Landshaftshunoslik asoslari


 GEOGRAFIK BAShORATLAR TURLARI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

10.7 GEOGRAFIK BAShORATLAR TURLARI. 
Yetakchi iktisodiy geografiklardan biri Yu. G. Saushkin (1980) geografik 
bashoratni ijtimoiyhiktisodiy bashoratning bir qismi deb xisoblaydi. Uning fikricha 
geografik bashorat istikbolda integral geotizimlar ya‘ni turli ulchamlar guruxi 
muayyan O‗lkalar rayonlar, shaxarlar, zonalar, landshaftlar guruxlari yoki aloxida 
landshaftlar kabi tizimlarda tabiat aloxida hO‗jalik orasida o‗zaro ta‘sir yuzaga 
kelishini ilmiy belgilab berishdir. Geogrfik bashorat tabiiy geografik demografik 
va 
iktisodiyhijgimoiy 
geografik 
bashoratlarga 
(shu 
jumladan 
masalan 
sanoathtugunlari joylashuvi va rivojlanish bashorat qilish) bulinadi. Geografik 
bashorat qilishni Yu.G.Saushkin xozirgi zamon geografiya fani rivojlanishidagi 
eng muxim bir boskich deb xisoblaydi hamda geografiyaning umumiy nazariyasi 
jumladan ma‘lumotlar va amaliy ishlalaridan foydalanish bilan bog‗liqdir deb 
xisoblaydi. 
Tanikli tabiiy Geografik T.V. Zvonxova (1987) geografik bashorat qilishning 
ilmiy asoslari haqida fikr yuritar ekan « Geografik bashorat qilishhbu ijtimoiy 
ishlab chiqishda tabiiy muxit va hO‗jalikning o‗zgarish muddatlari va ulchamlarini 
hamda tabiiy va antropogen rivojlanish yunalishlarini aniklashga karatilgan ilmiy 
izlanishdir. Bu hududiy tizimlarning kslajakdagi ichki tuzilishi va faoliyati qanday 
bo‗lgan hamda qanday bO‗lishi mumkinligini tahlil qilish asosida oldindan nlmiy 
kurash bilishdir deb yozadi» 
Geografik bashorat tushunchasining tularok batafsilrok ta‘rifini V.B. Sochava 
(1974) ning ishida kuramiz « Geografik bashorat deb ezadi u,h kelajakdagi tabiiy 
geografik tizimlar haqidagi ularning tub xususiyatlari va turli tuman jumladan 
inson faoliyatning ko‗tilgan va kutilmagan natijalari sababli uegarishi mumkin 
bo‗lgan xolatlari haqidagi tasavvurlarni ilmiy ishlab chiqishdir» V.B Sachavaning 
fikricha geografik bashorat qilish kengrok ma‘noda olganda xususiy va tarmoklar 


135 
muammolarining ham kamrab oladi. Ammo haqikiy Geografik bashorat 
kelajakning geografik tizimlari haqida tasavvur bsrishi kerak. Geografik bashorat 
qilish tabiiy sharoitni bashorat qilish bilan birga uning kelajakda qanday xolatda 
bO‗lishi mumkinligi bashorat qilinayotgan atrof muxitga insonning barcha xil 
ta‘sirini ham uz ichiga olgan bO‗lishi kerak « shunday kilnbh dsb yozadi V B 
Sachava h Geografik bashorat insonning uz atrofhmuxitga kiladigan ta‘sirining 
barcha xillarini kamrab oladigan tabiiy bashoratdir» V B Sachavaning ushbu 
fikrlarida gap asosan tabiiy geografik bashorat haqida boryapti. 
F. I. Milkov (1990) tabiiy-Geografik bashoratning o‗z oldiga qo‗ygan asosiy 
maqsadi Geografik qobiqda landshaftlarda va ularning komponentlarida yakin va 
uzoq kelajakda bo‗ladigan o‗zgarishlarning yunalishi na jadalligini aniklashdan 
iboratdnr dsb xisoblaydi. 
Tabiiy Geografik bashoratda asosan ma‘lum muddatdan sung geografik 
qobiqda landshaftlar, O‗lkalar, zonalar kabi turli kulamdagi tabiiy geografik 
komplekslarda yoki gsotizimlarda bo‗ladigan o‗zgarishlarning yunalishi va 
jadalligini oldindan aniklash maqsad qilib olinadi. 
Tabiiy geografik bashorat qilish jarayonida bir vaqtning uzida uch turdagi 
o‗zgarishlarni e‘tiborga olishga tugri keladi. Bular: 
1. 
Insonning ta‘sirisiz geotizimlarning uz rivojlanish konuniyatlariga 
bog‗liq holda ruy beradigan o‗zgarishlar; 
2. 
Tabiat konuniyatlariga asoslangan ammo insonning ma‘lum 
maqsadlarni kuzlangan holda ta‘sir etishi natijasida ruy beradigan o‗zgarishlar 
3 Inson tomonidan ongli ravishda bnror maqsadni kuzlagan holda tabiatga 
ta‘sir etishi natijasida yuz beradigan o‗zgarishlardir. 
Yuqorida keltirilgan turli mualliflarning fikrlaridan kurinadiki tabiiy 
geografik bashoratning ob‘ektini xar kim xarhxil tushunadi. Ba‘zilar bashoratning 
ob‘ekti muayyan tabiiy geografik kompleks yoki geotizimdir desa ba‘zilar esa 
buhumuman tabiiy muxitdir yoki atrof muxitdir dsb uktiradilar. Tabiiy geografik 
bashoratning ob‘ekti nima degan savolga javob berish uchun yana bir masalann 
aniklashtirib olish lozim bo‗ladi U ham bulsa tabiiy geografik bashoratning 


136 
miqyosidir. Odatda tabiiy geografik fanning tekshirish ob‘ektidan kelib chikkan 
holda dunyo mikiyosidagi (geografik qobiq dunyo okeanimi yoki quruqliklar 
doirasida olib boriladigan) bashoratlar regional mikiyosdagi (ayrim O‗lka zona, 
mamlakat, mintaka, viloyat va. x doirasida olib boriladigan) bashoratlar va 
maxalliy kulamdagi (landshaft uning morfologik qismlari doirasida olib 
boriladigan) bashoratlarni ajratishadi. 
Ayrim bashoratlar bulsa 2050 yilda xavo xarorati XIX asr oxiridagiga 
karaganda 3-4 marta ortishi kutiladi. Buning oqibatida yer yuzasida atmosfera 
yog‗inlarining taqsimlanishi ham miqdori ham o‗zgarishi mumkin. 
Tabiiy Geografik bashorat qilishning hududiy doirasi regional miqyosida ham 
bO‗lishi mumkin. Masalan birorta davlat, mamlakat, zona, O‗lka, tabiiy geografik 
okrug, rayon doirasida bajariladigan regional bashoratlar xiliga kiradn. Bunday 
bashoratlar kO‗pincha birorta yirik muhandislik yoki meliorativ inshootlar kurilishi 
va ularning atrof h muxitga bo‗ladigan ta‘sirini O‗rganish bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Xususan Kaspiy dengizi suv sathining o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan tabiiy 
Geografik jarayonlarni bashorat qilish Orol dengizi xavzasi ski Balxash kuli 
Baykal kuli xavzalari uchun bajariladigan bashoratlar yoki zonalarda xavzalar aro 
daryo suvlarini uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlar natijasida tabiiy sharoitning 
o‗zgarishini bashorat qilish regional bashoratlarga kiradi. 
Uchinchi xil bashoratlar landshaftlar yoki urochishlar doirasida bajarilishi 
mumkin. Bunday bashoratning nomini landshaft bashorati yoki landshaftlarnint 
bashorat qilish deb atasa bo‗ladi. Yuqorida ta‘riflab o‗tilgan uch xil dunyo, 
regional va maxalliy miqyosdagi bashoratlar orasida o‗zaro bog‗liqlik bO‗lishi, 
birining xulosalaridan ikkinchi yoki uchinchisi foydalanishi, biri ikkinchisini 
tuldirib berishi mumkin. 
Inson tomonidan barpo qilinadigan turli muhandislik texnik inshootlar (suv 
omborlari kanallar meliorativ tizimlar va h) ning atrof-muxitga bo‗ladigan ta‘siri 
natijasida ruy berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni bashorat qilish asosan 
maxalliy miqyosdagi bashorat xisoblanadi. Ammo landshaftlar turlarining 
o‗zgarishini bashorat qilish orkali regional bashorat miqyosiga chiqish mumkin. 


137 
Geografik bashoratning muddatini belgilashda geotizimlarda kutiladigan 
o‗zgarishlarning asosiy sabablarn va omillarini belgilab olishning ahamiyati 
kattadir. Ko‗pgina bashorat tajribalarida asosan ikki xil yirik omillar asos qilib 
olinadi. Ularning birinchisi tabiiy omillar ( kuyosh faolligidagi o‗zgarishlar 
tsktonik o‗zgarishlar va x) bulsa ikkinchi antropogen ya‘ni insonning hO‗jaligidagi 
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan omillardir. Geografik bashoratlarning hududiy va 
vaqt miqyoslari u yoki bu omillar asosida bslgilanishini A G Isochenkodan (1980) 
biroz o‗zgartirib olingan 10.9 jadvaldagi bashoratlar tasnifida kurish mumkin. 
Bunday bashorat tasniflarning unga yakin namunalarini uchratish mumkin. 
Ularning ba‘zilarida 3-4, ba‘zilarida o‗ttizdan ortiq belgi asos qilib olinishi 
mumkin emas.
14.1 jadval 
Geografik bashoratlar tasnifi 
Bashoratning 
vaqt 
miqyosi
Bashoratnnng 
hududiy 
miqyosi 
Bashoratning asosini tashkil knluvchi 
omillar 
Juda uzoq muddatli 
(ming 
yillik 
va 
undan ko‗p)
a) Geografik qobiq; 
b) eng katta kulamdagi 
regional geotizimlar 
Geologik va juda yirik iklim ritmlari. 
Tentoni rivojlanishlar yunalishi va juda 
yirik iklim ritmlari.
Uzoq muddatli (bir 
necha un yilliklar) 
a) 
Geografik qobiq; 
b) Regional geotizimlar; 
Yirik ritmlar (bir aspmen) texnogsn omillar 
Yirik (bir asrli) ritmlar ichki sabablari bilan 
bog‗liq yo‗nalishlari, texnogen omillar 
Urta muddatln (10-
15 yilgacha) 
Juda kiska muddati 
Tabiiy geografik 
rayon. 
Landshaft va uning 
morfologik qismlari 
Bir asrlik va yillararo ritmlar, texnogen 
omillar. 
Ob-xavo sharoitining o‗zgarishi 
Regional landshaft bashoratlarida bir tomondan O‗rganilayotgan rsgionni 
yaxlit holda ikkinchi tomondan shu regiondagi xukmron landshaft xillarining 
rivojlannshidagn barkaror yunalishlarni aniklab olish muxim ahamiyatga ega 
Shuning uchun ham landshaftlarning kelajagini oldindan aytib berish uchun 
paleogeografik usul bilan birga landshaftlarning utmishini tahlil qilishni birgalikda 
olib borish lozim bo‗ladi. 


138 
Landshaftlarni 
bashorat 
qilishning 
tamoyillari 
kabi 
usullari 
ham 
turlihtumandir. Umummilliy bashoratlarning 50 dan ortiq metod va usullari 
mavjud. Ammo ularning har biridan landshaftlarni bashorat qilishda unumli 
foydalanish mumkin deb bulmaydi. Ularning ayrimlaridagiga foydalanish mumkin 
xolos. Buning asosiy sababi bashorat qilinadigan ob‘ekt-geotizimlarning 
murakkabligi serkirraligi va kO‗p omilligidir. Shuning uchun ham landshaftlarni 
bashorat qilish tajribalariga asosan geografik usullardan foydalanilganligi sezilib 
turadi. 
Ko‗proq amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan ekstropolyatsiya geografik 
uxshamalarni tanlash, ekspert baxolash, indikatsiya, kosmik ma‘lumotlarni tahlil 
qilish, kartografik va boshka usullarni sanab utish mumkin. Bunday bulinishi 
shartli bo‗lib amalda esa bir usul bilan ikkinchisi kirishib ketishi mumkin. 
10.3 rasm. Landshaftlarni bashorat qilish metodlari va usullari tizimi. 
Nazorat savollari: 
1.
Landshaftlarni baholash haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Landshaftlarni baholash yo‗nalishlari qaysilar? 
3.
Tabiiy komponentlarni baholashda landshaft kartalarining o‗rni qanday? 
4.
Landshaftlarni xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida foydalanish nuqtai nazaridan 
baholash xakida gapirib bering? 


139 
5.
Baholashning asosiy tamoillari va metodlari qaysilar? 
6.
Landshaftlarni bashoratlash haqida tushuncha bering 
7.
Geografik bashoratlar turlari qaysilar? 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish