗za bilan band. Aqchadaryoning allyuvial-delta tekisliklarini qamragan bo‗lib, 
agroirrigatsion qatlam- ning qalinligi unchalik katta emas, asosan g‗o‗za ekiladi. 
Zarafshon daryosining hozirgi delta tekisliklaridagi sun‘iy tekislangan, qalin 
agroirrigatsion qatlamli, sug‗o- riladigan o‗tloq tuproqlardagi g‗o‗za bilan birga 
ozuqabop va sabzavot-poliz ekinlari ekilgan tabiiy majmualar. Buxoro vohasining 
shimoliy qismini egallagan bo‗lib, 20–30 m qalinlikdagi to‗rtlamchi davr 
(Toshkent majmua- si) qumli-shag‗alli yotqiziqlari bilan qoplangan. Sug‗ori- 
ladigan cho‗l-qum tuproqlarda asosan g‗o‗za ekiladi. Buxoro vohasining yuqori 
qismlarini qamragan. Deltaning eng yuqori qismlari qumli-shag‗alli yotqiziqlardan 
iborat. 
G‗ijduvon tumani hududlarida shag‗al qalinligi 13,8 m.ga yetadi. U 1 m.dan 
10-12 m.gacha bo‗lgan qalinlikdagi loyqa, qumoq, loy, qum bilan qoplangan. 
Qadimdan sug‗oriladi- gan o‗tloq tuproqlarda agroirrigatsion qatlam qalinligi 1–3 
m, asosiy ekin turi–g‗o‗za. Buxoro vohasining marka- ziy qismlarini egallaydi. 
Suvli qatlam qumli va loy- qali - chaqiq toshli yotqiziqlardan tashkil topgan. 


114 
Asosan sug‗oriladigan o‗tloq tuproqlardan iborat, g‗o‗za asosiy ekin. Buxoro 
vohasining janubi-g‗arbiy qismlari uchun xa- rakterli bo‗lib, unda qumli-og‗ir-
loyqali va loyli yotqi- ziqlar ustuvorlikka ega [9]. Geomorfologik jihatdan ikkinchi 
qayir usti terrasa- si bo‗lib, kam to‗lqinsimon relefli. Nisbatan sho‗rlan- gan 
sug‗oriladigan o‗tloq tuproqlarda g‗o‗za ekiladi. Buxoro vohasining janubi-sharqiy 
qismi, Zarafshon daryosining chap sohili bo‗ylab (alohida maydonlarda Kogon 
shahri shimolida) joylashgan. Bu yerda suv o‗tkazuvchi qatlam qum, chaqir tosh va 
loyqali yotqiziqlar hisoblanadi. Hudud asosan daryoning ikkinchi qayir usti 
terrasasida joylashgan. Sug‗oriladigan o‗tloq-allyuvial tuproqlarda g‗o‗za 
ustuvorlikka ega. Buxoro vohasining janubiy qismlari uchun xarakterli. Bu yerda 
allyuvial yotqiziqlar qalinligi keskin kamayadi. Shag‗allar o‗rnini butunlay qumlar 
egal- laydi, relefi yassi. Kuchli sho‗rlangan o‗tloq-allyuvial tuproqlardagi asosiy 
ekin – g‗o‗za. 
Qorako‗l vohasining yuqori qismlarini egallagan. Suv o‗tkazuvchi qatlam 
loyqa va qum hisoblanadi. Sug‗ori- ladigan sho‗rlangan o‗tloq tuproqlardan iborat. 
Qorako‗l vohasining o‗rta va chekka qismlarini qamragan. Bu yerda litologik 
qatlam tarkibi loy, qumoq, loyqa va qumlardan tashkil topgan, shag‗al deyarli 
uchramaydi. Turli darajada sho‗rlangan sug‗oriladigan o‗tloq tuproqlarda g‗o‗za 
asosiy ekin hisoblanadi. To‗dako‗l suv omborining sharqiy qism- larida, 
Qoratog‗ning tog‗oldi hududlarida joylashgan. Yangi sug‗oriladigan sur-qo‗ng‗ir 
tuproqlarda asosan ozuqa- bop va sabzavot–poliz ekinlari yetishtiriladi [10]. Delta 
tekisliklaridagi sug‗oriladigan yerlar- ning meliorativ holatini belgilovchi muhim 
tabiiy omillar. Hududlarning tabiiy-meliorativ sharoitlari- ni baholash, qaysiki 
gidrotexnik inshootlarni qurishning muhandislik-texnik sharoiti, yerlarni 
foydalanishga tayyorlash, sug‗orishning meliorativ tartibi (rejimi), namlanish 
darajasi va iqlim resurslariga bog‗liq hol- da qishloq xo‗jalik ekinlarini 
joylashtirish, sug‗orma yerlardan foydalanish davrida rivojlanishi mumkin bo‗lgan 
noqulay tabiiy jarayonlarni belgilovchi tabiiy omillarning tahlili va sinteziga 
asoslanadi. Vohalarda sug‗oriladigan yerlarning mahsudorligini oshirish uchun 
tabiiy-meliorativ baholashning asosiy ilmiy tamoyili landshaft (yoki landshaft-


115 
meliorativ) tamoyil bo‗lib, u joyning anatomik jihatlarini barcha- sini o‗zida aks 
ettiradi [11]. Vohalardagi sug‗oriladigan yerlarning tabiiy-meliorativ sharoitlarini 
baholashda odatda geomorfologik, landshaft kartografik, aero- kosmik, landshaft-
indikatsiya, landshaft-geokimyoviy va boshqa usullardan foydalaniladi. Chunki 
ular bevosita dala sharoiti tadqiqotlari, shuningdek tuproq, grunt va suv namunalari 
tahliliga asoslanadi. Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ sharoitlarini tadqiq 
qilishda ae- rokosmik usul samarali hisoblanadi. Relef (deltalar turi) yerlarning 
meliorativ ho- latining umumiy xarakterini, hududning suv o‗tkazuvchan- ligi, 
gidrotexnik inshootlarni loyihalash va faoliyat xarakteri, sug‗oriladigan yerlar va 
yaylovlardan samara- li foydalanish yo‗llarini belgilaydi. Deltalarning 
sug‗oriladigan mintaqalari relef shakli boshqa omil- lar bilan bir qatorda grunt 
suvlari tartibini shunga mos tartibda paydo bo‗lishi va tuproqning tuz tartibi xarak- 
teri, shuningdek, sug‗orishning meliorativ tartibini (yarimgidromorf, gidromorf) 
belgilaydi. Delta yotqi- ziqlari litologik tarkibi eng avvalo hududning tabiiy suv 
o‗tkazuvchanligi, tuproq-gruntning suv tartibi, yerlar- ning meliorativ holati, 
gidrotexnik inshootlar barpo etish imkoniyatlari, tabiiy-geografik jarayon va 
hodisa- larning rivojlanish xarakteri kabilarni belgilaydi. Gruntlar barcha 
meliorativ va gidrotexnik inshootlar- ning asosi va murakkab sug‗orish-
melioratsiya jarayonla- rini boshqarishda bosh omil bo‗lib xizmat qiladi [12]. Iqlim 
sharoiti (havo va tuproq harorati, shamol, atmos- fera yog‗inlari va b.) issiqlik 
tartibiga bog‗liq ravishda qaysi joyga qaysi qishloq xo‗jalik ekinlarini ekish, sug‗o- 
riladigan yerlardagi yalpi bug‗lanish jadalligi, tuproqda tuz to‗planish, 
deflyatsiyaning mohiyati kabilarni belgilay- di. Yana shuningdek, V.M. Borovskiy 
(1978, 1982.) ta‘kidla- ganidek, iqlim omili tuproq va gruntda tuzlar migratsiya- si 
jarayonlariga juda katta ta‘sir ko‗rsatadi [13]. Grunt suvlari va ularning tartibi 
vohalardagi tup- roq-meliorativ holatning yo‗nalishini belgilaydi. Grunt 
suvlarining chuqurligi, minerallashuvi, kimyoviy tarkibi va harakat tezligi – tuproq 
(grunt)ning suv- tuz tartibi- ning asosiy omillaridir. Yer usti suvlari vohalardagi 
yerlarning meliorativ holatiga bilvosita, ya‘ni grunt suvlari orqali ta‘sir ko‗rsatadi. 
Yer usti suvlari – sug‗orish kanallari, suv om- borlari, deltalarning daryo tizimlari 


116 
– grunt suvlari to‗yinishining mahalliy manbasi bo‗lib, tuzlarni arala- shishi va 
erishida, ularni tuproq-gruntda saqlanishida muhim omillardan biri hisoblanadi. 
V.A. Kovda (1968) ta‘kidlaganidek, yer usti suvlari sug‗orish vaqtida tup- roqda 
akkumulyatsiyalanadigan tuzlar manbai, sug‗orma suv- larning ifloslanish darajasi 
sug‗oriladigan yerlarning sho‗rlanish darajasini belgilaydi [14]. Tuproq qoplami – 
vohalardagi sug‗oriladigan yerlar holatining indikatori bo‗lib, tuproqlarni baholash 
na- tijalari asosida agrogeotizimlarning meliorativ sha- roiti holati to‗g‗risida 
umumiy xulosa qilish mumkin. Vohalarda yerlarning meliorativ holatini 
belgilovchi bosh omil tuproqlarning suv-tuz tartibi hisoblanadi. Gruntning tabiiy 
suv o‗tkazuvchanligi vohalardagi me- liorativ sharoitning umumiy holatini, tuz 
to‗planish va sho‗rlanish, suv toshqinlari, botqoqlanish va grunt suvla- ri sathining 
chuqurligi, drenaj turlari va ularning tex- nik jihatlarini belgilaydi [15]. Meliorativ 
ahamiyatga ega bo‗lgan tabiiy jarayon va hodisalarning tarqalishiga yerlarning 
meliorativ hola- ti, galogeokimyoviy jarayonlar, muhandislik - meliora- tiv va 
sug‗orish gidroinshootlarining holati va ularning faoliyat xarakteri, u yoki bu 
ekinlarni ekish mumkinligi kabilar bevosita bog‗liq, ular vohalarda ma‘lum qonu- 
niyatlarga bo‗ysinadi va mintaqaviy xarakterga ega [16]. Voha landshaftlarining 
meliorativ sharoitlari- ni yaxshilash maqsadida baholash. Voha landshaftlarini 
ularning meliorativ holatining murakkablik darajasi bo‗yicha baholash uchun biz 
tomondan: 1) murakkablashgan; 2) o‗rtacha murakkab; 3) murakkab; 4) juda 
murakkab toifa da- rajalaridan foydlanildiki, qaysiki uning zaminida voha 
landshaftlarinining meliorativ holatini sog‗lomlashti- rish yotadi.Quyi Zarafshon 
va Amudaryo deltalarining li- tologik-geomorfologik xususiyatlari u hududlarda 
oddiy meliorativ sharoitni ajratishga imkon bermaydi, shu bois bu murakkablik 
(oddiy) toifa mazkur hududlarda yo‗q. Quyi Zarafshon deltasi tabiiy meliorativ 
sharoiti Amudaryo deltasinikiga qaraganda sug‗orma dehqonchilikni rivoj- 
lantirish uchun nisbatan qulay [17]. Shuning uchun murakka- blashgan tabiiy-
meliorativ majmua (TMM) lar guruhlarini ikki: 1) kam murakkablashgan va 2) 
nisbatan murakkablashgan kichik guruhlariga ajratish maqsadga muvofiq. Ammo, 
quyi Amudaryo deltasi (Qoraqalpoq va Xorazm) vohalari land- shaftlarida kam 


117 
murakkablashgan kichik guruhga mansub ta- biiy majmualarni ham ajratish 
imkoniyati yo‗q. Nisbatan murakkablashgan (Xorazm vohasi misolida ko‗rib 
chiqiladi) kichik guruhiga Xorazm vohasining ma‘lum hududlarida yer osti suvlari 
oqimi sust va juda sust, kam va o‗rtacha sho‗rlangan, tarkibi gidrokarbonat-sulfatli, 
joy- larda xlorid-sulfatli grunt suvli, sug‗oriladigan botqoq va o‗tloq tuproqli, 
sun‘iy drenajlangan va tekislangan, qu- moqli-loyqali va qumli keng to‗lqinsimon 
yassi tekisliklar kiradi. Bu guruhdagi TMM Amudaryoning o‗ng sohili bo‗ylab 
(Xorazm vohasi) cho‗zilgan, birinchi qayir usti terrasasi (7, 13); Sariqamish 
deltasidagi Daryoliq va Daudan qadimgi quruq daryo vodiylarini (8) egallaydi (2-
rasm) [18]. O‗rtacha murakkab TMM ga ayrim maydonlarda yer osti suvlari oqimi 
sust va juda ham sust bo‗lgan, kam-o‗rtacha - kuchli minerallashgan, tarkibi 
gidrokarbonat-sulfat va xlorid-sulfatli grunt suvli, sug‗oriladigan botqoq va o‗tloq 
tuproqli, biroz (sun‘iy) drenajlangan va amal- da oqimsiz, biroz tekislangan, 
qumoqli, loyqali, loyli– loyqali va loyqali-qumli, yassi va ko‗lli, biroz to‗lqin- 
simon tekisliklar mansubdir. Sariqamish bo‗yi deltasi (Xorazm vohasi) hududida 
bu guruh Daryoliq va Daudan qa- dimgi daryo o‗zanlarining TMM larini qamrab 
olgan (12). Bu qadimgi daryo o‗zanlarining litologik-geomorfologik tuzilishi 
nisbatan barqaror meliorativ tartibga eri- shish uchun ancha qulayroq. Sug‗orish 
me‘yorining optimal- ligi ta‘minlansa, zamin grunt suvlari oqimini pastqam- liklar 
tomon oqizishga qodir [19]. Murakkab TMM guruhi yer osti suvlari oqimi ancha 
sust va qiyin, o‗rtacha va kuchli minerallashgan, tarkibi gidro- karbonat-sulfat, 
xlorid-sulfat, sulfat-xloridli, joylarda xlorid-natriyli, juda kam va drenajlanmagan 
(jadal sun‘iy drenajlangan), turli darajada sho‗rlan- gan sug‗oriladigan botqoq, 
biroz botqoqlashgan yuvilgan tu- proqli tekislangan, qumoqli-loyqali yassi 
tekisliklarni qamragan. TMM Sariqamish deltasi miqyosida Daryoliq va Daudan 
qadimgi daryolar oralig‗ini, Daudan bilan ko‗l tekisliklari o‗rtasi (10); 
Amudaryoning o‗ng sohilidagi qayir va qayir usti terrasalarini (To‗rtko‗l vohasi) 
(17) ishg‗ol etgan [20]. Juda murakkab TMM yer osti suvlari barqaror yuza 
joylashgan, tarkibi, xlorid-sulfat va sulfat - xloridli, sug‗oriladigan o‗tloq, ba‘zi 
joylar- da sug‗oriladigan o‗tloq-taqir va sug‗oriladigan botqoq tuproqli juda kam 


118 
va drenajlanmagan (jadal sun‘iy drenajlangan) murakkab qumoqli-loyli, loyqali-
loyli, ayrim joylarda qumli yotqiziqli, oqimsiz pastqamliklar majmuasidagi yassi 
tekisliklarni o‗z ichiga oladi.
Nazorat savollari: 
1. Tabiiy-antropogen landshaftlar va ularning hosil bo‗lish omillari qaysilar? 
2. Landshaftlar ma‘lum maqsadlarni ko‗zlab qilingan ta‘sirlar nimalardan iborat? 
3. Antropogen landshaft, madaniy landshaft tushunchalari va ularni tasniflash 
xakida gapirib bering. 
4. Geotizmlar haqida ma‘lumot bering. 
5. Texnogen landshaftlarning mazmuni nimalardan iborat? 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish