Oq fosfor bilan ishlash qoidalari
Oq fosfor - zaharli va tez alangalanuvchan modda (alangalanish harorati 400C), og‘riqli va qiyin tuzaladigan darajada terini kuydiradi. Oq fosfor bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik choralariga e’tibor berish kerak:
Oq fosforni suv tagida saqlash;
Qo‘lga tekkizmasdan qisqich bilan olish;
Qalin devorli idishda (masalan, chinni hovonchada) xona haroratida yoki 25-300C da suv tagida kesish kerak. Agar oq fosforni kesish uchun iliq suvdan foydalanilsa, tajriba oldidan fosforni sovuq suvda saqlash kerak;
Kesilgan fosforni iloji boricha tezroq quritish kerak, ayniqsa, xona iliq bo‘lsa. Fosforning ustiga filtr qog‘ozlarni bosib, ishqalamasdan quriting;
Fosfor bo‘lakchasini yerga tushirmang, tushgan bo‘lakchani tezda toping;
Mayda bo‘lakchalarni suvga soling, filtrlab, nam filtr qog‘oz bilan, mo‘rili shkafda yoqib yuboring;
Yonayotgan fosforga qum sepib o‘chiring;
Qo‘l yoki tanada yonayotgan fosforni sochiq bilan o‘chiring va tez 10%li kumush nitrat yoki kaliy permanganat eritmasi bilan yaxshilab yuving, keyin bog‘lab qo‘ying. Kuchli kuygan hollarda, birinchi tibbiy yordamdan so‘ng, shifokorga murojaat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |