PAN (Personal Area Network) – koʻpi bilan 8ta qatnashchilar mavjud boʻlishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud boʻlishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.
CAN (Campus Area Network) – oʻziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va koʻp segmentli LAN hosil qilinadi.
MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani oʻzida qamrab oladi va oʻzida 1000 ta foydalanuvchilarni oʻziga birlashtiradi.
WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmogʻi hisoblanadi. Million abonentlarni oʻzida birlashtiradi (Internet).
Lanoratoriya ishini bajarish tartibi
Cisco Packet Tracer dasturini ish stolidagi mavjud yorliq orqali ishga tushuramiz.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi yorligʻi
Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushurganimizda bizga quydagi interfeys nomayon boʻladi.
3.2-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi uskunalar panelidan ikkita kompyuter olamiz (PC va notebook).
3.3-rasm. Cisco Packet Tracer dasturida ikkita kompyuter tanlandi
Ikkala kompyuterni avtomatik bogʻlanish aloqa liniyasi orqali bogʻlab olamiz.
3.4-rasm. Cisco Packet Tracer dasturida ikkala kompyuterni bogʻlash
Kompyuterni tanlasak (ustida sichqoncha bilan bosiladi) kompyuterning ichki menyusi namayon boʻladi ya’ni Physical, Config va Desktop menyulari. Har bir menyuning ma’lum bir vazifasi bor.
3.5-rasm. Physical menyusi
3.6-rasm. Config menyusi
3.7-rasm. Desktop menyusi
Biz tanlagan kompyuterimizga Desktop menyusidan IP Configuration bandini tanlaymiz va kompyuterimizga Static IP manzil beramiz
3.8-rasm. IP Configuration oynasi
Biz Ip Address qismiga birinchi kompyuterimiz uchun manzil kiritamizs (192.168.1.1)
3.9-rasm. Ip Address kiritish oynasi
Ikki kompyuterga ham manzil berganmizdan soʻng (192.168.1.1 va 192.168.1.2) kompyuterlar aloqa almashinishini tekshirish uchun Command Prompt bandiga kirib Ping soʻzidan keyin aloqa qilmoqchi boʻlgan kompyuterimizni manzilini kiritamiz (ping 192.168.1.2).
3.10-rasm. Command Prompt oynasi
3.11-rasm. Ikkita kompyuter aloqasi taminlandi
Endi kompyuterlar ma’lumot almashinish jarayonini koʻrishimiz uchun Simulation oynasidan paket joʻnatib koʻramiz.
3.12-rasm. Paket birinchi kompyuterdan uzatilishi
Agar biz bogʻlanishni toʻgʻri hosil qilgan boʻlsak, paket yuborilgan kompyuterga qaytib kelganida toʻgʻri aloqa ta’minlanganini tasdiqlaydi.
3.13-rasm. Kompyuterlar toʻgʻri aloqa almashdi
Do'stlaringiz bilan baham: |