ISHNI BAJARISH TARTIBI O’zingiz yashayotgan shahar geografik kengligi uchun osmon yoritkichlarining gorizontdan balandliklarini aniqlang.
Geografik xaritadan yoki globusdan foydalanib, turli shaharlarda osmon yoritkichlarining gorizontdan balandliklarini aniqlang.
Osmon yoritkichlarining gorizontdan balandliklari turli geografik kengliklarda turlicha ko’rinishga ega bo’lishiga ishonch hosil qiling.
Ushbu laboratoriya ishi bo’yicha yozma hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari Yoritkichlarning turli geografik kengliklardagi sutkalik harakati qanday bo`ladi?
Kulminatsiyalar deb nimaga aytiladi?
Yoritgichlarning kulminatsiya paytidagi balandligi qanday bo`ladi?
Yulduz geografik kengligi bo`lgan joyda botmaydigan bo`lishi uchun uning og`ishi qanday shartni qanoatlantirishi kerak ?
Kulminatsiyalar orasida o`tgan vaqt qanchaga teng?
Taklif:O’qituvchi ushbu laboratoriya ishini o’tishda darsning “Ekskursiya” (kuzatish), “Yalpi fikriy hujum” (oldindan olingan ma’lumotlarni eslash) hamda “o’quv konferensiya” (chunki talaba laboratoriyada ishlatiladigan ayrim ma’lumotlar bilan oldindan tanish) usullaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
LABORATORIYA ISHI – 5 YULDUZLAR OSMONINING SURILMA XARITASIDAN FOYDALANISH ISHNING MAQSADI: Yulduzlar osmonini o’rganishda surilma xaritadan foydalanish.
KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: Yulduzlar osmonini surilma xaritasi, osmon sferasining modeli, globus.
QISQACHA NAZARIYA Yulduz turkumlarining gorizontga nisbatan ko’rinishini o’rganishda va ulardan orentir sifatida foydalanishda yulduzlar osmoning surilma xaritasi asosiy qo’llanma bo’la oladi (4.1-rasm). Surilma xarita ikki qismdan iborat:
qo’zg’aluvchan qism (datalar limbasi) 12 ta oy va oylar sanasidan tashkil topgan.
qo’zg’almas qism (vaqt limbasi,qoplama) 24 bo’lakka bo’lingan soatlarlardan tashkil topgan.
Bu yerda olamning shimoliy qutbini ifodalaydigan P nuqtadan chiquvchi radial to’g’ri chiziqlar og’ish aylanalarini, har 300 li oraliqda chizilgan kontsentrik aylanalar osmon parallellarini ifodalaydi. Xarita chetida bu to’g’ri chiziqlar yonida yozilgan (oh dan 24h gacha ) soat o’lchovidagi raqamlar mos ravishda mazkur og’ish aylanalariga tegishli to’g’ri chiqishlarni ko’rsatadi. Osmon parallellari yonida (oh lik og’ish aylanasi bo’ylab) yozilgan graduslar o’chovidagi raqamlar (-450 dan 900 gacha) mazkur osmon parallellariga mos og’ishlarni ko’rsatadi. Markazdan uchinchi aylana osmon ekvatori bo’lib, uning og’ishi δ=00. Ekliptika osmon ekvator bilan γ ―bahorgi tengkunlik nuqtasi (α = 0h, δ=00) va Ώ―kuzgi tengkunlik nuqtasi (α =12h, δ=0o) da kesishuvchi ekssentrik doira bilan ifodalangan.