Ishni bajarish tartibi:
1. Kontaktorlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishiladi.
2. Kontaktorlarning pasport ma’lumotlari yozib olinadi.
3.Misol tarzida biron bir elektrodvigatelь uchun masofadan boshqariladigan kontaktor tanlab olinadi va ishga tushirib tekshirib koʻriladi.
4. Ishga xulosa yoziladi.
Nazorat savollari.
1.Kontaktorlarning ishlash printsipi va tuzilishini tushuntiring?
2.Kontaktorlarning magnit oʻzagi nima, u qanday tayyorlanadi?
3.Kontaktorlarning turlari va ishlatilish soxasini ayting?
9 – LABORATORIYA ISHI
«TIRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICHI ASINXRON MOTOR» TIZIMINI MODELLASHTIRISH VA TADQIQ QILISH.
Ishdan maqsad: Talabalarga energiya samarali bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilagic sxemasining ishlash asoslarini oʻrgatish.
Kerakli jihozlar, asboblar va materiallar: PROTEUS dasturi, ARDUINO platformasi, Ampermetr, Voltmetr, 555 elementi, rele, qarshilik, sig’im, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr dc motori, power va kuchlanish oyoqlari.
Nazariy qism: Energiya samarali oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka toʻg’rilovchi sxemalarda qoʻllaniladigan qurilmalar yarim oʻtkazgich diod(ventil)lardir. Yarim oʻtkazgichli diodlarning tokni bir tomonlama oʻtkazishi toʻg’rilagich sxemalarida qoʻllashga asos boʻldi.
Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi U1 manbaidan ta’minlanayotgan zanjirda oʻzgamas tok hosil qilish uchun bu zanjirga tokni faqat bir tomonga oʻtkazuvchi elektr ventil (diod) ulash kerak boʻladi (9.1 – rasm ).
9.1– rasm. Bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilagich sxemasi
Bunday ventillarni zanjirga ulaganimizda bu zanjirlar tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. Manba kuchlanishi U1 bilan ventilning oʻtkazuvchanlik yoʻnalishi mos kelgan yoʻnalish musbat deb va oʻtkazmaydigan yoʻnalishi esa manfiy deb qabul qilinadi.
Ventilning oʻtazuvchanlik davridagi oʻtayotgan tok ia toʻg’ri tok deb ataladi va bu tok hosil qiladigan kuchlanish pasayishi esa toʻg’ri kuchlanish pasayishi deb ataladi. Dioddagi kuchlanish pasayishini 0,5-1,5V deb olish mumkin.
Yuklanish zanjiri Ryu dan oʻtuvchi oʻzgarmas tokning oʻrtacha qiymati toʻg’rilangan tok Id deb ataladi. Yuklanishdagi bir davr ichidagi kuchlanish toʻg’rilangan kuchlanish Ud deb ataladi.
Koʻrilayotgan sxema bir dioddan tashkil topgan boʻlgani uchun toʻg’rilangan tok oʻzgaruvchan tok kuchlanishining musbat yarim davridagi yuklanishdan oʻtadi. Shuning uchun ham tok uzlukli koʻrinishda boʻladi.
Yuklanish Ryu ga berilayotgan oʻrtacha quvvat Idva Ud larning oʻzgarmas tashkil etuvchilari koʻpaytmasidan iborat boʻladi:
Ventilning FIK ventil orqali yuklanishga berilayotgan quvvat Pd ning bu quvvat bilan ventilda isrof boʻlayotgan quvvat yig’indisi nisbatiga teng boʻladi:
Ishning bajarilish tartibi:
1. Laboratoriya stendi sxemasi bilan tanishish.
2. Bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilash sxemasini yig’ish.
3. Utarmoq va Ud qiymatlarini olish; yuklanish toki va toʻg’rilash koeffitsientini hisoblash.
Nazorat savollari:
1. Diodga ta’rif bering.
2. Diodning ishlash asosini tushuntirib bering.
3. Bir fazali bir yarim toʻlqinli toʻg’rilash sxemasini tushuntiring.
4. Bir fazali bir yarim toʻlqinli toʻg’rilagichni diagrammasini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |