Dastlabki tekshirishlar. Analiz qilinuvchi eritmaning uncha katta bo’lmagan qismlaridan II-VI guruh kationlarini guruh reagentlari – HCl ni suvli eritmasi, H2SO4 ni suvli eritmasi, H2O2 ishtirokida NaOH ni suvli eritmasi, 25 % li ammiak eritmasi orqali u yoki bu guruh kationlari borligi aniqlanadi. Bundan tashqari analiz qilinuvchi eritmadan ayrim Fe2+, Fe3+, Cr3+, Cu2+, I guruh kationlari o’ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi.
Dastlabki tekshirishlar orqali aniqlangan guruhlarni guruh reagenti orqali ajratiladi.
II analitik guruh reagentlarini ajratish va aniqlash. Agar eritmada II analitik guruh kationlari (Ag+, Pb2+va [Hg22+] ) bo’lsa, unda ularni HCl kislota orqali xloridlar holida AgCl, PbCl2, Hg2Cl2 oq rangli cho’kma holida cho’ktiriladi va II guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi bo’yicha analiz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |