Xalqasimon ro’yxatlar. Halqasimon ro’yxatning grafik ko’rinishi 2.2.3-rasmda tasvirlangan.
2.2.3-rasm. Xalqasimon bir bog’lamli ro’yxat
2.2.3-rasmdan ko’rinib turibdiki, ko’rsatkichlar bo’yicha elementlar ketma-ket o’qilsa, ro’yxatning oxirgi elementidan birinchi elementga o’tish mumkinligi tasvirlangan, ya’ni o’ziga xos “halqa” hosil qilingan. Mazkur ko’rinishdagi ro’yxatlarga halqasimon ro’yxatlar deyiladi.
Bir bog’lamli ro’yxatdan halqasimon ro’yxat hosil qilish uchun ro’yxatning oxirgi elementi ko’rsatkichiga ro’yxat boshi ko’rsatkichini ta’minlash lozim, ya’ni Ptr(p)=Lst. Bu yerda Ptr(p) – oxirgi element ko’rsatkichi, Lst – ro’yxat boshi ko’rsatkichi.
Bog’lamli va xalqasimon bog’lamli ro’yxatlar ustida bajariladigan amallar
Do'stlaringiz bilan baham: |