Mustaqil ishlash uchun laboratoriya ishi topshiriqlari
1. Elementni n pozisiyaga siljitish dasturini tuzing.
2. Ro’yxatning yangi nusxasini yarating.
3. Ro’yxat boshiga element qo’shish amalini bajarish uchun dastur tuzing.
4. Ikkita bir bog’lamli ro’yxatlarni birlashtirish dasturini tuzing.
5. Bir bog’lamli ro’yxatning n-elementi o’chirilsin.
6. Bir bog’lamli ro’yxatning n-elementidan keyin yangi elementni qo’shing.
7. Ikkita ro’yxatning umumiy elementlaridan tashkil topgan yangi ro’yxat hosil qiling.
8. Ro’yxatning juft o’rinda joylashgan elementlarini o’chiring.
9. Ro’yxatning elementlari to’liq o’chiring.
10. Futbol jamosining 20 ta o’yinchilari familiyalaridan tashkil topgan xalqasimon ro’yxat berilgan. O’yinchilar 2 ta guruhga 10 tadan bo’lingan. Ikkinchi guruxga umumiy ro’yxatdagi har 12-inchi o’yinchi kiritilsin.
11. Sportchi familiyalaridan tashkil topgan xalqasimon ro’yxat berilgan. Qura tashlash yo’li bilan sportchilarni ikkita guruhga ajrating. Buning uchun birinchi guruhga har n-sportchi, ikkinchi guruhga har m-sportchi tanlab olinsin.
12. Lotereya ishtirokchilari familiyalari va mukofotlar nomlaridan tashkil topgan 2 ta halqasimon ro’yxat berilgan. N ta ishtirokchi g’olib bo’ldi (masalan, har k-ishtirokchi). G’olib ishtirokchilarga mos kelgan mukofotlar ro’yxatini hosil qiling. (bunda k-ishtirokchi mukofotlar ro’yxatidagi t-mukofot to’g’ri kelgan).
13. O’quvchilar familiyalari va imtihon biletlari raqamlaridan tashkil topgan 2 ta halqasimon ro’yxat berilgan. Imtihon biletlari uchun qayta hisoblash soni - ye, o’quvchilar uchun esa - k. O’quvchilar tomonidan olingan bilet raqamlarini aniqlang.
14. Mahsulot nomlari va ishlab chiqaruvchi firma nomidan tashkil topgan ro’yxat berilgan. Ushbu ro’yxatdan name firmasida ishlab chiqilgan mahsulotlardan tashkil topgan yangi ro’yxat hosil qiling.
15. 2 ta guruh talabalari familiyalaridan tashkil topgan 2 ta ro’yxat berilgan. Birinchi guruhdan har k-o’rinda turgan L ta talaba ikkinchi guruhga o’tkazilsin.
16. Futbol jamoasining asosiy va zahira tarkibi o’yinchilari familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. asosiy tarkibdagi k ta o’yinchi zaxiradagi o’yinchilar bilan almashtirilsin.
17. Mahsulot nomlari va xaridorlar familiyalaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. Har bir N-xaridor M-mahsulotni sotib oldi. Harid qilingan mahsulotlar ro’yxatini chiqaring.
18. SONY va SHARP firmalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot nomlaridan tashkil topgan ikkita ro’yxat berilgan. O’zaro raqobat qiluvchi mahsulotlar ro’yxatini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |