Laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchilar


Ish uchun kerakli yaroqlar



Download 3,57 Mb.
bet23/62
Sana10.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#767464
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Fizik kimyo uslubiy tavsiyanoma

Ish uchun kerakli yaroqlar: Akkumlyator: viklyuchatel: tartibga solib turiladigan uzunligi induksion spiral: reoxord; qarshiliklar magazine (1-1000 om); eritmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash uchun idish; telefon (yaxshisi lampali kuchaytiruvchisi bor telefon); elektr similar va birlashtiruvchi klemmelar: 300 ml li ikkita stakan; 0,1 ml ulushlarga bo`lingan 50 ml li ikkita byuretka.
Eritmalar: 1.0 n. sirka kislota va 0.02 n. kaliy xlorid eritmasi.


Nazariy qism.

Elektr toki o`tkazgichlari ikkiga bo`linadi: birinchi tur o`tkazgichlar va ikkinchi tur o`tkazgichlar. Birinchi tur o`tkazgichlarga metallar va uning qotishmalari, grafit, yuqori temperaturada suyuqlanadigan ba`zi oksidlar va shunga o`xshash materiallar kiradi; kislotalar, ishqorlar va tuzlar eritmalari, suyuqlantirilgan tuzlar eritmalari, va ba`zi qattiq tuz kristallari ( masalan,natriy xlorid va kaliy xloridlar) ikkinchi tur o`tkazgichlar deb yuritiladi.


Birinchi tur o`tkazgichlarda elektr toki moddaning elektrodlarda ko`chirilishi bilan bog`liq emes, ikkinchi tur o`tkazgichlarda , ya`ni elektrolitlarda esa elektr toki ionlar elektr maydonida harakat qilishi orqasida kelib chiqadi, buning natijasida ionlar elektrodlarda zaryadsizlanadi.
Elektr o`tkazuvchanlik – elektr toki qarshiligiga teskari kattalikdir.
O`tkazgichning elektr tokiga ko`rsatadigan qarshiligi tubandagi formula bilan ifodalanadi:

Bunda, R – elektr tokiga ko`rsatiladigan qarshiligi, om hisobida;
ρ- solishtirma qarshilik:
l- o`tkazgich uzunligi, sm hisobida:
s- o`tkazgichning ko`ngdalang kesimi, sm2 hisobida;
Elektr o`tkazuvchanlik quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Bunda, L - elektr o`tkazuvchanlik, om-1 hisobida: %=l/ρ solishtirma elektr o`tkazuvchanlik, om-1 . sm-1 hisobida;
Sathi 1sm2 keladigan va o`zaro 1sm oraliqdaturgan elektrodlar o`rtasida joylashtirilgan 1ml eritmaning elektr o`tkazuvchanligi solishtirma elektr o`tkazuvchanlik deyiladi.
Eritmaning elektrodlar oralig`I 1sm va shu elektrodning o`lchami ma`lum darajada suyultirilgan eritmaning 1g-ekv erigan moddali hajmi sigàdigan darajada bo`lganda kuzatiladigan elektr o`tkazuvchanligi ekvivalent elektr o`tkazuvchanlik deb ataladi. (10-rasm).
Bu qoidadan ekvivalent elektr o`tkazuvchanlik solishtirma elektr o`tkazuvchanlikning shu eritma millilitrlar soniga ko`paytmasiga teng, degan xulosa kelib chiqadi, bunda ma`lum darajada suyultirilgan shuncha ml eritmada 1g-ekv erigan modda bo`ladi.

λ - ma`lum darajada suyultirilgan eritmaning ekvivalent elektr o`tkazuvchanligi;
% - solishtirma elektr o`tkazuvchanlik, om-1 . sm-1 hisobida;
c - 1 l eritmada erigan moddaning gr-ekv.lar soni;
V- 1g - ekv modda eritilgan eritmaning hajmi yoki eritmaning suyultirilishi l hislobida.
Eritmalar suyultirilganda ularning ekv elektr o`tkazuvchanligi ortadi, chunki bunda elektrodlar orasida elektrolitlar miqdori (g-ekv) o`zgarmaydi, eritma suyulishi natijasida hosil bo`ladigan ionlar soni esa ko`payib boradi, bunda ionlarning hammasi elektrodlar oraligìda bolib, elektr tashishda ishtirok etadi. Demak berilgan elektrolit eritmasi suyultirilganda ekv elektr o`tkazuvchanlikning ortib borishi elektrolitik dissotsilanish darajasi bilan belgilanadi, shu bilan birga eritmani suyultirish davom ettirilgani sari, ma`lum bir chegaraga intiladi va shundan keyin boshqa o`zgarmaydi. Elektr o`tkazuvchanlikning bu cheklangan miqdori eritma cheksiz suyultirilgandagi elektr o`tkazuvchanlik deb ataladi va ^ ishora bilan belgilanadi.
Elektr o`tkazuvchanlik hodisalariini o`rganish shuni ko`rsatadiki, agar cheksiz suyultirilgan har xil elektrolitlar olinsa, ularning dissotsilanish darajasi 1ga teng bo`lganda , ekv elektr o`tkazuvchanligi qiymatlari har xil bo`ladi. Bunga sabab shuki, elektr tashuvchi har xil ionlar turli tezlikda harakat qiladi. Cheksiz suyultirilgandagi elektr o`tkazuvchanlik ionlarning harakatchanligi yigìndisiga teng.
Ionlar harakatchanligi ma`lum bo`lsa, eritmaning ekv elektr o`tkazuvchanligini tortib, elektrolitlarning dissotsilanish darajasini quyidagi formula yordamida hisoblab chiqarish mumkin:

S uvdagi eritmasi V hajmga suyultirilgan kuchsiz elektrolitning dissotsilanish darajasi eritma shu hajmga suyultirilgandagi ekv elektr o`tkazuvchanlik qiymatini eritma cheksiz suyultirilgandagi ekv elektr o`tkazuvchanlik qiymatiga bo`lishdan chiqqan xosilaga eng.
Kuchsiz elektrolit eritmalarda dissotsilanmagan molekulalar, shuningdek, molekulalarning bir qismi elektrolitik dissotsilanishi natijasida vujudga kelgan kationlar va nionlar ham bo`ladi. Eritmada bular o`rtasida dinamik ( harakatchan) muvozanat berilgan ma`lum temperaturada va elektrolitning berilgan umumiy konsentratsiyasida doimiy qiymat, ya`ni elektrolitik dissotsilanish konstantasi bilan xarakterlanadi, bu konstantani massalar ta`siri qonuniga asoslanib, hisoblab chiqarish mumkin.
Ikkita ionga dissotsilana oladigan molekulalar uchun bu konstanta
tarzida yoziladi.
Bunda K- elektrolitik dissotsilanish konstantasi;
cK-kationlar konsentratsiyasi;
cA-anionlar konsentratsiyasi;
cAK- dissotsilanmagan molekulalar konsentratsiyasi.

Agar V hajm eritmadagi elektrolit konsentratsiasi c deb qabul qilinsa, u vaqtda:


bo`ladi,
bunda a-elektrolitik dissotsilanish darajasi;
V-eritma hajmi yoki uning suyultirilishi.

Elektrolitning dissotsilanmagan molekulalari konsentratsiyasi




Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish