Adgeziya va kolonizatsiya. Infeksion jarayon boshida,mikrob hujayralari ularga ta'sirchan makroorganizm hujayralariga yopishib oladi ( adgeziya qiladi ) so'ngra u yerda ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da mikrob epiteley hujayrasining ustki qismiga yopishadi.Bu jarayonda bir tomondan nomaxsus fizik-kimyoviy omillar( mikrob hujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi.
Adgezinlar asosan oqsil tabiatli tuzilmalar bo'lib,ularning maxsusligi hisobiga bir tur mikroorganizmlar nafas yo'llarining,ikkinchilari - ichak yo'llari,uchinchilari -siydik- tanosil
Ko'pgina gram-manfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Gram-musbat bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega.
Odam to'qimasi hujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar mavjud.Tabiiy retseptorlar epiteley hujayralarida joylashgan bo'lib,ularga moyil bakteriyalarning adgeziyasida qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar viruslar o'ziga sezgir hujayralarga absorbsiya qilganidan keyin paydo bo'ladi.( masalan.gripp virusi) so'ngra bu hujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin.
Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'ziga moyil to'qima hujayrasiga birikkanidan so'ng uning ustki qismi yoki ichiga kirib tezda ko'payishiga ( kolonizatsiya qilishga ) harakat qiladi.Agar shunday qilmasa ,mahalliy himoya omillari va normal mikrofloraning antagonistik ta'siri hisobiga tezda nobud bo'ladi.
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar epiteliy xujayralari, leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olishi (penetratsiya qilish) xususiyatiga ega. Ichakning epiteliy xujayralariga shigella, ma'lum tip ichak tayoqchasi, salmonellalar kira oladi. Bunda xujayra parchalanadi,epiteliy qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki to'qimada patologik jarayon rivojlanadi.
Invaziya (lot.invasio-xujum qilish) Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati, to'qimalarni yemira oladigan yoki har xil xujayralarni shikastlaydigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog'liq. Ko'pgina patogen mikroblar (Cl.perfringens, Streptococcus, Starhylococcus va boshqalar) da gialuron kislotani yoki birikturuvchi to'qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fermenti topilgan. Bu ferment mikroblarning organizmga tez tarqalishiga imkon beradigan patogenlik omillaridan biri xisoblanadi.
Vabo vibrioni, streptokokk kabi mikroorganizmlar neyraminidaza fermenti ishlab chiqaradi, bu ferment har xil glikoproteid glikolipid polisaxaridlar tarkibidagi neyramin kislotasini tanlab parchalaydi, natijada har xil to'qimalarning o'tkazuvchanligi ortadi. Shuning uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib olishi mumkin.
Stafilokokk, streptokokklar qon va turli a'zo, xujayralarining qobig'ini yemiradigan lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |