Laboratoriya ish №1


KIMYO TAJRIBA XONASIDA MODDALAR BILAN SHIKASTLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH



Download 468,89 Kb.
bet2/9
Sana11.01.2022
Hajmi468,89 Kb.
#347742
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-LABORATORIYA ISH

KIMYO TAJRIBA XONASIDA MODDALAR BILAN SHIKASTLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH

Amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya tajribalarini bajarayotgan vaqtda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noxush hodisalarni oldini olishga tayyor bo’lish kerak. Ayniqsa ishqoriy moddalar, kislotalar va zaharli gazlar bilan ishlaganda kutilmagan tasodiflar yuz berishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun har bir kimyoviy moddaning zararli va zaharli xususiyatlarini yaxshi bilib olgan holda yoningizda tajriba bajarib turgan o’rtog’ingizga zarur bo’lib qolsa yordam berish talab etiladi.

Buning uchun quyidagi umumiy ko’rsatma va qoidalar talab etiladi:


  • Laboratoriyada protivogaz, yuzga taqib ishlanadigan organik shishadan yasalgan qalpoqcha bo’lishi shart;

  • O’ta xavfli moddalar (xlor, brom, konsentrlangan kislotalar) bilan bajariladigan ishlarni o’qituvchi nazorati ostida bajarish kerak.

Zaharli moddalar, yengil alangalanadigan suyuqlik va gazlar bilan faqat mo’rili shkafda ishlashga ruxsat beriladi, bunday sharoitda:

  1. mo’rili shkaf eshiklarini o’qituvchi aytganidek qilib berkitish;

  2. boshni mo’rili shkaf ichiga tiqmaslik zarur;

Oleum va konsentrlangan kislotalar bilan ishlaganda quyidagilarga amal qilish kerak:

  1. mazkur suyuqliklarni voronka orqali quyish va bu ishni mo’rili shkafda bajarish kerak;

  2. Konsentrlangan kislotalarni suyultirishda kislotani tomchilatib suvga quyish kerak;

  3. Sulfat va nitrat kislota aralashmalarini faqat yupqa shishadan yasalgan idishlarda saqlang;

  4. Issiq suyuqliklarni qalin shishadan yasalgan idishlarga quymang;

Ishqoriy metallar bilan ishlaganda ham juda ehtiyot bo`lish kerak:

  1. ko’zingizga ko’zoynak va himoya ekrani bo’lishi kerak;

  2. natriy va boshqa ishqoriy metallar kerosinda saqlanishi kerak, idish qopqog’i yopiq bo’lishi kerak;

  3. natriyni suvga yaqinlashtirmang, aks holda u yonib ketadi;

  4. natriyni kesganda quruq qog’ozdan foydalaning;

  5. natriyni qo’lga olish mumkin emas, uni penset yoki qisqich bilan olish kerak;

  6. natriy qoldiqlarini rakovinaga also tashlamang, ularni etil spirtli yoki amil spirtini ishlatib yo’qoting

  7. natriy bilan bajariladigan ishlarni suv hammomida bajarish man etiladi, zarur hollarda qum hammomi yoki yog’ hammomidan foydalaniladi.

Teri yengil kuyganda uni spirt bilan artib, glitserin yoki vazelin surtish kerak. Ko’proq va kattaroq kuygan bo`lsa kaliy permanganat hamda spirt bilan yuvib, maxsus surtish moyi (masalan, sulfidin emulsiyasini)ni qo’llash kerak.

Brom kuydirgan terini benzol bilan yuvib, keyin natriy tiosulfatning 10%li eritmasi bilan artish kerak. Brom bug’ini ammiak hidlash yoki toza havoda nafas olish bilan ketkazish mumkin.

Kuchli kislotalar bilan kuygan terini ko’p miqdordagi suv bilan yuvib, keyin sodaning 3%li eritmasi bilan artish lozim.

Ishqor kuydirgan terini esa suv bilan yuvib, keyin borat kislotasining 1%li eritmasi bilan neytrallash zarur.

Ichingizga tasodifan ketib qolgan reaktivni ko’proq toza suv ichib, agar kislota bo’lsa sodaning 2%li eritmasidan bir stakan ichish tavshiya etiladi. Zaharlangan kishini toza havoga olib chiqish, sun’iy nafas oldirish va shifokor chaqirish kerak.



Probirka, kolba yoki shisha naychadan foydalanganda qo’lingizni kesib olsangiz, jarohatlangan joyni yodning 3%li eritmasi bilan artib, sterillangan doka bilan bog’lab qo’yish kerak. Qon ko’p oqsa vodorod peroksiddan foydalanish hamda zarurat tug’ilsa, shifokorga murojaat qilish zarur.


Download 468,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish