Laboratoriya mashg’uloti -7 Mavzu: Infeksiya haqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni tasnifi va laboratoriya diagnostika usullari. Darsning


Infeksiya shakllari va ularning tavsifi



Download 26,09 Kb.
bet9/9
Sana31.03.2023
Hajmi26,09 Kb.
#923496
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Laboratoriya mashg №7 (6л) (2)

Infeksiya shakllari va ularning tavsifi.
Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq.
Ekzogen infeksiya - patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-ovqat maxsulotlari, suv, xavo va tuproq kasal odam, mikrob tashuvchi va rekonvalesentlarning chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar.
Endogen infeksiya - ma'lum bir sharoitda odamning normal mikroflorasiga kiruvchi shartli -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz, appendisit, xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga kiradi.
Autoinfeksiya - endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro - va mikroorganizm o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib patogen mikrobni gematogen, limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa virusemiya xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya - bir tur mikroorganizm qo'zg'atadigan kasalliklar (masalan,gripp,so'zak,zaxm,vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir necha tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning qaytalanishi bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya - bemor kasallikdan tuzalgandan keyin qisqa vaqt ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib kasallik paydo qilishi. Residiv - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib,ma'lum vaqtdan so'ng kasallik belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit, qorin tifi, sil va boshqalar. Superinfeksiya - bemor tuzalmasdan, xuddi shu tur patogen mikroorganizmning uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya.
Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi.
Tibbiyot amaliyotida yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen mikroorganizmlarni nobud qila olish xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy moddalar keng qo’llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo’llanilsa kimyoterapiya, profilaktika maqsadida qo’llanilsa kimyoprofilaktika deb ataladi.
1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma’lum bir kimyoviy moddalar bilan o’zidagi maxsus reseptorlari yordamida o’zaro ta’sirlashadi degan xulosaga keldi.
Kimyoterapevtik moddalarning ba’zi bir umumiy belgilari:
a) odam organizmiga toksik ta’sirining yo’qligi. Moddalarning zararsizligi kimyoterapevtik ko’rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi.
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab ta’sir etishi, antimikrob ta’sir doirasi bilan aniqlanadi.
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta’sirga ega. Bakteriostatik ta’sir deganda bakteriyalarning o’sishi va ko’payishini to’xtatish, bakterisid ta’sirda esa bakteriyalarning nobud bo’lishi tushuniladi.
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga chidamli shakllarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega, ba’zi bir dorilarga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo’lsa boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi.
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta’sir ko’rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo’qligi bilan bog’liq. Pirimidinga o’xshash idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon’yugktivit va uchuqni davolashda qo’llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning boshlang’ich davrida susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan remantadin gripp A virusiga juda samarali ta’sir ko’rsatadi;
f)chechak viruslari reproduksiyasini to’xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi naf beradi.
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo’lishi kerak:
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni davolashda ishlatiladi.
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko’rsatuvchi malyariya kasalligini davolashda;
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin. Sulfanilamidlarni ta’sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o’z ichiga oladi.Shu sababli organizmda mikrobni ko’payishi to’xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya kuchlari ta’sirida mikroblar halok bo’ladi.
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid.
Download 26,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish