Ishda: Diod D1–1N3493, stabilitron D2–ZPD6.2, U1– voltmeter, U2– ampermetr, J1 va J2 tumblerlar, V4– iste’mol manbayi ishlatiladi (59- rasm).
13
59- rasm. Diod va stabilitronning VAXini olish sxemasi
J1 va J2 tumblerlar mos ravishda diod va stabilitronni zanjirga ulashda qo’llaniladi. U1 voltmetr diod va stabilitrondagi kuchlanishni, U2 ampermetr esa ulardan okib o’tuvchi tokni o’lchaydi.
D1 yarim o’tkazgichli diodini VAHini olamiz. J1 tumblerni yoqamiz va V4 iste’mol manbayi kuchlanishini 0 V dan ma’lum bir kuchlanishgacha oshirib borib, har bir holat uchun tok va kuchlanishni o’lchaymiz.
V4 iste’mol manbayi qutbini o’zgartirib, yuqoridagi o’lchashlarni takrorlaymiz. Shu narsani e’tiborga olish kerakki, V4 iste’mol manbayi kuchlanishini diodning ko’chkili teshilish nuqtasigacha olib borish kerak.
59- rasmdagi sxema bo’yicha D2 stabilitron VAHini olamiz, buning uchun J1 ni o’chirib, J2 ni yoqamiz, tabiiyki V4 iste’mol manbayi qutbini avvalgi holatga keltiorib qo’yish kerak. O’lchashlarni 1 va 2 punktdagi qilingan amallarga o’xshab olib boramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |