Mavzuning dolzarbligi
Obyektga asoslangan dasturlash texnologiyalaridan ehtiyojga qarab, foydalanish mumkinligi uning universal dastur ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunimizni turli mazmun va hajmdagi hisob-kitob ishlarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Ana shu ishlarni bajarishda DELPHI dasturlash tili beminnat dastyor bo`lib hizmat qilishi mumkin.
Talabalar dasturlash tillarini va yo`nalish bo`yicha maxsus fanlaridan olgan bilimlarini amalda qo`llashni o`rganish natijasida dasturchi darajasiga yetishadi. Bu borda DELPHI dasturlash tili alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda talabalar olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliy masalalarni yechishga qo`llashda ko`pgina qiyinchiliklarga duch kelishadi. CHunki ularda tipik, taqribiy masalalarni yechishda oliy matematika kursidan olgan bilimlargina mavjud. SHuning uchun, talabalarni kelajakdagi ilmiy, amaliy hayotga tayyorgarliklarini ta`minlashda, hayotiy, ilmiy va ijtimoiy masalalarning matematik modellarini tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini o`rganishlari uchun “Sonli usullar va algoritmlar” fani hamda bu fan masalalarini zamonaviy DELPHI dasturlash tili yordamida yechishni o`rganishlari yetarlicha yuqori bilim va malakaga ega bo`lgan bitiruvchilarni tayyorlashda o`ta muhim hisoblanadi.
Olingan ayrim ma`lumotlarga qaraganda, o`rtacha foydalanuvchi ushbu dasturiy vositaning beshdan bir qism imkoniyatlaridan foydalana olar ekan.
Turli bloklarni tayyorlash, diagrammalar tuzish, bu jarayonda katta sondagi funksiyalardan foydalanish va hokazolar DELPHI dasturlash tili imkoniyatlari juda ham kengligidan dalolat beradi. Bu imkoniyatlardan nafaqat tashkilotlarning idorasida, balki murakkab rejalashtirish ishlarida, hisob-kitob bilan bog’liq ko`plab masalalarda, ilmiy-tadqiqot ishlarida ham foydalanish mumkin.
DELPHI dasturlash tiliga bag’ishlangan ko`plab adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatdiki, ushbu dasturlar dastasining imkoniyatlari juda ham keng bo`lishiga qaramay, ma`lumotlar bir tomonlama yoritilgan, to`g’rirog’i faqat uning idoralar uchun mo`ljallangan imkoniyatlari ochib berilgan. Ammo, DELPHI dasturlash tili yordamida turli ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borish mumkin. Jumladan masalalarni sonli usullar yordamida yechishga, sonli usullar fanini o`qitishga ham yuqori samara tatbiq etish mumkin.
Internet orqali olib borgan qidiruvlarimiz bu sohadagi ishlarning juda ham kam ekanligini, o`zbek tilidagi ma`lumotlarning esa umuman yo`qligini ko`rsatdi.
Bizning ushbu bitiruv malakaviy ishimiz yuqorida keltirilgan ma`lumotlarni e`tiborga olsak, DELPHI dasturlash tilining mumkin bo`lgan qirralaridan birini, ya`ni talabalarni sonli usullar fani doirasida ko`plab masalalarni DELPHI dasturlash tili yordamida hal qilishga o`rganishga bag’ishlanganligi uchun hamda 5A130202 – Amalimy matematika va axborot texnologiyalari bo`yicha magistrlarni, 5130200 – Amalimy matematika va informatika bo`yicha bakalavrlarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega bo`lganligi uchun xam eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |