10.5 BAHOLAShNING ASOSIY TAMOILLARI VA MYeTODLARI.
Landshaftlarning qishloq xo‗jaligi uchun ahamiyatli bo‗lgan va baholanishi
zarur bo‗lgan tomonlaridan yana biri uning tuproqlaridir. Ohangaron daryosi
havzasida tarqalgan tuproqlarni baholashda Tuproqshunoslik va agrokiyo instituti
hamda "O‗zdaverloyiha" instituti tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan
127
metodik ko‗rsatmalardan foydalanildi. Shu asosda tuzilgan baholash darajalari
jadvalda keltirildi.
10.5-jadval
Tuproqning nomi
Baholash ballari
Sug‗oriladigan bo‗z tuproqlar va bo‗z tuproqlar mintaqasidagi
o‗tloq tuproqlar
100
bo‗z tuproqlar mintaqasidagi sug‗oriladigan botqoq-o‗tloq
tuproqlar
80
sug‗oriladigan bo‗ztuproqlar
70
bo‗z tuproqlar mintaqasidagi o‗tloq tuproqlar, qo‗riq yerlar
60
yupqa qatlami, yaxshi rivojlanmagan, qayirlardagi allyuvial
tuproqlar
50
Tuproqlarni bahorikor dehqonchilik uchun baholashda quyidagi jadvaldan
foydalanildi.
10.6-jadval
Tuproqning nomi
Baholash ballari
Shimoliy yonbag‗irlardagi och-qo‗ng‗ir o‗tloq, to‗q jigarrang va
jigarrang tuproqlar
100
Janubiy yonbag‗ir va jo‗nlardagi och-qo‗ng‗ir dasht va och
jigarrang tuproqlar
90
To‗q tusli bo‗z tuproqlar
80
Tipik bo‗z tuproqlar
70
Baland tog‗ oddiy qo‗ng‗ir tuproqlar
20
Eng oddiy (primitiv) tuproqlar
10
Tosh qoyalari va qurumlar
0
Yuqorida keltirilgan ballar bo‗yicha baholangan tuproqlarda ro‗y berishi
mumkin bo‗lgan tabiat hodisalarini yoki ba‘zi holatlarni hisobga olish uchun
tuzatish koeffitsienti kiritish orqali bahosi kamaytirilishi mumkin. Masalan, tuproq
qatlamining yuvilib ketganligi, mexanik tarkibi, tuproq hosil qiluvchi tog‗ jinsining
xususiyatlari, meliorativ shart-sharoitlar (er osti suvlarining yuza yoki chuqurda
bo‗lishi) va boshqalar.
128
Landshaftlardan qishloq xo‗jaligida foydalanishda ularning relef tuzilishi ham
katta ahamiyatga ega. Relefni baholashning asosida esa yer yuzasining qiyalik
darajasi yotadi.
10.7-jadval.
Obikor dehqonchilik uchun
Bahorikor dehqonchilik uchun
Yer yuzasining qiyalik
darajasi
Baholash ballari
Yer yuzasining qiyalik
darajasi
0
0
dan 1,5
0
gacha
100
0
0
dan 2
0
gacha
1,5
0
dan 3
0
gacha
80
2
0
dan 5
0
gacha
3
0
dan 5
0
gacha
60
5
0
dan 8
0
gacha
5
0
dan 7
0
gacha
40
8
0
dan 11
0
gacha
7
0
dan 10
0
gacha
20
11
0
dan 15
0
gacha
10
0
dan ortiq
0
15
0
dan ortiq
Ushbu jadvalni tuzishda yerni sug‗orish va dalani mashina, traktorlar bilan
ishlash sharoitlari, suv va irrigatsiya eroziyasining yuzaga kelishi, mehnat
samaradorligining pasayishi, yonilg‗i sarfining ortishi kabi ko‗plab omillar
e‘tiborga olindi. Shuning uchun jadvalda ajratilgan ma‘lum darajadagi qiyalikka
ega bo‗lgan landshaftlar relefi o‗ziga xos xususiyatga egadir. Masalan,
landshaftning yer yuzasi 1,5
0
gacha qiyalikka ega bo‗lsa, obikor dehqonchilikda
maxsus agrotexnik tadbirlar o‗tkazishni talab qilmaydi. Oddiy qishloq xo‗jalik
mashinalari bilan ishlov berishga yaroqlidir. Ishlab chiqarish samaradorligini
pasayishiga va yonilg‗i mahsulotlarini ortiqcha ishlatishga ehtiyoj tug‗ilmaydi.
1,5
°
dan 3
°
gacha qiyalikka ega bo‗lgan yuzalarda irrigatsiya eroziyasi hosil
bo‗lish xavfi mavjuddirki, ularning oldini olish uchun unchalik murakkab
bo‗lmagan agrotexnika qoidalariga rioya qilishga to‗g‗ri keladi (masalan, yerni
haydash va sug‗orish ishlari yonbag‗irlar yo‗nalishiga ko‗ndalang olib boriladi).
Bu hol ishlab chiqarish samaradorligining biroz pasayishiga va yonilg‗i
mahsulotlari sarfi esa 8-10 foiz ortishi mumkin. Bunday lashdshaftlarda tuproq
yuzasi suv va irrigatsiya eroziyasiga beriluvchan bo‗ladi. 16-jadvalda keltirilgan
umumiy baholarga qo‗shimcha tuzatish koeffitsienti kiritish orqali qishloq xo‗jaligi
129
uchun baholanadigan landshaftlarning jarlar bilan o‗yilib, qirqilib ketganligini ham
hisobga olish mumkin bo‗ladi.
Shunday qilib, landshaftlarning iqlim, tuproq, relef xususiyatlarini alohida-
alohida baholashning har biri amaliyotda qiziqish uyg‗otishi mumkin. Ammo,
landshaftlarning umumiy bahosini chiqarmay, komponentlar bahosi asosida
landshaft haqida to‗la tasavvurga kelish qiyin.
Landshaftlarga tegishli bo‗lgan umumiy baho komponentlar bahosini tahlil
qilish orqali aniqlab olinadi. Buning uchun biz dastavval qaysi komponentning
bahosi umumiy baholashga asos bo‗la olishini aniqlab olishimiz kerak bo‗ladi.
Chunki, iqlim va tuproq xususiyatlari bo‗yicha eng yuqori baho olgan
landshaftlarda yer yuzasining qiyaligi katta bo‗lib, yerni haydab ekin ekishning
iloji bo‗lmasligi va shunga bog‗liqligi bois, eng past baho olishi turgan gap.
Shuning uchun asosiy komponentning baho ballini asos qilib olib, qolgan
komponentlar bahosi tuzatish koeffitsienti tariqasida hisobga olingani ma‘quldir.
Masalan, bir landshaftning relef jihatidan bahosi 90 ball va tuproqning bahosi esa
60 ball bo‗lsin, deb faraz qilsak, unda landshaftning umumiy bahosi: 100 x 0,9 x
0,6 = 54 ball bo‗ladi.
Landshaftlarni shaharsozlik maqsadlarida baholash ham o‗ziga xos
xususiyatlarga egadir. U yoki bu hududni shaharsozlik borasida o‗zlashtirish uchun
dastlab landshaft turlarini aniqlab olish va baholash lozim bo‗ladi.
Tabiiy muhit va uning ayrim komponentlari shaharlar tipiga, aholi punktlari
va dam olish maskanlarining geografik tarqalishiga, kishilarning hayot tarziga
(masalan, ish ma‘romiga, kiyim-kechaklar tanlashiga, ovqatlanishiga) ta‘sir qiladi.
Shuning uchun ham landshaftlarni shaharsozlik maqsadlarida baholashning amaliy
ahamiyati kattadir. Bu borada anchagina ilmiy ishlar qilingan. Ularning
ko‗pchiligida baholash xaritalari ham ilova qilingan. Xaritalarda aholi yashashi
uchun qulay yoki noqulayligiga qarab turli joylar ajratilgan. Masalan,
V.V.Vladimirov (1982) tuzgan xaritasida urboekologik sharoitni tahlil qilib, bir
nechta urboekologik mintaqalarni ajratgan: 1) juda qulay; 2) qulay; 3) cheklangan
miqdorda qulay; 4) noqulay; 5) ancha noqulay; 6) juda noqulay; 7) haddan tashqari
130
noqulay. Bu xaritada O‗zbekistonning Qizilqum va Ustyurt kabi joylari ancha
noqulay mintaqaga kiritilgan. Amudaryo va Sirdaryo bo‗ylari, delta maydonlari,
tog‗ oldi-tog‗ etagi tekisliklari qulay mintaqaga, tog‗lar esa haddan tashqari
noqulay mintaqaga kiritilgan.
O‗zbekiston hududi tabiiy sharoitini shaharsozlik maqsadlarida baholash
jarayonida A.Soatov (1990, 1993) dastlab tabiiy sharoiti nisbatan bir xil bo‗lgan
joylarni ajratib olib, ularni "hududlar tiplari" deb atagan. Hududlar tiplari
F.N.Milkov, N.A.Gvozdetskiy, N.A.Kogaylarning ajratgan landshaft tiplariga
muqobil atama deb qaralishi mumkin bo‗lsa-da, ularni aynan bir xil xususiyatlarga
ega deb bo‗lmaydi. Eng asosiy farqi shundaki, hududlar tiplari faqat shaharsozlik
maqsadlaridagina ahamiyatlidir, negaki shaharsozlik uchun kuchli ta‘sir eta
oladigan
komponentlar
e‘tiborga olingan holda ajratilgandir. Bunday
komponentlardan asosan relef, tog‗ jinslari, iqlim, gidrogeologik sharoit kabilar
asos qilib olnib, ularning xossa va xususiyatlaridan tashqari, estetik ko‗rinishi,
tuproq, o‗simlik qoplami, rekreatsion jihatlari ham hisobga olingandir. A.Soatov
tuzgan O‗zbekistonning hududlari tiplarini baholash xaritasida hammasi bo‗lib
(jami 375 ta konturni hosil qilgan) 46 hudud turlari aks ettirilgan. Bu xarita
yordamida nafaqat hududlar turlarini, balki tabiiy geografik rayonlar yoki tabiiy
geografik okruglarini ham baholash imkoniyati tug‗iladi.
Xaritada aks ettirilgan har bir hudud turlari shaharsozlikda yaroqliligi
darajasiga ko‗ra bir necha guruhlarga yoki sinflarga birlashtirilgan: 1) juda kam
yaroqli; 2) kam yaroqli; 3) o‗rtacha yaroqlidan past; 4) o‗rtacha yaroqli; 5) o‗rtacha
yaroqlidan yuqori; 6) eng yuqori darajada yaroqli.
Ana shunday baholash sinflari ularga kiradigan hududlar turlarining sifatlari
haqidagi tasavvurlarni 10.8-jadvaldan olish mumkin.
Landshaftlarni turli maqsadlarda va turli usullar bilan baholash tajribalari
maxsus adabiyotda ko‗plab uchraydi (Sheyko, 1970; Kansebovskaya, Muxina,
1972; V.V.Shkurkov, 1970). Ularning dastlabki tahlili shuni ko‗rsatadiki, baholash
asosan obekt bilan subekt o‗rtasidagi aloqadorlik, subektning obektga bo‗lgan
talabini aniqlashga asoslangandir.
131
Baholash obekti sifatida turli xil geotizimlar, u yoki bu komponent, birorta
tabiiy resurs (masalan, foydali qazilma, o‗simlik boyliklari, yer boyliklari, suv va
h.k) ishtirok etsa, baholash subekti sifatida esa jamiyat, xalq xo‗jaligining birorta
tarmog‗i, u yoki bu sanoat korxonasi, turli xil qurilish inshooti va boshqalar xizmat
qilishi mumkin. Har qanday baholash natijalari nisbiy va tarixiydir. Chunki vaqt
o‗tishi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning rivojlanishi natijasida subektning obektga
bo‗lgan munosabati va talablari kuchayishi va o‗zgarishi mumkin. Undan tashqari,
har qanday baholash ishlarini amaliy landshaftshunoslikning vazifasi, deb qarash
har doim to‗g‗ri bo‗lavermaydi. Masalan, biror irriatsiya kanalini paxta yetishtirish
nuqtai nazaridan baholash tor ma‘nodagi maxsus baholashga kiradi. Ammo kanal
atrofidagi yoki kanal suvi yetib boradigan landshaftlarni paxta yetishtirish nuqtai
nazaridan baholasak, bunday baholash landshaftshunoslikning vazifasiga kiradi.
10.8-jadval
Hududlar turlarini baholash
sinfi
Hududlar turlari
Hududlar turlarining sifatiy
tavsifi
Juda kam yaroqli
Dengiz va ko‗l tekisliklari
Grunt suvlari yaqin
joylashgan, tuz
konsentratsiyasi ko‗p
miqdorda, qumli va gilli
jinslar kuchli sho‗rlangan
Chink va oqimsiz botiqlar
Kuchli parchalangan tik
yonbag‗irli, mustahkam
bo‗lmagan jinslar, suvda
eruvchan, kuchli sho‗rlangan
sho‗rxoklar mavjud
Past qoldiq tog‗ va past tog‗lar
Relefi kuchli parchalangan,
tog‗ jinslari mustahkam
O‗rtacha balandlikdagi tog‗lar
Relefi kuchli parchalangan,
tog‗ jinslari mustahkam
Baland tog‗lar
Relefi kuchli parchalangan,
tog‗ jinslari mustahkam
Kam yaroqli
Skulpturali-denudatsion
Qumli relef shakllari
132
tekisliklar
O‗rtacha yaroqli darajadan
past
Strukturali-denudatsion
tekisliklar
Yupqa ellyuviyli va
karstlanuvchi jinslar mavjud
O‗rtacha yaroqli yerlar
Allyuvial-delta tekisliklari,
tog‗lardagi tekis yuzalar
Nisbatan grunt suvlari yaqin,
deflyasiya hodisalari keng
rivojlangan, tog‗li o‗lka
O‗rtacha yaroqli darajadan
yuqori
Allyuvial-delta tekisligi,
dellyuvial-prolyuvial tekislik
Tekis va grunt suvlari nisbatan
yaqin, chuchuk suvlar
yetishmaydi
Eng yuqori darajada yaroqli
Allyuvial-prolyuvial
tekisliklar
Relef tekis, grunt suvlari
chuqur
A.G.Isachenko (1980) baholashning maqsadidan kelib chiqqan holda uning
ikki asosiy xilini yoki yo‗nalishini belgilashga harakat qilgan. Birinchi xil
baholashning asosiy maqsadi landshaftlarning xo‗jalikda o‗zlashtirish navbatini
aniqlashdan, landshaftlardan foydalanishning eng yaxshi yo‗nalishni ishlab
chiqarish uchun baholash desa bo‗ladi va yuqorida keltirilgan baholashlar ana shu
turkumga kiradi.
Baholashdagi ikkinchi yo‗nalish ijtimoiy-ekologik baholash deb ataladi. Unda
landshaftlar inson hayotining turli jabhalari nuqta nazaridan baholanadi.
Landshaftlarni u yoki bu maqsad uchun baholar ekanmiz, subekt ta‘sirida
keyinchalik qanday o‗zgarishlarga moyil bo‗lishi va ular qanday oqibatlarga olib
kelishi mumkinligini oldindan ko‗ra bilishimiz kerak. Inson faoliyati ta‘sirida
(qishloq xo‗jaligidami, shaharsozlikdami yoki biror inshoot qurilishidami)
landshaftlarning o‗zgarishi va bu o‗zgarishning oqibatlarini oldindan aytib berish,
ya‘ni bashoratlash lozimdir.
Ba‘zida esa baholashning o‗zi bashorat maqsadlarida bajarilgan bo‗lishi,
xaritalarda bir vaqtning o‗zida ham baholash, ham bashorat ma‘lumotlari berilgan
bo‗lishi kerak.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |