Mustaqil ish bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Mustaqil ishni bajarish tartibi
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – professor o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olgan bilim, ko‘nikmalarini chuqur o‘rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ish mazmuni o‘quv jarayonida olingan bilim va ko’nikmalarni darsliklar, o‘quv qo’llanmalari, qo’shimcha adabiyotlar va boshqa axborot uslubiy vositalarni mustahkamlashdan iboratdir.
Mustaqil ish uchun bajarilgan har bir ishga 8 balldan ajratilgan va ballarni qo’yish jarayonida quyidagilar e’tiborga olinadi:
Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi;
Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi;
Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi;
Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi;
Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi;
Mustaqil ishni bajarish davomida dasturiy mahsulotlar yaratilganligi va tahlil qilinganligi.
Mustaqil ishlarning mavzular, soatlar va ballar bo’yicha taqsimlanishi:
Mustaqil ishlarning mavzular, soatlar va ballar bo’yicha taqsimlanishi:
Mustaqil
ish tartib raqami
|
№
|
Mustaqil ish mavzulari
|
|
1-mustaqil ish
|
1.
|
Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o‘rni va ahamiyati
|
8 ball
|
2.
|
Ma’lumotlar turlari, ularni e’lon qilish va tasvirlash tushunchalari
|
3.
|
Statik ma’lumotlar tuzilmasi
|
Mustaqil ishga qo’yilgan talablar
Mustaqil ishni rasmiylashtirishda quyidagi talablarni bajarishi kerak:
Mustaqil ishning titul varag’i
Mustaqil ish mavzusi va rejalari
Mustaqil ish rejalar bo’yicha bayoni (kamida 10 sahifa)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mustaqil ish matniga qo’yiladigan talablar:
Mustaqil ish matnlari Times New Roman shriftida hamda 14 o‘lchamdagi kegelda 1,5 intervalda, 10-15 bet (10 betdan kam bo‘lmasligi lozim) hajmda yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
Matnning oxirida alohida ilmiy-nazariy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqori va pastdan – 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan – 3,0 sm. o‘lchamda belgilanadi;
Quyida mustaqil ishga namuna
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
__________ guruh talabasi _______________________________________ ning
MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: BAROTOV MURODJON
TEKSHIRDI: BEGULOV OLMOS
Mavzu: Massiv ma’lumotlar tuzilmasi
Reja:
1. Kirish
2. Massiv ma’lumotlar tuzilmasi haqida
3. Massiv turlari
4. Massivlarga doir misollar
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |