Jihozlar: jadval, darslik, atlas, albom.
Nazariy tushuncha: Gavda muskullari joylashiishga qarab ko’krak qafasi qorin va orqa muskullarga bo’linadi. Ko’krak qafasi muskullari ko’krak qafasining atrofida joylashgan bo’lib, yuza va chuqur muskullarga bo’linadi. Ko’krakning katta muskuli elpig’ich shaklida bo’lib, o’mrov suyagining to’sh tomonidagi uchidan, to’sh suyagining oldingi tomonidan, qorinning to’g’ri muskuli qinidan muskul tolalari bilan boshlanadi. Ko’krakning kichik muskuli katta ko’krak muskullari tagida yotadi.
O’mrov osti muskuli ingichka kichik muskul bulib, o’mrov suyagi bilan 2 qovurg’a orasida joylashgan. Oldingi tishsimon muskul ko’krak qafasining yon tomonida joylashgan bo’lib, yuqorgi 9ta qovurg’adan tishsimon bo’lib boshlanadi va ko’krakning tagidan o’tib, uning ichkarisiga va pastgi burchagiga birikadi. U qisqarganda, ko’krakning oldinga va chetga tortadi. Qovurg’alararo muskullar qovurg’alar orasida 2 qavat bo’lib joylashgan.
Tashqi qovurg’alararo muskullarning tolasi yuqoridan pastga va oldinga yo’nalgan bo’ladi. Ichki qovurg’alararo muskullarining tolasi pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalgan bo’ladi. Diafragma ko’krak qorin bo’shliqlari orasidagi muskulli parda bo’lib, gulobus shaklida tuzilgan. Qorinning tug’ri muskuli tashqi, ichki muskullar to’sh suyagining o’simtasidan 1-7 qovurg’alarning tog’ay qismidan boshlanib, qovuq suyagining yuqori chetiga birikadi. Qorinning tashki qiya muskuli pastki 8 ta qovurg’aning tashqi yuzasidan boshlanib tolalari oldinga va pastga qarab yo’naladi. Qoriniing ichki muskuli tashki qiya muskul tagida bo’lib, tolalari pastdan yuqoriga va oldinga yo’naladi. Qorii ko’ndalang muskuli keng muskullarning eng kichigi bo’lib, tolalari ko’ndalang yo’nalgan. U bel umurtqalari yon o’simtasidan, yonbosh suyagidan ichki qirrasidan, pastki qovurg’alarning ichki yuzasidan, chot kanalidan boshlanib aponevrozga aylanadi. Beliing kvadrat muskuli yonbosh suyagining qirrasidan boshlanib bel umurtqalarining yon o’simtasiga va 12 qovurg’aga birikadi. Orqaning yuza muskullari. Trapesiyasimon muskul ensadan 1 bel umurtqasigacha bo’lgan joyni egallaydi. Orqaning keng muskuli pastki 5ta ko’krak va barcha bel umurtkalarining orqa o’sig’idan, dumg’azaning o’rta tojining, yonbosh suyagining tashki qirrasining aponevroz bilan boshlanadi. Rombsimon muskullar rombga o’xshaydi, ular trapesiyasimon muskul tagida joylashgan. Ko’krakning yuqoriga ko’taruvchi muskul bo’yinning 4ta yuqorgi umurtqalari ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, pastga qarab qiya yo’naladi va kurakning yuqori ichki burchagiga birikadi. Orqaning yuqorgi tishsimon muskuli yapaloq va yupqa bo’lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. Orqaning pastki tishsimon muskuli orqaning keng muskuli tagida joylashadi. Bosh va bo’yinning tasma muskuli gavdadagi uchburchak shaklli yapaloq muskul. Dumg’aza o’tkir o’simta muskuli. Bu orqadagi eng uzun, baquvvat muskul bo’lib, uzunasiga joylashgan.
Talabalarning o’quv jihozlari bilan tanishishi – talabalarga tarqatma material va kerakli darsliklar tarqatib berilib, ishni bajarish tartibi tushuntiriladi.Talabalar qo’llaridagi atlas va jadvallardagi rasmlardan orqa,ko’krak,va qorin muskullarini tuzilishini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |