Laboratoriya ishi № 1.1
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Ishning maqsadi: Kimyodan o’tkaziladigan kechalar, ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari, o’tkazish va yakunlash malakasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: A3 formatli qog’oz, marker yoki rangli ruchkalar, chizg’ich, kompyuter, asbob va reaktivlar.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlar dars bilan bir qatorda maktabda taolim-tarbiya jarayonini tashkillashning eng muhim formulalaridan biridir.
Kimyodan sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari paytda amalga oshiriladigai taolim-tarbiya jarayonidir. Sinfdan tashqari ishning maqsadi o’quvchilarning kimyodan olgan bilimlari, egallagan ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni kimyoga bo’lgan qiziqishlarini, mustaqilligini, ijodiy aktivligini rivojlantirish xisoblanadi. Sinfdan tashqari ishning muhim maqsadi siyosiy-g’oyaviy, mexnat, axloqiy va estetik jihatdan o’quvchilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish o’quvchilar jamoasini shakllantirishga, shu bilan birga kimyoga qiziqishini, layoqatini tarbiyalashga yordam beradi va yagona taolim-tarbiya jarayonining muhim elementi xisoblanadi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish vazifasi qo’yiladi, bu esa kasbga yo’llash ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlayotgan kasbda kimyoning rolini tushunishga yordam beradi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarning dam olishlarini tashkillashga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishni quyidagi elementlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida qarash mumkin:
Kimyodan sinfdan tashkari ish tizimi. Sxema
Kimyo o’qitishdagi singari asosiy aniqlovchi element bo’lib mazmun xizmat qiladi. Sinfdan tashqari ishning mazmuni erkin tanlab olinadi. Bu yerda chegaralash, qattiq o’zgartirilmaydigan dasturlar berilmaydi. Sinfdan tashqari ishda boshqa har qanday ishga nisbatan o’qituvchi shaxsini taosiri, uning dunyoqarashi, qiziqarli nazariy bilimi va axloqiy qiyofasi, mamlakatning ichki va xalqaro xayotini tushuna olishi, siyosiy savodxonligi hamda yetukligi namoyon bo’ladi.
SHunday bo’lishiga qaramay kimyodan sinfdan tashqari ishlar maolum talablarga bo’ysunishi kerak.
Ilmiylik. Bu didaktik printsip sinfdan tashqari ish muvaffaqiyatining eng muhim shartidir.
Muvofiqlik. Mazmun o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, maktab dasturidan uzoqlashib ketmasligi kerak. Bir vaqtning o’zida u shunday tanlanishi kerakki, u o’quvchini bilishiga, qo’shimcha adabiyot bilan ishlash, tadqiqot faoliyatiga undashi kerak.
Dolzarbligi va amaliy ahamiyati, hayot bilan bog’liqligi. Bu yerda mashxur sanalarga bag’ishlangan tadbirlar nazarda tutiladi (kashfiyotlarni ochilishiga bag’ishlangan og’zaki jurnallar). SHuningdek maktab yaqinida joylashgan qishloq xo’jaligi yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’lik bo’lgan ishlar. Masalan: qishloq maktabi uchun agroqimyoviy to’garak, atrofda to’qimachilik korxonasi bo’lsa, to’qimalarni bo’yash uchun bo’yoqlardan foydalanish bo’yicha to’garak, xukumat olib borayotgan ichki va tashqi siyosat bilan bog’liq dolzarb muammoga bag’ishlangan ish (masalan: atrof muxitni muxofaza qilishga bag’ishlangan ilmiy - amaliy konferentsiya)
Sinfdan tashqari ishlar o’rganilayotgan muammolar qanchalik jiddiy bo’lishi bilan birga ayniqsa, 7-8 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli bo’lishi kerak. U o’quvchilarga qiziqarli bo’lgan faktlarga boy bo’lishi kerak. Ilmiy fantastikadan keng foydalanish, ijodiy ishlar yaratish, bahs va munozaralarni qo’llab-quvvatlash lozim.
Mazmuniga mos ravishda kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlarini tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |