2.Kerakli reaktivlar: Distillangan suv, osh tuzi NaCl, rux xlorid ZnCl2, natriy korbonat Na2CO3, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 , natriy sulfid Na2S eritmalari, natriy atsetat CH3COONa ning 0,5 n eritmasi, temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi , vismut (III)-nitrat Bi(NO3)3 eritmasi, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 eritmasi.
1-tajriba. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi.
150-200 ml sigimli stakanga distrlangan suv kuyib, ikkita elektrod tushiring va ularga ketma-ket kilib lampochka ulang. Asbobni elektr manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Asbobni elektr manbaidan uzib, elektrodlarni distrlangan suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Stakanga shakarli eritma kuying va uning elektr utkazuvchanligini tekshiring. SHu tajribalarni navbatma-navbat sulfat kislota, uyuvchi natriy, sirka kislotasi, ammoniy gidrooksidning 0,1n li eritmalari bilan utkazing. Eritmalarning elektr utkazuvchanligi tugrisidagi xulosalarni va dissotsialanish tenglamalarini yozing.
2-Tajriba. Dissotsialanish darajasining elektrolit tabiatiga bog’liqligi.
Ikkita probirkaga 2-3ml dan 0,1n xlorid va sirka kislotasi eritmasidan quyib, ikkala probirkaga bir xil miqdorda rux bo’lakchalarini soling. Xar bir probirkadagi vodorod gazining ajralib chiqish tezligiga e`tibor bering. Reaksiyalar orasidagi farqni izoxlang. Reaksiya tenglamalarini tuzing.
3-Tajriba. Elektrolit eritmalarida kimyoviy muvozanatning siljishi.
Ikkita probirkaga 2-3ml dan sirka kislotasining 0,1n eritmasidan quying va ularga indikator qog’ozi tashlang. Probirkalardan biriga natriy atsetat tuzi kristalidan tashlang va probirkalarni solishtiring. Eritma ranggi o’zgarishini tushuntiring.
4-tajriba. Tuzlar gidrolizlanishida eritma muhitining o`zgarishi.
Oltita probirkaga olib, birinchisiga distillangan suv, ikkinchisiga osh tuzi NaCl, uchinchisiga rux xlorid ZnCl2, turtinchisiga- natriy korbonat -Na2CO3, beshinchisiga alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 , oltinchisiga natriy sulfid – Na2S eritmalarini quying. Har bir probirkaga bir- ikki bo`lak unversal indikator qog`ozidan tashlang. Universal indikator qog`oz rangini o`zgarishini kuzating.
Universal indikator qog`ozi
Gidroliz tenglamasini tuzing va o`zgarishni jadvalga to`ldiring.
Probir-kalar nomeri
|
eritilgan moddaning formulasi
|
lakmusning rangi
| reaksiya-
ning
muhiti
|
eritma rN i
(7 dan katta yoki kichik)
|
olingan tuz gidroliz-lanadimi?
|
1
|
N2O
|
|
|
|
|
2
|
NaCl
|
|
|
|
|
3
|
ZnCl2
|
|
|
|
|
4
|
Na2CO3
|
|
|
|
|
5
|
Al2(SO4)3
|
|
| |
|
6
|
Na2S
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |