Landshaftshunoslik asoslari


 ANTROPOGEN LANDShAFTNING VUJUDGA KELISHI VA UNING



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

11.3 ANTROPOGEN LANDShAFTNING VUJUDGA KELISHI VA UNING 
MO‘‘TADILLIGINI SAQLASh. 
Tabiatda, landshaft eng muhim boylik bo‗lib, Yer po‗stining eng ustki
g‗ovak, unumdor qismi hisoblanadi. Landshaft orqali moddalarning litosfera bilan 
atmosfera orasida o‗zaro aloqasi ham ro‗y beradi. Tabiatda moddalarning 
almashinuvida (landshaft- o‗simlik-landshaft) landshaft ham ishtirok etadi. 
Landshaft eng avvalo o‗simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab 
ekologik sistema (biogetsenoz) ni vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida 
hayotining yashashini ta‘minlashdek muhim vazifani bajaradi. 
Landshaft xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun hayot 
manbaidir. Inson o‗zi uchun zarur bo‗lgan ozuqa resurslarini, kiyim-boshni 
landshaftdan oladi. Chunki landshaft qishloq xo‗jalik ekinlarining asosiy manbai. 
Inson o‗zining yashashi uchun kerak bo‗lgan oziq- ovqat energiyasining 88 % ni 
landshaftdan, 10 % ni o‗rmon, o‗tloqlardan, 2 % ni okeandan olmoqda. 
L.I.Kurakova (1991) ma‘lumotlariga asosan, Yer yuzasida quruqlikning 13 % 
ni (1,9 mlrd. gektari) haydab ekin ekiladigan yerlar ishg‗ol qilib, dunyo bo‗yicha 
jon boshiga o‗rtacha 0,5 ga haydaladigan yer to‗g‗ri keladi. Dunyodagi ekin 
ekiladigan maydonning 14 % i sug‗oriladigan yerlarga to‗g‗ri keladi. Demak, 
yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, sayyoramizda ham ekin ekishga va 
sug‗orishga yaroqli yer resurslari mavjud. O‗sha yerlarni jadal usullar bilan 


143 
o‗zlashtirish jarayonida faqat undan ko‗proq xosil olish bilan bir qatorda 
landshaftning hosildorligini oshirib borishga, landshaft eroziyasining oldini olishga 
ham aloxida e‘tibor berish kerak. Buning uchun landshaftni ishlashda ilg‗or 
agrotexnikaga rioya qilish, yerni doimo o‗g‗itlab turish, landshaftda iloji boricha 
ko‗proq nam saqlash, almashlab ekishni joriy qilish zarur. Agar bu ishlar amalga 
oshirilmasa landshaftda ozuqa moddalar kamayib ketadi, ya‘ni landshaft 
«qashshoqlashib» boradi. Natijada xosildor yerlar kam xosillik landshaftqa 
aylanadi va kishilik jamiyati uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi, kelajak 
avlodga tabiiy xolati o‗zgarib, yomonlashgan, kam xosilli yerlargina meros bo‗lib, 
qoladi. Shu sababli yer yuzasidagi har bir kishining muqaddas burchi kelajak 
avlodga yerlarimizni yaxshi saqlangan holda qoldirishdan iborat bo‗lmog‗i kerak. 
Inson, o‗zining xo‗jalik faoliyatida landshaftqa salbiy ta‘sir etib, uning 
unumdorligini pasaytirib, hosildor yerlar maydonining qisqarishiga sababchi 
bo‗ladi. Shuningdek landshaftdan noto‗g‗ri foydalanib, ilg‗or agrotexnika 
qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli landshaft eroziyasi kuchayadi; sug‗orish 
qoidasi va normasiga rioya qilmaslik oqibatida landshaft qayta sho‗rlanadi, 
botqoqlashadi; mineral o‗g‗itlardan noto‗g‗ri foydalanish va zaxarli ximikatlarni 
ishlatish qoidasiga rioya qilmaslik, landshaft kimyoviy moddalar bilan zaxarlanadi; 
almashlab ekishga e‘tibor bermaslik tufayli landshaftda ozuqa moddalar miqdori 
kamayadi, shamol eroziyasiga qarshi ixota o‗rmonlar tashkil etilmasa 
landshaftning ustki hosildor qismi uchirilib ketiladi; yonbag‗irlari tik yerlarni 
noto‗g‗ri xaydash oqibatida suv eroziyasi kuchayadi. Bularning oqibatida landshaft 
tezda ishdan chiqib, fizika-kimyoviy yomonlashib, oriqlab «kasal» bo‗lib qoladi. 
Natijada «kasallangan» landshaftni tezlik bilan «tuzatib» hosildor yerga 
aylantirilmasa u eroziyaga tez uchrab, hosilsiz landshaftqa aylanadi. 
Qo‗rg‗oqchil mintaqalarda yerlardan inson xo‗jalik faoliyatida noto‗g‗ri 
foydalinishi oqibatida uning tabiiy hususiyatlari yomonlashib cho‗llashish (cho‗lga 
aylanish) jarayoni boshlanadi. 


144 
Cho‗llashish – (cho‗lga aylashish) noqulay tabiiy sharoitdagi qo‗rg‗oqchil 
yerlar (arid va yarim arid o‗lkalarda) insonlarning ulardan nookilona foydalanish 
oqibatida ro‗y berishdan vujudga keladi. 
So‗ngi yillarda sanoatning, shahar va ishchi posyolkalarining, yo‗llar suv 
omborlari va tog‗-qon sanoatining rivojlanishi bilan hosildor landshaftli yerlar 
maydonining qisqarishiga sabab bo‗lmoqda. 
Landshaft sifatini buzilishida injenerlik kommunikatsiyani ta‘siri ham bor. 
Chunki xar xil quvurlarni gaz quviri, issiqlik quviri, suv quviri, kanalizatsiya quviri 
va boshqa quvurlar atrofidagi landshaftqa salbiy ta‘sir etib, landshaftning biologik, 
issiqlik rejimini buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Kishilarning aktiv faoliyati, salomatligi, umr boqiyligi muhit xolatiga bog‗lik. 
Muhit xolatidagi salbiy o‗zgarishlar uning ifloslanishidan, ayniqsa radioaktiv 
moddalar va zaharli ximikatlar bilan qay darajada ifloslanganligidan kelib chiqadi. 
Radioaktiv ifloslanishning oldini olishda olimlar, injener texniklar tezkorlik 
bilan yadro energiyasidan xalq xo‗jaligida foydalanish jarayonida muhitga juda 
kam radioaktiv chiqindilar chiqaradigan yangi nazariy texnologik jarayonlarni 
ishlab chiqarishlari muhim ahamiyatga ega. 
Tabiat muhofazasida antropogen landshaftni (har hil qurilishlar, sanoat, tog‗-
kon sanoati, urbanizatsiya va boshqalar ta‘sirida tabiiy landshaftning buzilishi) 
rekultivatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. 
Nazorat savollari: 
1.
Landshaft va uning komponentlarini nimalardan iborat? 
2.
Landshaftning ayrim va ajoyib ob‘ektlarini muhofaza qilish qanday amalga 
oshiriladi? 
3.
Antropogen landshaftning qanday vujudga keladi? 
4.
Qo‗riqxonalar qanday maksadlarda barpo etiladi? 


145 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish