Laboratoriya ishi №13
Kompleksonometriya usulida ishchi eritma tayyorlash va konsentrarsiyasini aniqlash.
Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar:
1) 1,0 litrli o’lchov kolba; 2) 500 yoki 10,00 ml li pipetka; 3) shtativ; 4) 25,00 ml li byuretka ;
5) 3 dona 50 ml li titrlash kolbasi; 6) yuvgich;7) trilon B; 8) *qora eriohrom T;
9) **ammiakli bufer eritma*.
Trilon B-oq, suvda yahshi eriydigan kukunsimon modda (Na2H14C10О8 N2 2H2O). Molekulyar massasi 372,25 g/molь, molyar ekvivalent massasi M/2 = 186,12 g/molь. Agar Trilon B 120 – 1400С gacha qizdirilsa, uning tarkibidagi suv uchib ketib Na2H12C10N2 formulaga mos keluvchi suvsiz tuz qoladi. Har ikkala tuz ham Trilon B ning eritmasini tayyorlash uchun dastlabki modda sifatida ishlatiladi. 0,1000 n Trilon B eritmasidan 1,0 l tayyorlash uchun namunaning massasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Trilon B eritmasining titri 0,05000 n li MgSO4 eritmasi (fiksanaldan tayyorlangan) yordamida aniqlanadi.
Ishning bajarilish tartibi. ~0,1 n Trilon В eritmasi byuretkaga quyiladi. Titrlash kolbasiga pipetka yordamida 20,00 ml 0,05000 n MgSO4 eritmasidan olib ustiga 5 ml ammiakli bufer va 20-30 mg quruq indikator qora eriohrom T qo’shiladi. Aralashmaning rangi qizildan ko’k rangga o’tguncha byuretkadagi Trilon B eritmasi bilan titrlanadi. Tajribani uch marta takrorlanadi. Olingan natijalarni jadval ko’rinishida yozib, formulalar asosida Trilon B ning titrini hisoblanadi.
№
|
, ml
|
VТ..B, ml
|
Indikator
|
|
20,00
|
|
Qora eriohrom T
|
|
20,00
|
|
|
20,00
|
|
N1V1 = N2V2 yoki 2. 3.
Suvning qattiqligini aniqlash.
Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar:
1) shtativ;
2) 25,00 ml li byuretka;
3) 0,1000 n Trilon B eritmasi;
4) 3 dona 100 ml titrlash kolbasi;
5) qora eriohrom T;
6) ammiakli bufer eritma.
Suvning qattiqligi, 1,0 l suvda bo’lgan kalьciy va magniy ionlarining milligramm - ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi. Suv tarkibidagi Са2+ va Mg 2+ ionlari kompleksonlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun suvning qattiqligini kompleksonometrik usul bilan aniqlash juda qulay.
Ishning bajarilish tartibi: Titrlash kolbasiga 50,00 ml analiz qilinadigan suv, 5 ml ammiakli bufer aralashma qo’shiladi. Unga 20-30 mg atrofida quruq qora eriohrom T (NaCl yoki KCl bilan aralashmasi) solinadi va titri aniqlangan byuretkadagi trilon B eritmasi bilan eritma to’q (vino) qizil rangi ko’k rangga o’tguncha titrlanadi. Titrlashni 3-4 marta takrorlanadi, olingan analiz natijalarini jadval ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
№
|
, ml
|
VТ.B., ml
|
Indikator
|
|
50,00
|
|
Qora eriohrom T
|
|
50,00
|
|
|
50,00
|
|
Aniqlash natijalarini quyidagi formula asosida hisoblang.
bunda K – suvning qattiqligi, mg-ekv/l
Mavzu yuzasidan mashq va savollar:
Cho’ktirish usulining mohiyati nimada?
Cho’ktirish usulida ekvivalent nuqtani aniqlash.
Kompleksonlar haqida tushuncha bering
Metallohrom indikatorlari nima?
25,00 ml 0,05 n AgNO3 eritmasi bilan necha gr NaOH reakciyaga kirishadi.
46,16 AgNO3 eritmasini titrlash uchun, titri 0,005000 g/ml teng bo’lgan 25,00 NaCI sarf bo’ldi. AgNO3 titri va normaligini hisoblang
0,7315 g NaCI eritib 250,0 ml standart eritma tayyorlandi. Tayyorlangan standart eritmaning 25,00 ml ni titrlash uchun 27,85 ml AgNO3 sarf bo’ldi. AgNO3 ning normalligini va titrini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |