Console liniyaga parol kuyish Switch(config)#line console 0
Switch(config-line)#password cisco123
Switch(config-line)#login
Switch(config-line)#exec-timeout 0 30
Switch(config-line)#exit
Username yaratish Switch(config)#username TATU password (secret) 123456 Switch(config)#line console 0
Switch(config-line)#login local
Switch(config-line)#exit
Laboratoriya ishi boʻyicha topshiriqlar: 1. Oʻzingiz foydalanayotgan kompyuterga Cisco Packet Tracer dasturini oʻrnating va har bir jarayonni rasmga izoh shaklida xisobot tayorlang.
2. Cisco Packet Tracer dasturi tarkibidagi boʻlimlar va ulardagi qurilmalar haqida ma’lumot keltiring.
Laboratoriya ishi boʻyicha savollar: 1. Kompyuter tarmoqlarining asosiy qurilmalari nimalardan iborat?
2. Foydalanuvchi kompyuteri va serverning farqi nimalardan iborat?
3. Kompyuterlarni tarmoqqa ulanishda qanday qurilmalardan foydalaniladi?
4. Cisco Packet Tracer dasturi qanday dastur hisoblanadi?
5. Cisco Packet Tracer dasturida qanday qurilmalar mavjud.
6. Cisco Packet Tracer dasturida qanday tarmoqlarni loyihalash mumkun.
Laboratoriya ishi № 3 Kompyuterlar oʻrtasida ma’lumot almashinish jarayonini o‘rganish Ishdan maqsad: Lokal kompyuter tarmoqlarini loyihalashda kompyuterlarni tarmoqga birlashtirish va sozlash koʻnikmasini hosil qilish.
Nazariy qism Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bogʻlanishidan hosil boʻladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy tarmoq turini olish mumkin. Masalan, bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy oʻyinlarni oʻynash imkoniyati mavjud. 2 ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan boʻlsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash ehtiyoji paydo boʻladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, oʻralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bogʻlanadi.
2. Simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bogʻlanadi. Bir-biri bilan bogʻlangan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmogʻini tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan oʻzaro bogʻlangan majmui. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: