Landshaftshunoslik asoslari


-rasm. Geotextizimlar modeli (A.Yu.Reteyum va I.Yu.Dolgushinlar, 1978)



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

12.1-rasm. Geotextizimlar modeli (A.Yu.Reteyum va I.Yu.Dolgushinlar, 1978) 
9.5 TEXNOGEN LANDShAFTLARNING MAZMUNI. 
Boshqariladigan geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‗y beradigan 
jarayonlar bilan landshaftda ro‗y beradigan jarayonlar o‗zaro jadal kirishib ketgan 
bo‗ladi. Masalan, sug‗orib dehqonchilik qilinadigan sug‗orish tizimining rejimi esa 
landshaftning holati bilan belgilanadi, ya‘ni boshqariladigan geotextizimdagi 
aloqadorliklar to‗g‗ri va teskari aloqalar yordamida hosil bo‗ladi. Bunday hollarda 
texnika yordamida boshqariladigan obekt sifatida landshaftning biotik 
komponentlari, suv va hokazolar xizmat qiladi. Buni biz ayniqsa, Qoraqum kanali 
misolida ko‗rishimiz mumkin. 
Uzunligi 1400 km dan ortiq bo‗lgan ushbu kanalga Amudaryodan har yili 10 
km
3
atrofida suv o‗tadi. Qoraqum kanali tufayli Turkmanistonda mavjud bo‗lgan 
beshta vohaga yana uchta yangi - Baxarden, Gyaur va Xovuzxan vohalari 
qo‗shildi. Obikor dehqonchilik qilinadigan yerlar maydoni 600 ming ga dan oshib 
ketdi. 7.5 mln.ga dan ortiq maydondagi yaylovlar suv bilan ta‘minlandi. Loyiha 
bo‗yicha kanalning uzunligi 1400 km bo‗lib, navbatda Janubi-g‗arbiy 
Turkmanistondagi 80 ming ga sug‗orib ekin eqilishi kerak. Ko‗rinib turibdiki, 


106 
Qoraqum kanali Turkiston hududida beqiyos yirik gidrotexnik inshootlardan 
biridir. 
Qoraqum kanali ishga tushgandan buyon o‗tgan 37 yil ichida ilgari suvsiz 
bo‗lgan cho‗l hududlari tabiatiga, uning barcha komponentlariga ta‘sir ko‗rsatdi va 
hatto ko‗plab yangi tabiiy geografik komplekslarning hosil bo‗lishiga olib keldi. 
Kanal bilan u kesib o‗tadigan hududlar geotizimi orasida o‗zaro ta‘sir va 
aloqadorliklar yuzaga kelib, yangi o‗ziga xos geotextizim hosil bo‗ldi. Uning ichki 
aloqadorliklari asosan kanaldan landshaftlarga va landshaftlardan kanalga 
moddaning ko‗chish jarayonida aks etgan bo‗lib, to‗g‗ri va teskari aloqalardan 
tashkil topgandir. 19-rasmdan Murg‗ob-Amudaryo oralig‗idagi landshaftlar orasida 
yuzaga kelgan aloqalar haqidagi eng umumiy tasavvurni olish mumkin. 
L.M.Grave va boshqalar (1978) Qoraqum geotextizimidagi ichki aloqalar va 
modda almashinishini qiyosiy tahlil qilish yo‗li bilan bir-biridan modda 
almashinish xarakteri va boshqarilish darajasiga qarab uchta kichik tizimni ajratish 
mumkinligini 
yozadilar. 
Bular 
Murg‗ob-Amudaryo 
oralig‗idagi 
kam 
boshqariladigan kichik tizim, Murg‗ob va Tajan vohalaridagi boshqariladigan 
kichik tizim hamda Kopetdog tog‗oldi tekisligida shakllanayotgan boshqariladigan 
kichik tizimdir. 
Qoraqum geotextizimi o‗zining tizim hosil qiluvchi aloqalarining doimiyligi, 
modda almashinishi hajmining kattaligi va o‗zaro ta‘sirlarning chuqurligi bilan 
ajralib turadi. Ana shu aloqalar orqali inson bu geotextizimga ta‘sir etib turishi va 
boshqarishi mumkin. Mavjud tizim tashkil qiluvchi aloqalar, A.M.Grave va 
boshqalarning (1978) ta‘kidlashiga qaraganda, uch xilda namoyon bo‗lar ekan. 
Bular: 1) tabiiy texnogen; 2) texnogen va 3) irrigatsion xillaridir. 
Aloqalarning 
tabiiy-texnogen 
xili 
asosan 
inson 
faoliyati 
ta‘sirida 
faollashadigan tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‗ladi. Bu xildagi aloqalar 
Murg‗ob-Amudaryo oralig‗ida, kanalning yengil suv o‗tkazuvchi jinslar tarqalgan 
joylardan o‗tgan qismlarda kuzatiladi. Bu joylarda kanal tabiiy daryo ko‗rinishini 
egallagan va modda va energiya almashinishi xuddi tabiiy daryolardagidek 
xarakterdadir.


107 
Kanal landshaftlarning barcha komponentlariga ta‘sir etadi. Relef, yer osti va 
ustki suvlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatsa, iqlim o‗simlik, tuproq va hayvonotga ham 
bevosita, ham bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Kanal bilan yon-atrofdagi landshaftlar 
orasidagi modda almashinishi asosan suv, havo orqali va qattiq moddalarning 
ko‗chishi shaklida amalga oshadi. Suv almashinishi kanaldagi oqim, yerga 
shimilish va yer osti suvlari harakati orqali amalga oshadi.
Aloqalarning texnogen xili kanal qurilishi vaqtida va kanaldan foydalanish 
jarayonida ishlatilgan mexanizmlar ta‘sirida yuzaga kelgan aloqalardir. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish