Laboratoriya mashg’uloti №8
Mavzu
:
IP – adreslanish sxemasini loyixalash va qo’llash. Statik
NAT ni sozlash va tekshirish.
Ishning maqsadi
: IP – adreslanish sxemasini loyixalash va
qo‘llash. Statik NAT ni sozlash va tekshirishni o‘rganish.
Topshiriq
Nazariy qismni o‘rganish.
IP – adreslanish sxemasini loyixalashni o‘rganish
Statik NAT ni sozlash va tekshirishni o‘rganish
Berilgan ish bo‘yicha hisobot tayyorlash
Nazariy qism
Tashkiliy tuzilma tarmoqning yaxlit tashkil qilinishini, ya`ni
uning vazifalari, elementlarning asosiy xususiyatlari va aloxida
tizim osti axborot tarmoq segmentlari sifatida qo`llaniladigan
unsurlarning
tuzilma
komponentlariga
birlashtirishning
kompozitsion tamoyillarini aks ettiradi. Tarmoq elementlari,
ularning vazifalari va xususiyatlari. Umumiy xolda xar qanday
tarmoqning elementlari punktlar va ularni bog`lovchi liniyalar
xisoblanadilar.
Tarmoq punktlari oxirgi va tugun punktlarga bo`linadi. Oxirgi
punktlarda (OP) (endpoints) tarmoqning terminal uskunalari xamda
OP funktsional vazifalarini belgilovchi axborot resurslari va ishchi
tizimlar joylashadi. Masalan, OP tarmoqqa,telekommunikatsion
xizmatlarga kirishni ta`minlash yoki tarmoqning turli segmentlarini
birlashtirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi ikkita xolatda OP kirish
tuguni (access node) deb ataladi. Foydalanuvchilarning tarmoqqa
kirishida, muvofiq OP terminal qurilmasi foydalanuvchi vazifasiga
ko`ra, axborot kiritish-chiqarish xamda axborotni qayta ishlash
funktsiyasini bajaradi.
Telekommunikatsiya
xizmatlaridan
foydalanish
uchun
foydalanuvchining tarmoqqa kirish imkonini beruvchi punkt-xizmat
tuguni (service node) deb yuritiladi. Ularda foydalanuvchilar kirishi
uchun abonent-tarmoq interfeyslari (User Network Interface, UNI)
va tarmoq bilan o`zaro bog`lanish uchun xizmat tuguni interfeysi
(Service Node Interface) amalga oshirilgan. Turli segmentlarni
birlashtiruvchi OP da chegara kommutator, kiritishchiqarish
mul`tipleksori yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar
tarmoqlarini birlashtirishda tarmoqlararo o`zgartirgich (shlyuz)
vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o`rnatilishi mumkin.
Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va
undan ortiq aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt
ma`lumotlar oqimi yo`lida oraliq punktdir. Tarmoq tugunida bir
paytda yoki xar xil paytda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan
asosiysi kommutatsiya, kontsentratsiya, mul`tipleksorlash va
marshrutizatsiyadir. Kommutatsiya (switching)-marshrutizatsiya
sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda
tugunda birlashadigan liniyalar o`rtasida aloqa o`rnatish jarayoni.
Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq
muddatli (krossli), ya`ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash
yo`li
bilan
amalga
oshiriladigan
bo`ladi.
Kontsentratsiya
(concentration)-liniyaning
samarali
yuklanishini
ta`minlash
maqsadida quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish
axborot oqimlarini birlashtirishdir. Mul`tipleksorlash (multiptxing)-
liniyaning o`tkazish qobiliyati resursning ma`lum qismini axborot
oqimining xar biriga berish yo`li bilan bitta liniyadan bir necha
axborot oqimlarini uzatishni ta`minlab beradi. O`rnatilgan bu
taqsimlash uzatilayotgan axborot yo`qligida xam saqlanib qoladi,
ya`ni bu erda kontsentratsiya vazifasi mavjud emas.
Marshrutizatsiya (routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi
jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o`rtasida yo`l qidirish
jarayoni. Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini
uzatishni ta`minlab beradi va umumiy xolatda signal tarqatish
muxitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga imkoniyat beruvchi
uskunalar majmuasini o`z ichiga oluvchi qurilmalardir.
Fizikaviy muxit juft mis simlar, optik tola,efir bo`lishi mumkin.
Muxit turiga bog`liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga
ajratiladi. Simli liniyalarga signal sun`iy tashkil qilingan
yo`naltiruvchi muxitda tarqaladigan, masalan, ximoyalangan
qobiqqa ega simlar(kabel` aloqa liniyalari) kiradi. Kabel` aloqa
liniyalarida uzoq masofani ta`minlash maqsadida, ma`lum
intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa
liniyalari xam simli xisoblanadi, ularda tarqalish muxiti sifatida
dielektrik material, xususan, yupqa shisha tolalar ishlatiladi.
Ularning afzalligi konstruktsiyasida defitsit bo`lgan mis, alyuminiy,
qo`rg`oshinning yo`qligidir. Tarmoq tuzilmasi komponentlari.
Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan mustaqil tuzilma
komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari
odatda
segment
miqyosi,
uning
bajarayotgan
vazifasi,
ishlatilayotgan
telekommunikatsion
texnologiyasi
bo`yicha
tasniflanadi. Tarmoqni segmentatsiyalashning asosiy vazifasi
segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar
orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o‘rnatish
Kompyuterlarning o‗zaro axborot almashinish imkoniyatlarini
beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar
va axborot ashyolariga bog‗liq bo‗ladi. Axborot ashyolari deganda
arxiv, kutubxona, fondlar, ma‘lumotlar ombori va boshqa axborot
tizimlaridagi
hujjatlar
yig‗indisi
tushuniladi.
Tarmoqdagi
kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa
ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Windows
operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o‘rnatish quyidagi ketma-
ketlik asosida amalga oshiriladi:
1. Windows operatsion tizimi ishga tushiriladi
2.Kompyuter bo‘limiga o‘tilib, u yerda СЕТ tugmasi bosiladi
3 . Hosil bo‘lgan oynada ‖ ИЗМЕНЕНИЕ ПАРАМЕТРОВ
АДАПТЕРА ― tugmasi bosiladi
IP adreslar IP adres o‗zi nima?
Tarmoqdagi
kompyuter
(mashina)larni
identifikatsiyalash
yo‗li.Unikal identifikator IP adresdan foydalanish: Boshqa
kompyuterga ulanishda foydalaniladi; Fayl hamda xabarlarni
uzatishga ruxsat beradi. Tarmoqda ikki qurilma bir-biri bilan
ma‘lumot almashishi uchun maxsus adreslardan foydalanishadi.
IP adres har bir qurilmaga internet tarmog‗iga ulanish uchun
beriladigan maxsus 0 va 1 ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar
oktetlardan tashkil topadi. IP adreslarning uzunligi uning turiga
qarab 32 bit yoki 64 bit bo‗lishi mumkin. Har bir oktet 8 bitdan
tashkil topgan. - IPv4 (internet protocol version 4) - IPv6 (internet
protocol version 6). IP adres strukturasi IP adres 4 ta qismdan
tashkil topgan; Har bir qism 8 bit uzunlikka ega (demak uning
umumiy uzunligi 32 bit! ekan); Har bir qism 0-255 diapazonda
bo‗ladi; Masalan,128.35.0.72 Ushbu 4 ta qismlar kompyuter va
tarmoqning o‗zini tavsiflaydi; Xost qismi tarmoq administratori
tomonidan o‗rnatiladi. IPv4 adres maydoni 2 32 yoki 4,294,967,296
IP-adres formatlari IPv4. IP-adres 4-versiyada 32-bitdan iborat. 4-
versiya IP-adreslarini 0 dan 255 gacha bo‗lgan nuqtalar bilan
ajratilgan 4 ta o‗nlik sonlar ko‗rinishida yozish qulay, masalan,
192.168.0.3. IPv4 32 bitli 4 oktetdan tashkil topgan maxsus adres.
IPv4 ikki qismga bo‗linadi: chap qismi tarmoqni, o‗ng ismi tugun
tugun (host) nomerini belgilaydi.
Tarmoq va tugun qismlarini ajratib olish uchun tarmoq osti
maskasi ishlatiladi. Uning uzunligi ham 32 bitdan iborat. Tarmoq
osti maskasining vazifasi adresdagi tarmoq qismini ko‗rsatuvchi
bitlar sonini aniqlashdir. YAna shuni ta‘kidlash kerakki, avvalo
sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga ega bo‗ladi (ya‘ni,
kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres berilmagan
holatda). IPv6. IP-adres 6-versiyada 128-bitdan iborat. Raqamlar
ikki
nuqta
bilan
ajratilgan
(masalan,
2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334).
Adres
boshidagi
nollarni tushirib qoldirish mumkin. Ketma-ket kelgan nollar
guruhini tushirib qoldirish mumkin, ularning o‗rniga ikki ikki nuqta
yoziladi (fe80:0:0:0:0:0:0:1 ni fe80::1 ko‗rinishida yozish mumkin).
Adresda bunday o‗zgartirishni bir marta bajarish mumkin. IP-adres
32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat
bo‗ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‗rtta o‗nlik
raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki
128.10.2.30 – adresning o‗nlik raqamlardagi ko‗rinishi, 10000000
00001010 00000010 00011110 – ikkilik raqamlardagi ko‗rinishi).
IP-adres adreslarning asosiy turi bo‗lib, uning asosida IP
protokolining tarmoq sathi paketlarni tarmoq o‗rtasida uzatadi. IP-
adres kompyuter va marshrutizatorlarni konfiguratsiyalash vaqtida
administrator tomonidan belgilanadi.
A klassdagi IP adreslar juda katta tarmoqqa mo‗ljalllangan.
Bunda faqatgina birinchi oktet tarmoq identifikatsiyasi uchun
ishlatiladi. Qolgan 3 (uch) oktet tugunlarni belgilash uchun.
Birinchi oktetdagi eng kichik va eng katta qiymatlar 0 va 127.
00000000.XXXXXXXX.XXXXXXXX.X**X..0.Y.Y.Y.
01111111.X**X.X***X.X***X 127.Y.Y.Y B klassdagi IP adreslar
o‗rta kattalikdagi tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holatda birinchi ikki
oktet tarmoqni, qolgan ikii oktet tugunni identifikatsiyalaydi.
Birinchi oktetning birinchi biti har doim 10 dan boshlanadi. Qolgan
olti bit 1 va 0 raqamlarining istalgan kombinatsiyasidan tashkil
topishi mumkin. O‗nlik sanoq tizimida eng kichik adres 128 dan
boshlanib,
eng
katta
chegarasi
191
da
tugaydi:
10000000.X*X.X*X.X*X 128.Y.Y.Y 10111111.X*X.X*X.X*X
191.Y.Y.Y C klass IP adreslari eng ko‗p qo‗llaniluvchi adreslardan
bo‗lib, kichik tarmoqlar uchun ajratilgan. Bu klass adresining
birinchi okteti 110 dan boshlanadi. Oxirgi chegarasi 11011111,
ya‘ni 192 dan 223 gacha: 11000000.X*X.X*X.X*X 192.Y.Y.Y
11011111.X*X.X*X.X*X 223.Y.Y.Y
Do'stlaringiz bilan baham: |