Tajriba mashg‘ulotini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar
Oqova suvni erigan organik bekorchi qo‘shimchalardan tozalashda regenerativ va destruktiv usullar qo‘llaniladi. Regenerativ usullar oqova suvni zararsizlantirib qolmay, balki undan foydali moddalarni ajratib olish va ishlab chiqarishda ulardan qayta foydalanishga imkon beradi. Agar qo‘shimcha moddalarni ajratib olish imkoni bo‘lmasa yoki bunday ish iqtisodiy jihatdan foydali deb topilmasa destruktiv uslub qo‘llaniladi. Bunda oqova suvning tozalash uchun suv tarkibidagi chiqindi moddalar parchalab yuboriladi.
Denstruktiv uslub quyidagicha bajariladi:
a) zaharli moddalarni issiqlik ta’sirida parchalab zararsizlantirish; bunda harorat 900 -10000 S gacha ko‘tariladi;
b) kuchli oksidllovchilar, ya’ni ozon, kislorod, xlor va xlorli moddalar ( xlor dioksid, gipoxlorid va hokazo) ta’siri ostidagi oksidlash.
Regenerativ uslub quyidagilardan iborat:
a) ekstraksion tozalash bekorchi qo‘shimchalarni erituvchi yordamida ajratib olishga asoslangan. Ekstraksion jarayonida erigan organik modda oqova suv bilan ekstragen (erituvchi) o‘rtasida taqsimlanish qonuniga muvofiq taqsimlanadi:
Bunda: S e -erigan moddaning ekstragendagi konsentratsiyasi ;
S s -erigan moddaning suvdagi konsentratsiyasi.
Kr ning qiymatiga qarab erituvchilarning ekstraksion xossasiga va undan foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida biror bir xulosaga kelinadi.
b) haydash va reaktifikatsiya .Bu uslub suvning va erigan moddaning qaynash harorati orasidagi farqqa asoslangan Bunda har ikkala moddani bug‘lantirib, keyin sovitib yana suyuqlikka aylantirsh natijasida ular bir-biridan ajratib olinadi;
v) adsorbsiya, bunda oqova suvdagi bekorchi qo‘shimchalar qattiq moddaning, ya’ni adsorbentning sirtiga shimiladi.
Adsorbent tariqasida aktivlangan ko‘mirlar, sintetik sorbentlar va ba’zi ishlab chiqarish chiqindilari (kul, shlaklar va hokazo) ishlatiladi.Sirti juda katta, g‘ovak hamda ko‘p topiladigan bo‘lgani uchun aktivlangan ko‘mir eng samarali adsorbent hisoblanadi.
Oqova suvni adsorbsion usulda tozalaganda, adsorbentlar regeneratsiya qilinadi (aktivligi qayta tiklanadi), shunday qilinganda uni ko‘p marta qayta-qayta ishlatish mumkin. Oqova suvda bo‘ladigan ko‘pgina organik moddalar suvning sirt tarangligini kamaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun suvda bo‘ladigan organik moddalar miqdorini topishda uning shu xususiyatidan foydalanish mumkin. Sirt tarangligi -gaz bilan suyuqlikni ajratib turgan sirtning 1sm2 yuzasiga to‘g‘ri keladigan ko‘p miqdoridagi erkin energiyasidir. Bunday ajratib turgan sirt suyuqlik hajmi ichida bo‘ladigan molekulaga ta’sir etuvchi kuchlarni va suyuqlik bilan gazni bir-biriga tegib turgan chegarasidagi molekulalarga ta’sir etuvchi kuchlarni tengsizligi natijasida yuzaga keladi. Sirt tarangligini topishga imkon beradigan uslublardan biri stalagmometrik uslub hisoblanadi.
Расм.Сталагмометр
Stalagmometr o‘rta qismi kengaytirilgan shisha naydan iborat bo‘lib, ikkala uch tomonlarida o‘lchov belgi chiziqlari bor. Nayning quyi uch tomoni ingichka, ya’ni kopillyar qilib cho‘zilgan. ni topish uchun stalagmometrning pastki uchi suyuqlikka botirilib unga chiziq belgidan balandroqgacha suyuqlik so‘rib chiqariladi; stalagmometr qat’iy ravishda vertikal o‘rnatilib har ikkita belgi chiziq oralig‘ining hajmidagi suyuqlik tomchi-tomchi qilib tushuriladi, bunda qancha tomchi tushgani sanab briladi. -dastaval distillangan suv uchun topiladi, so‘ngra o‘qituvchi ko‘rsatgan oqova suv uchun topiladi.
Tekshirilayotgan eritmaning sirt tarangligi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
Bunda : -suvning sirt tarangligi
n0 -distillangan suv tomchilari soni;
n- tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni
Oqova suvi solingan kolbaga 0,5-1,5 g adsorbent aktivlangan ko‘mir solinadi u yaxshilab silkitib aralashtiriladi hamda 20-30 minut tinch holda saqlanadi, shunda eritmada muvozonat hosil bo‘ladi. So‘ngra esa aktivlangan ko‘mir aralashtirilgan oqova suv filtrlab olinadi va muvozonat holatga kelgan erimaning qiymati yuqorida bayon etilgan usulda topiladi. Sirt taranglikning qiymatlariga qarab dastlabki va muvozanat holatdagi konsentratsiyalar topiladi, bunda tegishli chizma (kalibrlangan egri chiziq)dan foydalaniladi.
Eritma
|
Tomchilar soni
|
Sirt tarangligi
|
Konsentratsiya mol/l
|
Distillangan suv
|
|
|
|
Dastlabki eritma
|
|
|
|
Muvozonat holatdagi eritma
|
|
|
|
Topilgan ma’lumotlardan foydalanib adsorbsiya A ning qiymati hisoblab chiqariladi ( mol/l)
Bunda: S1 –dastlabki eritmaning konsentratsiyasi, mol/l;
S2 –muvozanat holatdagi eritmaning konsentratsiyasi, mol/l;
V- eritmaning hajmi, l
m- adsorbentning massasi, g
Mashg‘ulotning bajarganligi to‘g‘risida talabaning hisoboti:
1.Regenerativ uslub to‘g‘risida ma’lumot bering;
2. Destruktiv uslub to‘g‘risida ma’lumot bering;
3.Ekstraksion tozalash to‘g‘risida ma’lumot bering;
4.Haydash va rektifikatsiya uslub to‘g‘risida ma’lumot bering;
5.Adsorbsiya to‘g‘risida ma’lumot bering;
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |