SO3 + H2O = H2SO4 + Q yoki sulfat kislotada eritib, oleumga aylantirib ajratib olish kerak. Suv bilan boradigan bu reaksiya ekzotermik va ancha past haroratlarda qaytmas, geterogendir, ya’ni gaz bilan suyuqlik orasida borib, suyuqlik hosil bo’ladi. Reaksiyaning tezligi katta. Bunday reaksiyalarni o’tkazish birorta qiyinchilikni keltirib chiqarmaydigandek ko’rinadi. Lekin bu qiyinchiliklarning mavjudligiga hayron bo’lmasa bo’ladi, chunki oltingugurt (VI)-oksidi SO3 faqat suv bilan emas, balki uning ustida doimo bo’ladigan suv bug’lari bilan ham tez ta’sirlashadi. Sulfat kislotaning kondensatlanish harorati ancha yuqori bo’lganligi sababli, sulfat kislotadan hosil bo’lgan bug’ tezda gaz oqimida muallaq turuvchi sulfat kislotaning mayda tomchilarini sulfat kislotali tumanni hosil qiladi. Tumansimon sulfat kislotani suv ham, sulfat kislotaning suvli eritmalari ham ushlab qololmaydi; uni faqat elektrofiltrlar ma’lum darajada ushlab qoladi. Tumansimon sulfat kislota hosil bo’lmaydigan sharoitni yaratish mumkinmi? Bu savolga javob topish uchun toza suv hamda sulfat kislotaning suvli eritmalari ustidagi suv bug’ning bosimi haqidagi ma’lumotlarga murojat qiling. Sulfat kislota konsentrasiyasining ortishi bnlan uning ustidagi suv bug’ining bosimi kamayadi va tarkibida 98,3% H2SO4 bo’lgan eritma ustida uning bosimi amaliy jihatdan nolga teng bo’ladi. Demak, oltingugurt (VI)-oksid SO3 va suv orasidagi reaksiyani sulfat kislotani tuman hosil qilmay ham amalga oshirsa bo’ladi. Buning uchun gaz aralashmasini konsentrlangan sulfat kislota orasidan o’tkazish kerak. Suyuqlik va gazning bir-biriga tegib turish yuzasi oshirilganda reaksiya tezlashadi. Buni qanday amalga oshirish kerak? Bunda, boshqa ko’pgina holatlardagi kabi, quyidagi usul qo’llaniladi: suyuqlikni to’ldirgichlar (nasadkalar), masalan, halqalar bilan to’ldirilgan silindrsimon minoraning tepa qismidan beriladi. Og’irlik kuchi ta’sirida suyuqlik pastga oqib, halkalar sirtida yupqa parda hosil qiladi. Halqalar o’lchami nisbatan kichik bo’lsa, tinimsiz hosil bo’layotgan suyuqlik pardasining umumiy yuzasi juda katta bo’ladi. Minoraning pastki qismidan suyuqlikda eriydigan komponentlari bo’lgan gaz aralashmasi yuboriladi. Gaz va suyuqlik minorada qarama-qarshi yo’nalishda qarshi oqimbo’yicha harakatlanadi. Qarshi oqim usulining bir yo’nalishda aralashtirish — to’g’ri oqimga qaraganda qanday afzalliklarga ega? Kislotaning konsentrasiyasi tinimsiz ortib boradi va minoraning eng pastki qismida 99% ga etadi. Bu yerda kislota minoraga kirayotgan va tarkibida 7% gacha SO3 bo’lgan gaz bilan uchrashadi. Minoraning yuqorisiga ko’tarilayotgan SO3 ning konsentrasiyasi tobora kamayadi va minoraning yuqori qismidan yuborilayotgan kislota bilan uchrashgan gazda amaliy jihatdan SO3 bo’lmaydi. Gaz va suyuklikning qarshi oqimda harakatlanishi hisobiga oltingugurt (VI)-oksidi to’la ravishda yutiladi va yuqori konsentrasiyali kislota olinadi. Hosil bo’lgan kislotaning bir qismi omborlarga jo’natiladi, qolganini esa yana suyultirib minorani sug’orishga yuboriladi. Sug’orilayotgan kislota miqdori to’ldirgichlarni ho’llashga yetadigan bo’lishi kerak. Minoradan chiqayotgan kislotani to’ppa-to’g’ri yana sug’orishga jo’natsa bo’ladimi? Minoradan tushayotgan kislota ekzotermik reaksiya issiqligi hisobiga qiziydi va shu sababli uni oldin sovutish kerak. Buning uchun uni suv orasidan o’tkazilgan naysimon sovutgich orqali o’tkazilib sovutiladi. Oleum olishda ham konsentrlangan sulfat kislota olish usuli qo’llanadi. Oleum bilan sug’orilayotgan minoraning pastidan yuqoriga qarab SO3 bo’lgan gaz aralashmasi yuboriladi va bunda oleum konsentrasiyasi birmuncha oshadi. Minora orasidan o’tgan gazdan ma’lum miqdorda oltingugurt (VI-oksidi SO3 bo’ladi va shu sababli uni konsentrlangan sulfat kislota bilan sug’orilgan ikkinchi minora orqali o’tkaziladi.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda zarur bo`lgan SO2 gazini olish uchun sulfid rudalari kuydiriladi.
Oltingugurt rudasini kuydirishdagi qonuniyatlar tarkibida oltingugurt bo`lgan har qanday rudalarni kuydirganda ham ma`qul bo`ladi.
Barcha yuqori haroratli jarayonlardagi kabi sulfid rudalarni kuydirish tezligi reaksiya hududiga kislorod kiritish va hosil bo`lgan SO2 gazini chiqarib olishga bog`liq.
Kolchedanni kuydirish asosida yotadigan kimyoviy reaksiyaning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 - Q
Kolchedanni kuydirish jarayonidagi massa uzatish koeffitsentining yuqori darajasiga o`choqdagi haroratni va gidrodinamik rejimning intensivligini oshirish orqali erishiladi.
Sulfat kislotasi olish uchun sulfid angidridini sulfat angidridigacha oksidlanadi. Bu jarayon sanoatda tutashuv qurilmasiga vanadiy katalizatori ishtirokida havo kislorodi yuborish orqali amalga oshiriladi:
2SO2 + O2 = 2SO3 Model qurilmasida esa bu jarayon 50 ml 3% li vodorod pereoksidi quyilgan absorbsiya kollonasi (7) da amalga oshiriladi. Ma`lumki vodorod pereoksidi - beqaror modda. U yorug`lik nuri ta`sirida suv va kislorodga parchalanadi.
Parchalanish davrida, sekundning yuzdan bir ulushiga vaqt oralig`ida, kislorod atom holda bo`ladi. Bu atom holdagi kislorod juda faol holatda bo`ladi va SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi.
SO2 + [O] = SO3 Sulfat angidridi suv bilan o`zaro reaksiyaga kirishib sulfat kislotasiga aylanadi.
SO3 + H2O = H2SO4 Hosil bo`lgan sulfat kislotasining miqdorini mahsulotni 0,5 N ishqor bilan titrlash orqali aniqlanadi.