Binar (ikkilik) daraxt. Daraxtning eng ko’p ishlatiladigan turlaridan biri binar daraxtdir. Daraxtni kompyuter xotirasida tasvirlashda har bir element 4 ta maydondan iborat yozuvni hosil qiladi. Bu maydonlarning qiymati mos ravishda yozuv kaliti, elementdan pastdagi chap elementga va o’ng elementga ko’rsatkichlar va yozuv matni joyini ko’rsatadigan qiymatdan iborat. Binar daraxtni qurishda chap “o’g’il” tugunga mos keluvchi yozuvning kaliti “ota” tugunga mos yozuvning kaliti qiymatidan kichik, o’ng “o’g’il” tugunga mos yozuvning kaliti esa – katta bo’ladi.
1. Daraxtni aylanib chiqish (tugunlarni ketma-ket ko’rib chiqish).
2. Qismiy daraxtni o’chirish.
3. Qismiy daraxt qo’shish.
Do'stlaringiz bilan baham: |