Лаборатория иши №


§-1.1. Delphi muhiti. Delphida boshlang’ich amallar va loyihalar 13



Download 1,66 Mb.
bet2/32
Sana17.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#813230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
1-лаб


§-1.1. Delphi muhiti. Delphida boshlang’ich amallar va loyihalar 13
§-1.1.1. DELPHI dasturlash muhiti haqida 13
§-1.1.2. Ma`lumotlar tipi. O`zgaruvchilar. 15
§-1.1.3. DELPHIda komponentalar. Xususiyat va xodisalar. 21
§-1.2. DELPHI DASTURLASH TILINING BOSHQARUV OPERATORLARI 28
§-1.2.1. O`tish operatori (Goto) 28
§-1.2.2. Takrorlanuvchi (sikl) operatorlar 32
§-1.2.3. Variant tanlash operatori (Case) 37
§-1.2.5. Massivlar. Massivlar ustida amallar 42
II BOB. HISOBLASH USULLARI MASALALARINI DELPHI 46
DASTURLASH TILIDA YECHISH 46
§-2.1. TENGLAMALARNI TAQRIBIY YECHISH. ILDIZLARNI AJRATISH 46
§-2.2. TENGLAMALARNI TAQRIBIY YECHISHNING 52
ITERATSIYA USULI 52
§-2.3. TENGLAMALAR SISTEMASINI ODDIY ITERATSIYA USULI BILAN YECHISH 57
§-2.4. INTEGRALLARNING QIYMATINI TAQRIBIY HISOBLASH. TRAPETSIYA USULI 65
§-2.6. ANIQ INTEGRALNI SIMPSON USULI BILAN HISOBLASH 70
§-2.7. ODDIY DIFFERENTSIAL TENGLAMALARNI YECHISHNING EYLER USULI 75
§-2.8. ODDIY DIFFERENTSIAL TENGLAMALARNI YECHISHNING RUNGE-KUTTA USULI 82
XULOSA 88
25. http://www.lessons-tva.info/edu/e-inf2/m2t2_7.html 90

ILOVALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….87


KIRISH

Ma`lumki, ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar jabhalari bilan bog’liq davlat siyosati va uning samarali amaliy ijrosi eng avvalo, sohani tubdan isloh qilishning konstituttsiyaviy-huquqiy asoslarini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Mazkur qonuniy talab O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda uning asosida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to`g’risida»gi qonunlarida, tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlarda o`zining huquqiy maqomiga ega bo`ldi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.


Bugungi kunda kishilik jamiyatidagi taraqqiyotni kompyuterlarsiz, axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz tasavvur qilishning umuman iloji yo`q. Bu vositalar hayotning hamma jabhalariga chuqur kirib borib, aytish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishning qudratli lokomotiviga aylanib ulgurdi. O`zining kundalik faoliyatida texnikaning bu yutug’idan foydalanish uchun deyarli har bir fuqaroning burchiga aylandi desak adashmagan bo`lamiz. Bu jarayonni yanada chuqurlashtirish va rivjolantirish uchun dasturchilik, axborot kommunikatsion texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu borada respublikamizda ham shaxsan prezidentimiz I. Karimov boshchiligida bir qator ilmiy amaliy tadbirlar ishlab chiqildi va joriy qilindi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: «Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo`lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi».
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma`naviy poydevorini mustakamlash ehtiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi kabi olijanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan. Komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
«Jahon sivilizatsiyasiga dahldor bo`lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta`minlash qiyin»,-degan edilar I.Karimov. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli natijalarga to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabqalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnoliyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday rol o`ynashiga bog’liq. Demak, zamonaviy kompyuterlardan amalda keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash kechiktirib bo`lmaydigan vazifadir. Hususan, bu masalani samarali hal qilish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to`g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702-son Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respub-likasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to`g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PQ–2293-son qarorilarini alohida tilga olib o`tish mumkin. Bu qarorga binoan Vazirlar Mahkamasida «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi” asosida «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil qilindi. so`zlari bilan almashtirilsin.
Bundan tashqari, respublikamizda «Elektron hukumat» tizimini joriy qilish maqsadida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to`g’risida» 2013 yil 16 sentyabrdagi 250-son qarorlarini ham alohida tilga olib o`tish mumkin.
Bu qarorlarni bajarilishi ta`minlash respublika Oliy o`quv yurtlari oldiga bir qator masalalarni hal qilishni alohida masala qilib qo`yadi. Bu masalalardan biri yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasidir Bu masalani samarali hal qilish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan yangi davlat standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, dasturlash asoslarini o`rganishga qaratilgan fanlar mazmunini zamonaviy talablar asosida qayta tahlil qilib chiqish, axborot va texnika bazalarini rivojlantirish lozim bo`ladi. Bu tadbirlarning ostida yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash yotadi.
Talabalar dasturlash tillarini va yo`nalish bo`yicha maxsus fanlarni o`rganish natijasida dasturchi darajasiga yetishadi. Lekin, ular olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliy masalalarni yechishga qo`llashda ko`pgina qiyinchiliklarga duch kelishadi. CHunki ularda tipik, taqribiy masalalarni yechishda oliy matematika kursidan olgan bilimlargina mavjud. SHuning uchun, hayotiy masalalarning matematik modellarini tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini o`rganishlari uchun “Sonli usular va algoritmlar” fanining ahamiyati katta hisoblanadi.
Yechiladigan masalalarni o`rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya`ni uning asosiy o`ziga xos xususiyatlari ajratiladi va ular o`rtasida matematik munosabat o`rnatiladi. Matematik model tuzilgach, ya`ni masala matematik ko`rinishda ifodalangach, uni ma`lum matematik usullar bilan tahlil qilish mumkin. Matematik model tuzish bilan biz o`rta maktab fizika kursida tanishganmiz. Bunda dastlab o`rganilayotgan fizik hodisaning mohiyati, belgilari, ishlatilayotgan ko`rsatkichlari, so`zlar yordamida batafsil ifoda etiladi. Keyin fizik qonunlar asosida kerakli matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Bu tenglamalar o`rganilayotgan fizik jarayon, hodisalarning matematik modelidir.
Matematik model hech qachon qaralayotgan obyektning xususiyatlarini aynan, to`la o`zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida tuzilgani uchun taqribiy harakterga ega demak, uning asosida olinayotgan natijalar ham taqribiy bo`ladi.
Modelning aniqligi, natijalarning ishonchlilik darajasini baholash masalasi matematik modellashtirishning asosiy masalalaridan biridir.
Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar funksional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo`lgan bosqichlarni o`z ichiga oladi. Har bir bosqich yakuniy natijaga o`ziga xos ta`sir ko`rsatadi va ulardagi yo`l qo`yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.
Obyektning matematik modelini tuzish, uni EHM da bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish "hisoblash tajribasi" deyiladi. Bu tajribalar quyidagi bosqichlar asosida olib boriladi.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo`yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, obyektning matematik model tuzish uchun ishlatish lozim bo`lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, ximiyaviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik chiziqsiz, differensial, integral va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo`ladi. Ularni tizimda o`rganilayotgan jarayonga ta`sir ko`rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o`zida hisobga olib bo`lmaydi, chunki matematik model juda murakkablashib ketadi. SHuning uchun, model tuzishda eng kuchli ta`sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
Uchinchi bosqichda masalaning matematik modeli tuzilgach, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko`rsatkichlar aniqlanishi lozim. Masalan, matematik model differensial tenglama bilan tasvirlangan bo`lsa, sonli usullar yordamida u chekli sondagi nuqtalarda aniqlangan chekli-ayirmali tenglamalar bilan almashtiriladi.
To`rtinchi bosqichda sonli usullar yordamida aniqlangan algoritm asosida biror - bir algoritmik tilda EHM da ishlatish uchun dastur tuziladi. Masalan, u umumiy xususiyatga ega bo`lishi kerak, ya`ni matematik modelda ifodalangan masala parametrlarining yetarlicha katta sohada o`zgaruvchi qiymatlarida dastur yaxshi natija berishi kerak.
Oxirgi bosqichda dastur EHMga qo`yiladi va olingan sonli natijalar chuqur tahlil qilinib baholanadi.
Natijalarga qarab mutaxassis tahlil qilinayotgan jarayon to`g’risida xulosalar chiqaradi, uning amalga oshishiga ma`lum maqsad asosida ta`sir ko`rsatadi, boshqarish vositalarini ishlab chiqadi, tavsiyalar beradi. Ko`plab variantlar asosida bajariluvchi hisoblash tajribalari yordamida loyihachi u yoki bu belgiga ko`ra barcha variantlar ichidan eng ma`qulini tanlashi mumkin.
Zamonaviy kompyuterlarning ishlab chiqilishi, ilmiy va o`quv jarayonlariga tatbiq qilinishi ma`lum bir yutuqlarga erishishga sabab bo`ldi. Bunga yangi dasturlash tillaridan tashqari maxsus dasturlar paketlarining ishlab chiqilishi ham sabab bo`ldi. Bu sohada MICROSOFT OFFICE, FRONTPAGE, Mathcad kabi paketlarning ham ahamiyati juda katta.
Bundan tashqari, zamonaviy kompyuterlar uchun dasturiy ta`minot ishlab chiqishda katta qulayliklarga ega bo`lganligi sababli jahon dasturchilari o`rtasida tobora mashhur bo`lib borayotgan C++, C++ BUILDER, DELPHI, VIZUAL BASIC kabi obyektga asoslangan dasturlash tillarga bo`lgan munosabat ham tubdan o`zgardi. Bu dasturlash tillari WINDOWS operatsion tizimi uchun mo`ljallangan bo`lib, foydalanuvchilar uchun katta qulayliklarni taqdim eta oladigan yangi dasturiy ta`minot ishlab chiqish imkoniyatiga ega.
Yuqorida tilga olingan dasturlash tillari juda katta imkoniyatlarga ega bo`lib, amalda zamonaviy hisoblangan barcha axborot texnologiyalari bilan birgalikda ishlay oladi. Bundan tashqari, bu dasturlash texnologiyalarini qo`llash yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bilan bog’liq xarajatlarni sezilarli darajada pasaytirishga olib keladi. Qolaversa, dasturchilarnirng o`zi uchun ham katta qulayliklar nazarda tutilgan.
Inson o`z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma`lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba`zida esa, murakkab bo`lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. Obyektga asoslangan dasturlash texnologiyalari mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Bizning ushbu bitiruv malakaviy ishmiz ham DELPHI dasturlash tilining mumkin bo`lgan qirralaridan birini, ya`ni sonli usullar fanining ko`plab masala-larini DELPHI dasturlash tili yordamida hal qilishni o`rganishga bag’ishlangan.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish