A.SIRT TARANGLIGINI UZILIB TUSHAYOTGAN TOMCHINI TORTISH METODI BILAN O’LCHASH.
Suyuqlikning sirt tarangligi stalagmometr deb ataluvchi asbob bilan o’lchanishi mumkin. Bunda sirt tarangligining qiymati uncha aniq chiqmaydi. Kapillyardan oqib tushayotgan tomchining uzilish paytidagi o’g’irligini o’lchash bu metodga asos qilib olingan.
Tomchining og’irligi sirt tarangligi kuchidan juda kichik miqdorda ortdi deguncha, u kapillyardan uzilib tushadi. Amalda tomchining uzilish paytidagi og’irligi sirt tarangligi bilan muvozanatga keladi, deb xisoblanishi mumkin. U xolda, tajriba tomchi og’irligini topishdangina iborat bo’lib qoladi. Agar asbobdan oqib tushayotgan suyuqlik xajmi V ga, shu V xajm suyuqlikda bo’ladigon tomchilar soni n ga, suyuqlikning zichligi d ga va og’irlik kuchining tezlanishi g ga teng bo’lsa, bitta tomchining og’irligi (dina xisobida ) quyidagi formula bilan xisoblab topiladi:
Sirt tarangligi 2π ga teng (bunda r- kapillyar radiusi; ס – sirt tarangligi). Demak,
2πr asbob uchun doimiy qiymat; uni K bilan belgilaymiz, u holda
Bundan
Xuddi shunday kapillyardan oqib chiqayotgan shuncha xajmli suv uchun
bunda do suvning zichligi; no tomchilar soni. Tenglama (1) tenglama (2) ga bo’linsa,
xosil bo’ladi. Bundan tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi
ga teng bo’ladi.
Asbobning tavsifi.
Stalagmometr (44-rasm) nayga o’xshash asbob bo’lib, o’rtasida keng qismi (1) uning yuqorisida xamda pastida boshlang’ich va oxirgi o’lchov belgilar A va B bor. Suyuqlik asbobning silliqlangan gorizontall keng yuzasidagi kapillyar teshigi (2) orqali tomchilab oqib tushadi.
Stalagmometr ishlayotgan vaqtda shtativga vertikal xolarda mahkamlangan bo’ladi, suyuqlik yuqorigi belgidan balandroqqacha so’rib chiqariladi ( bunda nay ichida xavo pufakchalari qolmasligi shart). Shundan keyin suyuqlik kapillyardan tomchilab oqa boshlaydi. Suyuqlik satxi xuddi boshlang’ich belgi ustiga kelganda tomchilar sanay boshlanadi; suyuqlik sathi oxirgi belgi ustiga kelganda tomchilarni sanash to’xtatiladi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi va xar gal chiqqan tomchilar sonining o’rtacha qiymati olinadi ( xar gal o’lchangandagi tomchilar soni orasidagi farq 1-2 tomchidan oshmasligi shart)
Tajriba.
Asbobga qo’yilgan V xajm suv oqib tushayotganda necha tomchi xosil bo’lishi, so’ngra tekshirilayotgan eritmaning xam shuncha xajmi necha tomchi xosil qilishi tavsif etilgan metodda topiladi. Sirt tarangligi esa quyidagi fo’rmula yordamida xisoblab chiqariladi:
סo ning qiymatlari 7- jadvaldan olinadi (ilovaga qarang). Uglerod zanjiri uzayib boradigon gomolog qatoridagi moddalarning sirt tarangligi qanday o’zgarishini kuzatish uchun quyidagi eritmalarning sirt tarangligi topiladi.
Spirt
|
Eritmaning konsentratsiyasi M
|
Sirt tarangligi erg/sm2
|
Metil spirt
|
1.0
|
|
Etil spirt
|
1.0
|
|
Amil spirt
|
1.0
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |