Landshaft arxitekturasining ilk shakllanish asoslari. Ob’ektiv va sub’ektiv omillar


Landshaft arxitekturasining dastlabki ildizlari (genezisi) va shakllari. Ilk bog‘dorchilik va bog‘



Download 260,35 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2022
Hajmi260,35 Kb.
#684798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Landshaft arxitekturasining ilk shakllanish asoslari.

Landshaft arxitekturasining dastlabki ildizlari (genezisi) va shakllari. Ilk bog‘dorchilik va bog‘park madaniyatining yuzaga kelish sabablari. Landshaft arxitekturasi–bu kishilik jamiyatiga xos badiiy va umummadaniy merosning cheksiz va bexad keng soxasidir.
Landshaft arxitekturasini biz an’anaviy me’moriy amaliyot bilan taqqoslasak, hal qiluvchi narsani uning tabiatni jonlantirishda, estetik, ekologik va me’moriy muxitni sog‘lomlashtiruvchi rolida va, ta’bir joiz bo‘lsa, insonparvarlikning ibtidosida ko‘ramiz. Muhitni shakllantiruvchi odatiy funksional va ayniqsa, texnik tomonlar qanchalik muhim bo‘lsada, landshaft arxitekturasida ular yordamchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘ringa o‘simliklar dunyosi, suv dunyosi, joyning tabiiy relefi chiqadi. Aynan ushbu holat landshaft arxitekturasini alohida sanat turi mazmunida keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Landshaft arxitektori go‘yo tirik tabiat bilan ishlayotgandek bo‘ladi. asosan shu tabiat elementlaridan foydalanib inson ehtiyoji uchun muxit yaratadi. Bunda u tabiiy elementlar va atrof muhitga iloji boricha kam ta’sir ko‘rsatishga va undan samarali foydalanishga harakat qiladi. Boshqa tomondan esa u butunlay yangi «sun’iy tabiat» yaratib, uni inson maqsadlari va badiiy extiyojlariga moslashtiradi, Ushbu yo‘nalish landshaft arxigekturasi tarixiy taraqqiyotining butun davomida turli ko‘rinish va bog‘lanishlarda namoyon bo‘lib keldi va kelmokda.
Landshaft arxitekturasining genezisi deganda uning yer yuzida dastlab paydo bo‘lish shakllari, taraxiy ildizlari, sabablari, yuzaga kelishidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillar tushuniladi.
Landshaft arxitekturasining dastlabki ildizlari qadimgi bog‘dor-chilikka borib taqaladi. Yer yuzida ilk shaxarlarning yuzaga kelishi bilan bog‘dorchilikning mevali va manzarali turlari shakllanadi. Ular kishilik jamiyatining utilitar estetik, xo‘jalik va rekreatsion extiyojlarini kondirishga mo‘ljallangan. Bunday bog‘lar dastlab jamiyatning amaldorlari, hukmdorlari, ruxoniylar sinfiga mansub bo‘lgan. Ular yer yuzining ilk sivilizatsiyalari rivojlangan mintaqalarda, insonlarning tabiatga bo‘lgan extiyojlarining oshishi, suv va sug‘orish inshootlari tizimining shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan. Bog‘dorchilikning rivojlanishi bilan jamiyatning rekreatsion extiyojlari asosida bog‘–parkchilik san’ati ham yuzaga kelgan. Bog‘–parkchilikning ilk vatanlari Qadimgi Misr, Bobiliston, Eron, Qadimgi Yunoniston, Rim, Hindiston va Xitoy, ya’ni iklimi jixatdan issiq, geogra-fiyasi sersuv daryolarga boy, tropik va suptropik mintaqalar hisoblangan.
Bog‘-park madaniyatining turli mamlakatlardagi rivoji turli davrlarda turlicha kechgan bo‘lsada, ularning shakllanishi hamma vaqt joylardagi muayyan tabiiy iqlim sharoitlariga, ijtimoiy–iqtisodiy, madaniy, diniy e’ti-qodlarga, insonlarning atrof muhit va tabiatga bo‘lgan munosabatiga bog‘lik bo‘lgan.

Download 260,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish