Ishdаn mаqsаd: Ishdan maqsad: Suyuqlikli bosim o‘lchash asbobini ishlashini o‘rganish.
Vazifa: -Suyuqlikli bоsim oʻlchаsh аsbоblаri yordamida bosimni o’lchash.
АSОSIY MА’LUMОTLАR
Bosim o‘lchaydigan suyuqlik manometrlari o‘zining tuzilishi nuqtai nazaridan eng sodda o‘lchash asboblariga kiradi. Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ortiqcha bosimning suyuqlik ustuni hisobiga, ya’ni, gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan bosim bilan mutanosib bo‘lishiga asoslanadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonlarida har doim ikki xil bosim bilan ish ko‘riladi: 1) atmosfera bosimi Patm bizga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy bosim; 2) sun’iy hosil qilinadigan bosim. Bu bosim texnikada absolyut bosim Pabs deb yuritiladi.
Bu tushuntirish umuman hususiy xol bo‘lib, aslida o‘lchanayotgan ortiqcha bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuch bilan gidrostatik bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuchlar mutanosibligiga asoslanadi, ya’ni, tenglama quyidagi ko‘rinishida bo‘ladi:
bu yerda: S – U simon naychaning ko‘ndalang kesim yuzasi;
ρ - naychaga solingan suyuqlik zichligi;
H=h1+h2 - naychada hosil bo‘ladigan suyuqlik balandligi.
Agar yuza S ga tenglamani ikki tomonini ham bo‘lib yuborsak, u holda:
6 - rasm. U-simon, ikki trubkali suyuqlik manometri
undan
Agar suyuqlik ustida boshqa suyuqlik bo‘lsa, u holda
tenglamasidan foydlaniladi.
Ortiqcha bosim Port biror sababga ko‘ra o‘zgarsa unda chap tirsakda suyuqlikka ta’sir etuvchi kuch N1=Port*S hosil bo‘ladi, unda suyuqlik, N1 kuch hisobiga o‘ng tomonga surilib, chap tirsakda suyuqlik balandligi h1-ga tushadi, o‘ng tirsakda esa h2 balandlikka ko‘tariladi.
Suyuqlikning umumiy sathini surilishi
H=h1+h2 bo‘ladi
Bir naychali manometr (kosali manometr). Bir naychali manometr U- simon manometrni bir turi bo‘lib, (7-rasm) birinchi naycha o‘rnida keng idish (kosa) ishlatiladi. Xuddi U- simon manometr singari ortiqcha bosim hisobiga kosadagi suyuqlik sathi h1-ga pasayib, naychadagi sath h2 –ga oshadi. Bir naychali manometr uchun quyidagi tenglamalar o‘rinlidir:
h1*F=h2*f
bundan
Manometrdagi suyuqlikni haqiqiy balandligi Н
ga teng, unda ortiqcha bosim
7-rasm. Bir naychali manometr.
Agar kosa ustida suyuqlik bo‘lsa, unda
Рорт = (ρ - ρ1)*g*h2
Aniqlikni oshirish uchun
f/F ≤ 1/400 olinadi.
Unda f/F - ni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi
Рort = ρ*g*h2
Amalda bunday manometrlar 0.156 MPa (2 kgk/sm2)dan oshmaydigan bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |