Laboratoriya mashg`uloti №5 Mavzu: Oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash. Mashg`ulot rejasi



Download 236,68 Kb.
bet1/3
Sana01.12.2022
Hajmi236,68 Kb.
#876324
  1   2   3
Bog'liq
5- Laboratoriya ishi Oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash.


Laboratoriya mashg`uloti №5
Mavzu:Oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash.
Mashg`ulot rejasi:
1. Adsorbsiya nima?
2. Adsorbsiya jarayonining asoslari.
3. Adsorbsiya qurilmalari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Chiqindi oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usulida tozalashni o‘rganish.
Tayanch iboralar: fenol, gerbitsit, pestitsid, aromatik nitrobirikmalar, SFM, bo‘yovchi moddalardan, sorbentlar, tuproq, silikagel, alumogel, diffuziya.
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali qurollar.
1.Tajriba qurilmasi; 2.Namunalar; 3.Uslubiy ko‘rsatma; 4.Stalagmometr; 5.Sorbiyalash qurilmasi;
Topshiriqlar:
1.Regenerativ usullar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
2. Destruktiv usul to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
3.Ekstraksion tozalash to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
4.Adsorbentlarni o‘rganish;
Ishning nazariy asoslari: Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashdan so‘ng erigan organic moddalardan to‘liq tozalash uchun adsorbsiya usulidan foydalaniladi. Agar suvda organik moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo‘lmasa va ular biologik parchalanmasa yoki kuchli zaharli bo‘lsa, mahalliy qurilmalarda ham adsorbsiya jarayoni qo‘llaniladi. Adsorbentning kam solishtirma sarfida modda yaxshi adsorbsiyalansa mahalliy qurilmalarning ishlatilishi maqsadga muvofiq. Adsorbsiya usuli oqova suvlarni fenol, gerbitsit, pestitsid, aromatik nitrobirikmalar, SFM, bo‘yovchi va boshqa moddalardan zararsizlantirishda qo‘llaniladi. Bu usulning afzalligi yuqori samaradorligi bo‘lib, tarkibida bir nechta modda bo‘lgan oqova suvlarni tozalash va ularni rekuperatsiya qilish mumkinligidadir. Oqova suvlarni adsorbsion tozalash regenerativ va destruktiv bo‘lishi, ya’ni oqova suvlardan ajratib olingan moddalar adsorbent bilan birga yo‘qotib yuborilishi mumkin. Oqova suvni adsorbsiya usulida tozalashning samaradorligi 80—95% ga teng. Bu adsorbentning kimyoviy xususiyati, adsorbsiya yuzasining o‘lchami, moddaning kimyoviy tuzilishi va uning aralashmadagi holatiga bog‘liq. Adsorbentlar sifatida faollangan ko‘mir, sintetik sorbentlar va ishlab chiqarishdagi ba’zi chiqindilar (kul, shlak, qiriq va hokazo) ishlatiladi. Mineral sorbentlar — tuproq, silikagel, alumogel va metall gidroksidlari oqova suvlardagi turli moddalarni adsorbsiyalash uchun kam ishlatiladi, chunki ularning suv molekulalari bilan ta’sirlashish energiyasi juda katta, ba’zida adsorbsiya energiyasidan oshib ketadi. Adsorbentlar orasidan faollangan ko‘mir ko‘p ishlatiladi, ammo u ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lishi kerak.

Download 236,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish