Ishni bajarish tartibi:
Atlasdagi 69-rasmdan foydalanib bosh skeletining tuzilishini o’rganib chiqing.
Kallaning miya bo’limi suyaklarini aniqlang.
Ensa suyagi tuzilishini darslikdagi 27-53-rasmlar yordamida o’rganibchiqing va rasmini chizing.
Odam skeletidan kallaning yuz bo’limi suyaklarini ko’rsating.
Darslik va atlasdan foydalanib bosh skeletidagi toq va juft suyaklarni toping.
Peshona suyagining tuzilishi va o’zaro birikishini o’rganib chiqing.
Tangasimon chok orqali birikkan kalla suyaklarini toping va rasmini chizing.
Darslik va atlas yordamida bo’g’im hosil qilib birikuvchi suyaklarni ko’rsating.
Darslikdagi 36chi, atlasdagi 112-rasmlardan chaqaloq kalla suyagidagi liqildoqlarini o’rganib chiqing va rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |