3-rasm. Kuydirish jarayonida chinni fazaviy tarkibining o'zgarishi:
1-kvars; 2-mulIit; 3-kristobalit; 4-shisha faza.
3- bosqichda temperatura 1250°C gacha ko'tarilib, qaytaruvchi muhit yaratiladi (69-rasm). Buning natijasida Fe203 CO yordamida FeO gacha qaytariladi, ikki valentli temir esa kremnezem bilan silikat hosil qilib, chinnining sarg‘ish rangini zangori rangga o‘zgartiradi. Qaytaruvchi muhitni yaratish uchun yoqilg‘ining yonish mahsulotlarida uglerod oksidining konsentratsiyasi oshiriladi (3-4 % gacha). Buning uchun 900-1250°C temperaturada gorelkaga berilayotgan havoning miqdori rostlanadi. Ushbu bosqichda massada shishasimon massaning hosil bo’lishi jadallashadi va materialdagi kapilyear va g‘ovaklami to'ldirishi natijasida buyumlarda kuchli qisqarish hosil bo’ladi. Shisha fazaning vujudga kelishi asosan dala shpatining suyuqlanishi natijasida ro‘y beradi. Yana bu bosqichda mullitning ignasimon kristallari hosil bo’lib, sirning suyuqlanishi boshlanadi.
4- bosqich 1250°C dan boshlanib 1350-1410°C larda tugaydi (69-rasm). U neytral muhitda borib, tutun gazlari tarkibida uglerod oksidining konsentratsiyasi 0,5 % ga teng bo’ladi. Ushbu bosqich davomida buyumlar maksimal temperatura sharoitida 1-1,5 soat ushlab turiladi.
Bu bosqich davomida oxirgi pishish ro‘y beradi, simi yoyilishi va uni sopolak bilan erishi, birlashishi yuz beradi. Kaolin qoldig’idagi amorf kremnezem bilan dala shpatli shisha o'zaro aktivligi oshib, ular kristall fazalardagi g'ovaklarni yanada to’ldiradi. Bir vaqtda dala shpatili shishada mullit kristallari yiriklashadi va kvars qoldiqlari kichiklashadi, yangi hosil bo'lgan kristallaming sopolakda bir xil taqsimlanishi yuz beradi. Mullit ignali kristallar buyumni mexanik mustahkamligini va termik bardoshligini oshiradi.
5- bosqich - sovutish bosqichidir. Bunda temperatura avval katta tezlikda, keyin esa sekinlik bilan tushiriladi.Sovutish vaqtida si ming suyuqlangan holatidan qattiq holatga o'tishi va sirning qotish nuqtasi katta ahamiyatga egadir. Bosqich davomida buyumlar soatiga 200-250°C tezlikda 800-700°C gacha sovutiladi, so'ng jarayon sekinlashadi, 573°C dagi modifikatsion o'zgarish α- kvars (α- kristabolit, α- tridimit) ni β-kvarsga o'tishi, sopolak ichki va tashqi qatlamida sovish tezligi har xil bo'lganligidan ichki kuchlanish hosil bo'lib, u hajmni qisqarishi bilan boradi. 550°C dan so'ng buyumni sovutish tez sovuq havo berish hisobiga boradi. Chinni buyumlar to‘liq pishirilgandan so'ng 13-17 % ga buyum qisqaradi.
Chinni buyumiarini kuydirish jarayonida termodinamik sharoitlarni belgilab beruvchi parametrlar hisoblanilishi, temperatura, gaz muhiti, aerodinamik rejim va massa tarkibiga qarab murakkab tarzdagi fizik kimyoviy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ularda suvsizlanish, massa komponentlarini parchalanish, organik birikmalarni ajralib kuyishi, massa komponentlarini o'zaro reaksiyaga kirishi natijasida yangi kristall fazalarni hosil bo'lishi, oson suyuqlanuvchan evtektikalarning suyuqligi natijasida suyuq fazaning vujudga kelishi, polimorf o'zgarishlar va boshqalar kiradi.
Massa minerallarini qizdirish davrida o'zgarish jarayoni 3 ta bosqichda ro'y beradi: mineralning parchalanishi, polimorf o'zgarishlar va yangi mineral va birikmalarni hosil bo'lishi. Chinni, yarim chinni va fayans massalari odatda uchta komponentdan, ya’ni tuproqli komponentlar, dala shpati va kvarsdan iborat bo'lgani uchun, ular orasidagi jarayonlar o'lchamlari diagrammalar hisoblanishi K20 - Al203-Si02 va Na20-Al203 -Si02 sistemalari asosida yuz beradi.
Misol: Kamerali pechlar konstruksiyasi bo’yicha qurilishi oddiy bo’ladi (2-rasm). Ular murakkab konfiguratsiyadan iborat yirik mahsulotlarni va boshqa hollarda uchun ishlatiladi.
Pechlar kamerasining foydali hajmi, ya’ni lchki hajmi, mahsulotning (вагонетка) taxlashda egallagan joyi, yillik ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot samaradorligini quyidagi formula bilan belgilanadi:
bu erda : P- yillik unumdorlik, t/yil; τ – kuydrish jarayoning siklining davomiyligi (yuklash, tushirish, kamerani tayyorlash); sanitar – qurilish sopolli τ=96-144 soat, dinas shaklidagi elementlar τ = 288-480 soat, magnezitli 192-240 soat;
zr – pechning yillik ish vaqti, 7920-8280 soat;
m – sifatsiz buyum va yo’qotishlar, pechga joylangandan to omborga borguncha%;
g – taxlash (садки) zichligi, t / m3, chinni va fayans mahsulotlari kuydirishda g = 0,06 – 0,18; qurilish g’ishtlari g= 0,85 - 1,10; shamotli buyumlar g = 0,65-1,00; dinasli buyumlar g = 0,80-1, 10; magnezit g’isht g=1,80-1,50.
Do'stlaringiz bilan baham: |