Nazorat savollari
Sanoatda sulfat kislotasi olish uchun qanday xom-ashyolardan foydalaniladi?
Oltingugurtli rudalarning serovodorodning, oltingugurtning yonish reaksiyalari?
SO2 ni SO3 ga oksidlashning sanoat usullari?
SO2 ni SO3 ga laboratoriya qurilmasida oksidlash?
SO2 ning yod bilan reaksiyasi?
Oltingugurt rudalarining yonish tezligi qanday aniqlanadi?
Adabiyotlar
Muxlenov I. P. Praktikum po obshey ximicheskiy texnologii. M. Vissh. shkola.1973.
Amelin A.G. Proizvodstvo sernoy kislotы.M.L. ximiya.1967.
Pozin M.T. Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po texnologii neoorganicheskix veщestv. L.:.Ximiya .1980.
LABORATORIYA ISHI №3
SIRKA KISLOTASINING ETERIFIKATSIYASI
Ishdan maqsad: Eterifikatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar, reagentlar nisbati, katalizatorlar miqdori va suvni tortib oluvchi komponentlarni butil atsetat hosil bo‘lishiga ta’sirini o‘rganish.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Sirka kislotasi efirlari aviatsiya va avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan yuqori sifatli himoya plyonkalari hosil qiluvchi nitrotsellyuloza va boshqa laklar uchun yaxshi erituvchi sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Efirlar suvda erigan organik moddalarni ekstraksiya qilishda, masalan yog‘ochni quruq haydab pista ko‘mir olishda hosil bo‘ladigan smola osti suvlaridan sirka kislotasi olishda, qattiq yoqilg‘ilarni gazifikatsiyalash va kokslash jarayonida hosil bo‘lgan fenol suvlaridan fenollarni ajratib olishda qo‘llaniladi.
Butil spirtining sirka kislotasi bilan reaksiyasi qaytar jarayonlar qatoriga kiradi.
С4Н9OН + СН3СOOН СН3СOOС4Н9 + Н2O.
Butil atsetatni eng ko‘p miqdorda hosil qilish uchun jarayonga sirka kislotasining miqdorini keragidan ortiqroq darajada qo‘shish yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan suvni haydab yuborish yoki kimyoviy bog‘lash yo‘li bilan yo‘qotish zarur.
Eterifikatsiya asta sekin boradigan jarayondir, ammo mineral kislotalar yoki organik sulfokislotalar ishtirokida bir muncha tezlashadi. Chunki bu kislotalar reaksiya jarayonida katalizator vazifasini bajaruvchi vodorod ionlarining konsentratsiyalarini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Eterifikatsiya jarayonida qo‘llaniladigan konsentrlangan sulfat kislotasi, o‘zining katalitik ta’siridan tashqari, suvni bog‘lovchi agent rolini ham bajaradi. Bu reaksiya suyuq holatda almashadigan gomogen- katalitik reaksiyaga yorqin misol bo‘la oladi. Reaksiya bosqichma-bosqich boradi:
С4Н9OН + НOSO2OН С4Н9OSO2OH +H2O
С4Н9OSO2OН + СН3СOOН Н3OСOС4Н9 + Н2SO4
Qo‘shimcha quyidagi reaksiya ham boradi.
С4Н9OSO2OН + С4Н9OН С4Р9OС4Н9 + Н2SO4
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar
Tagi yumaloq kolba, hajmi 0,5 l.
Elektr plitkasi.
Turbkali sovutkich.
Ajratish voronkasi.
Konsentrlanagan sirka kislotasi.
Konsentrlangan sulfat kislotasi.
Butil spirti.
Do'stlaringiz bilan baham: |