23-laboratoriya ishi. O’rta miya Oraliq miyaning tuzilishi.
Maqsad: O’rta miya Oraliq miya anatomik tuzilishi va topografik o’rnini o’quv jihozlar yordamida o’rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.
Jihozlar: jadval, darslik, atlas, albom, ko’rgazmali materiallar.
Nazariy tushuncha. O’rta miya (mesencephalon) Varoliev ko’prigi yuqorisida joylashgan bo’lib, unga to’rt tepalik, miya oyoqchalari va Silьviev kanali kiradi. To’rt tepalik to’rtta bo’rtiqli plastinkadan iborat bo’lib, miya sopining orqa yuzasida joylashgan.
Oraliq miya (diencephalon) bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo’lib, unga ko’rish bo’rtiklari, bo’rti osti qism va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miya ichida uchinchi qorincha joylashgan.
Ko’rish bo’rtiklari (talamus opticus) katta ellips shaklidagi kul rang modda to’plamidan iborat bo’lib, pastki yuzasi pastki bo’rtik osti qismiga, lateral yuzasi katta miya yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchinchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi.
Bo’rtik osti qism (hupotalamus) oraliq miyaning bir qismi bo’lib, bosh miyaning asosidan yaxshi ko’rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so’rg’ichsimon tanani tashkil etadi, bu erda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi. So’rg’ichsimon tana hujayralarining tolasi so’rg’ichsimon talamik yo’l hosil qilib, bu erdan hidlash yo’li kurish bo’rtiklarigacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari (hemisphira)ikkita yarim shardan iborat bo’lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharning miya qopqog’i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo’laklari va ikkita yon qorinchasi bo’ladi. Ikkita yarim shar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. Miya yarim sharlarining katta egatchalari uni beshta: peshana, tepa, ensa, chakka va orolcha bo’laklarga ajratadi.
Nerv sistemasining vegetativ qismi silliq muskullarni,bezlarni,yurak va tomirlarni nervlar bilan taьminlaydi,u barcha ichki a’zolar faoliyatini ,to’qimalarda sodir bo’ladigan trofik jarayonlarni ixtiyorsiz avtomatik ravishda boshqarib turadi. Nerv sistemasining simpatik qismining markazlari bo’yinning YIII cegmentidan,to belning III segmentigacha bo’lgan masofada orqa miya kulrang moddasining yon tarmoqlarida joylashadi. Parasimpatik qismining markazlari bosh miya sopida va orqa miyaning dumg’aza bo’limida(2-4 segmentlar) joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |